Forish tumani Xalq ta`limi bo`limi tomonidan 06.01.22-yilda berilgan № 01-06-sonli murojaat xatiga asosan Forish tumani Bog`don MFY Fidokorlar ko`chasida joylashgan 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining kompyuter xonalarini “QYOS” vositalari orqali Jizzax viloyati Qo`riqlash boshqarmasi Forish tumani qo`riqlash bo`limi TQM orqali kechki qo`riqlovga olish yuzasidan texnik muxandislik mustaxkamligini o`rganish bo`yicha tuzilgan birlamchi
D A L O L A T N O M A
“___”______ 2022 y Forish tumani
Bizlar, quyida imzo chekuvchilar, Jizzax viloyati qo`riqlash boshqarmasi Forish tumani qo`riqlash bo`limi TQM boshlig`i leytenant B.Islamov, Qo`riqlash servis DUK elektr montyori N.Botirov va Forish tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktab direktori N.Tangriyevlar ishtirokida tuzilgan komissiya tomonidan Forish tumani Bog`don MFY Fidokorlar ko`chasida joylashgan 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabning kompyuter xonasining texnik-muhandislik mustaxkamligi o`rganib chiqilib, quyidagilarni aniqladik:
Forish tumani Bog`don MFY Fidokorlar ko`chasida joylashgan 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining kompyuter xonasi 3 (uch) qavatli pishiq g`ishtdan qurilgan binoning uchinchi qavatida joylashgan bo`lib, 2 (ikki) xonadan 1 (bir) dona asosiy va 1(bir) dona qo`shimcha xonadan iborat. Ushbu xonalardan bir biriga o`tuvchi 1 (bir) dona ichki eshik hamda asosiy va qo`shimcha xonalarning 1(bir) donadan asosiy kirib chiqish eshigi mavjud bolib, qo`shimcha xonaning asosiy kirib chiqish eshigi hozirgi kunda yopib tashlangan shuningdek barcha eshiklar yog`och materialdan yaslagan bo`lib, asosiy kirib chiqish eshigiga temir panjara o`rnatilgan. Asosiy xonada 4(to`rt) dona hamda qo`shimcha xonada 2(ikki) dona derazalar mavjud bolib, barchasi akfa plast materialidan yasalgan va hech biri temir panjaralar bilan jixozlanmagan.
Xona birlamchi o`t o`chirish moslamalari bilan ta`minlanmagan, xonaning kirib chiqish eshigida video kuzatuv moslamalari o`rnatilmagan.
Ob`ektning ishonchli qo`riqlanishini ta`minlash uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
Ob`ektning kirish chiqish eshigi zarurat bo`lgan taqdirda Jizzax viloyati qo`riqlash boshqarmasi Monitoring markaziga qo`riqlovga topshirilishi lozim. Ob`ekt binosining texnik mustaxkamligini oshirish maqsadida ob`ekt rahbariga derazalarni temir panjaralar bilan jixozlash to`g`risida ogohlantirish va ko`rsatmalar berildi. Mazkur dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi Jizzax viloyati qo`riqlash boshraqmasi Moliya-Iqtisod bo`limida, ikkinchi nusxasi Forish tumani qo`riqlash bo`limi texnik qo`riqlash markazida va uchinchi nusxasi qo`riqqa olinayotgan xo`jalik idorasida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |