Treningda art-terapiyaning qo`llanilishi Bu metod bolani mul`tfil`m yoki ertakning botir qahramoni identifikatsiyasi jarayoniga asoslangan. Agar bolaning yoqtirgan personaji bo`lsa, bundan foydalanish mumkin va unga ularning nomidan bu personaj qanday qilib bolain qo`rqitadigan ob`ekti bilan bog`liq bo`lgan qo`rqinchli voqeaga tushib qolgan v ashu voqea bilan qanday qilib chiqishib ketish haqida gapirib berish kerak. Agar bolaning yoqtirgan qo`g`irchog`i bo`lsa, bu qo`g`irchoqdan katta bo`lmagan spektakl` postanovkaisdan foydalanish mumkin, muhim tomoni shundaki, bola ishtirok etayotgan personajda o`z qo`g`irchog`ini va “qo`rqinchli” mahluqni topsin. Bu metod bola yoqtirgan qahramon bilan ertakni eshitayotganda yoki mul`tfil`m ko`rayotganda muvofiqlashib (identifikatsiyala-muvofiqlashib) ketayotganda asos bo`lgan. “Qo`rqinchli voqeani” gapirib berayotganda yoki namoyish qilayotganda bolani tabiiy kechinmalarini to`xtatib, uni doim yupatib turish kerak emas. Shunga erishish kerakki, ertak bolani qamrab olsin va u asosiy qahramonga rahmi kelsin (identifikatsiya-muvofiqlashgan). Syujetni yoritib borishda bolaning emotsional diqqati o`sib borishi kerak (bu uchun syujetni oxirida muammolarning echimi bilan “bo`rttirib” qo`yish kerak) yuqori nuqtaga yetgach, qattiq emotsional reaktsiyalar (yig`lash, kulgu va boshqalar) bilan almashtirib zo`riqishni kamaytirish kerak. “Spektakl” tugagandan so`ng, bola ancha yengillik his qiladi va nihoyat qo`rquvdan qutiladi. Shunday qilib, bu yerda asosiy maqsad bola doim his qilib yuradigan zo`riqishni kuchaytirishdan iborat, shu darajagachaki u yangi faza - bo`shashishgacha o`tsin. Shaxsi emotsional nomutanosib bo`lgan boladagi oddiy zo`riqish bir tomondan uning xulq-atvorini qayta tashkil qiladi, ijobiy emotsiyalar va boshqalarning kelib chiqishiga xalaqit beradi, boshqa tomondan-u anchalik katarsis kelib chiqadigan darajada kuchli emas. Shuning uchun maxsus affekt chaqiradigan harakatlar zarur. Katarsisga etishish zarurligi bir qaraganda bolani shaytonlashish (isterika) yoki o`zini tashlab yuborishga olib kelishni ko`zda tutmaydi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun shuni ko`zda tutish kerakki, ertakni ko`p “cho`zish” kerak emas va bolaning holati va yoshiga qarab tanlash kerak. Ertakda boshlanish kul`minatsiyasi (bunda bosh qahramonga nimadir xatarli bo`lyapti) va echimi (qahramon yutib chiqadi) bo`lishi muhim.