5-mavzu. Personalni shakllantirish
Xodimni ishga yollash natijasida mehnat munosabatlari yuzaga chiqadi. Yollanma mehnat munosabatlari ikki sub’ekt — yollanma xodim va uning mehnatidan foydalanuvchi ish beruvchining o’zaro hamkorligini nazarda tutadi. Personalni ishga yollashning bugungi kundagi behisob turlari o’rtasida muayyan tasnifiy xususiyatlariga ko’ra quyidagilar eng muhimlari hisoblanadi:
1. Ishga yollash muddati:
a) bir umrga;
b) muddatsiz;
v) muddatli yoki shartnoma bo’yicha;
g) vaqtincha (mehnat shartnomasi bo’yicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |