Farg‘ona politexnika instituti ARX va Qurilish materiallari fakulteti 100-21 gurux talabasi Xasanov Behzodning o‘zbek tili fanidan Mustaqil ishi
Milliy bayramlarimiz-millat iftiori
Reja
Bayram deganda biz nimani tushinamiz?
Bizning milliy bayramlarimiz
Qadriyat va an'analarimiz
Bayram - muhim tarixiy voqеa, hodisa sifatida shodlik, rasmiy tantana o‘tkazish uchun bеlgilangan muborak kun. Bunday muborak kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana, o‘yin-kulgi bilan tantanavor nishonlangan.
Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan, ardoqlab-e’zozlaydigan o‘ziga xos bayramlari, an’analari bo‘ladi. Bayramlar qadimgi davrlardan boshlab xalq hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylanib kеtgan.
Bayramlarda xalqning qadimiy udumlari, tarixi, madaniyati o ‘zining yorqin ifodasini topadi va kishilarning diniy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy yutuqlari namoyish etiladi. Bu quvonchli kunlarda kishilar bir-birlarini tabriklaydilar, yaxshi niyatlar izhor etadilar, muvaffaqiyatlar tilaydilar.
O‘zbеk xalqi eng qadimgi davrlardan chorvachilik va dеhqonchilik bilan shug‘ullanib kеlgan. Shuning uchun ham xalq orasida Navro‘z, gul sayli, ekin ekishga kirishish, qovun sayli, uzum sayli, hosil sayli kabilar kеng tus olgan. Kеyinchalik islom dini bilan bog‘liq Ramazon va Qurbon hayitlari ham kеng nishonlanadigan bo ‘lgan.
Bayramlar ichida Navro‘z va Yangi yilni bolalar ham, kattalar ham intizorlik bilan kutadilar. Bu bayramlarga imkon qadar jiddiy tayyorgarlik ko ‘riladi.
Hayit va Navro‘z bayrami arafalarida uylar, hovli-joylar, choyxonalar, sayilgohlar, bozorlar, qabristonlar tozalangan. Daraxt va gul ko‘chatlari ekilgan. Marhumlarning qabrlari ziyorat qilingan. Kishilar ota-onalari, qarindoshlari, do‘stlari bilan diydorlashganlar. Bu kun xonadonlarda sumalak, yalpiz somsa, ko ‘k chuchvara, go‘ja, halim, palov kabi tansiq taomlar, nisholda va turli shirinliklar pishirilgan.
Bayramlar kishilar o‘rtasida mеhr-muhabbat, bir-biriga g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat-e’tiborni, kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir.
An’ana – tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singan (umum yoki ma’lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.
O‘tkazgantadqiqotimiz natijasida “xalq an’analari” tushunchasining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy – ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy-ijodiy faoliyati asosida, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.
Odat (urf-odat) – kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan hulq-atvor qoidalari, ko‘nikmasidir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish,m mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga boorish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
“Odat” degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o‘z-o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Odat esa muayyan bir kishining turmush tarsi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Qadriyat
Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, ado-lat, ijtimoiy tenglik, ma'rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma'naviy boyliklar, an'ana, urf-odat va boshqalar qadriyatlar hisoblanadi.
Navro'z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Kecha va kunduzning bir hilligidir- 12 soat. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar Sumalak, Xalik, Ko'k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'zga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Xozirg kunda Navro'z bayrami Alisher Navoiy maydonida keng nishonlanmoqda.
9 may - Xotira va qadrlash kuni
1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bagishlangan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o'z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho'lpon, Avloni, Fitrat, Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdur.
Insoniyat ikkinchi jaxon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qaxramonlarcha xalok bulganlar xotirasini aslo unutmaydi.
1 sentyabr - Mustaqillik kuni
O'zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram do'stlik, xayriya va har tomonlama xurmatga tayangan o'zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.
O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib chiqqan irqiga qaramasdan O'zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.
1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni
Har yili O'zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo'lgan chuqur xurmat va e'tiroz saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so'zlar o'z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo'lgan xurmat munosabati va Vatanga bo'lgan mehriga ega bo'lgan o'quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar.
Maktab va o'quv muassasalarning o'quvchilari xayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o'quvchilar minnatdorchilik bilan gullar va sovgalar bilan xayot yo'lida mashaqatli mehnat uchun chin yurakdan tabriklaydilar
8 dekabr - Konstitutsiya kuni
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayran butun O'zbekiston bo'ylab keng nishonlanadi.
Ramazon oyidan so'ng nishonlanadigan Iyd Al Fitr va Hajdan so'ng nishonlanadigan Iyd Al Adxa bayramlari ham milliy bayramlar hisoblanadi, biroq ushbu bayramlar nishonlanadigan kunlar Hijriy kalendarga muvofiq har yili o'zgarib turadi.
Ramazon Xayiti (Iyd-al-Fitr)
Ushbu bayram Ro'za xayiti sifatida tanilgan va musulmon (Xijriy) kalendarining 9-oyiga to'g'ri keladi. Bayram 30 kundan iborat bo'lib, ruxiy hamda ma'naviy tozalanish an'anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyudagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste'mol qilmaslik; yomon o'ylardan saqlanish; atrofdagilarga xurmatda bo'lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.
Ushbu shartlarni bajargandan so'ng uch kundan iborat bo'lgan Ramazon Xayiti boshlanadi. "Ramazon Xayiti" birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Qurbon Xayiti (Iyd-al-Adxa)
Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bubayramning negizi, o' o'g'lini Olloh yo'lida qurbon qilishga tayyor bo'lgan Payg'ambar Ibrohim bilan bog'liq bo'lgan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'htatilib o'rniga hayvon (qo'y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoslar davrasida o'tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Xayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi
Mustaqillik yillarida o‘tmishimizga, ma’naviy qadriyatlar va an’analarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobida ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch ma’naviyat hisoblanadi.
Istiqlol yillarida mustabid tuzum davrida millatimizni kamsituvchi, buzib ko‘rsatilgan tarixiy haqiqatlar tiklandi. Milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi. Millatning asosiy belgilaridan biri urf-odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi hisoblandi. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko‘zgudir. Xalq bayramlarining tiklanishi madaniyatimiz tarixida o‘ta muhim voqea bo‘ldi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Bayramlarning o‘z tasnifi mavjud bo‘lib, ular:
–avloddan avlodga o‘tib kelgan an’anaviy bayramlar va u yoki bu millat tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanadigan milliy bayramlar, ya’ni har bir millat (xalq) ning muayyan hayot kechirish sharoitlari, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy omillar faqat shu xalqqa (bu borada o‘zbek xalqi nazarda tutiladi) xos bo‘lgan bayramlar;
-mazmun va ko‘rinishida diniy aqidalar va shariat qonunlariga amal qilish (Ramazon, Qurbon Hayitlari)ga qaratilgan diniy bayramlar;
–muayyan davlatning tashkil topgan kuni, davlatning Qomusi-Konstitutsiya qabul qilingan kun, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni – –-mart, Xotira va qadrlash kuni kabi ijtimoiy-siyosiy bayramlar;
–oilaviy bayramlarning tub negizida etnognesiologik xususiyatga molik marosimlar o‘z aksini topgan;
–kasb-hunar bayramlari ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, «O‘qituvchi va murabbiylar kuni», «Shifokorlar kuni», «Transport xodimlari kuni», «Ichki ishlar xodimlari kuni», va boshqa o‘nlab kasb-kor va hunarlar bayramlaridir.
Mustaqillik yillarida, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklari hisobga olinib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi bayramlarni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida Navro‘z, Ro‘za va Qurbon hayiti bayramlari rasman tiklanib, keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar «Mustaqillik kuni» va «Konstitutsiya kuni» umumxalq bayrami deb e’tirof etildi. O‘z navbatida sho‘ro davrida nishonlangan umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi Yangi yil, xotin-qizlar bayrami mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Bu bayramlar mazmunan umuminsoniy, milliy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, O‘zbekiston xalqining o‘tmish ajdodlariga hurmat, zamon yangiliklariga shukronalik, kelajakka ishonch tuyg‘ularining ifodasi sifatida mustaqillik shukuhiga transformatsiyalashgan ya’ni moslashgan insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi bayramlarga aylandi.
Amir Temur kabi ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarimizning O‘zbekistonda yangi davlat qurilishiga transformatsiyalashuvi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i (1991 yil 1–-noyabr), Davlat gerbi (1992 yil 2-iyul), Davlat madhiyasi (1992 yil 10-dekabr) to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi, Mustaqil O‘zbekiston davlatining shakllanishi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishida olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, har qanday davlat va jamiyat bayramlarining negizida muayyan maqsad yotganidek, yurtimiz bayramlarining yangi zamon ruhiyatiga transformatsiyalashuvi mohiyatida kishilarni Vatan ravnaqiga, farovon hayot barpo etishga safarbar etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |