ONA TILI
1. So‘zning asos va qo‘shimchalarga ajralishi bilan bo‘g‘inlarga ajralishi teng bo‘lgan so‘zlarni toping?
A) go‘shti, bargi B) go‘shtni, bargini.
C) ishchi, gullar D) ishchi, bargi
2.Qator undosh ishtirok etgan so’zni aniqlang?
A) paxta B)
gulbarg
C)ehtirom D) e’tirof
3. Berilgan so’zlarning qaysi biriga chuqur til orqa undoshi yoziladi?
1)…ushomadgo’y; 2) shod- …urram; 3) …ukumat; 4)xavf-…atar; 5)…ujum; 6)ifti…or; 7) mu...tojlik.
A) 1,2,4,7 B) 2,3,5,6 C) 1,2,4,6 D) 1,5,6,7
4. Orolchada ishlar qizib ketdi // har kim har xil gullar, o’simliklar keltirib ekdi. Berilgan gapda // belgisi o’rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta B)
vergul
C) nuqtali vergul D) nuqta
5. Matematikaga topshiraman. Ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D)
vazifadoshlik
6. Ot,olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun hizmat qiluvchi so‘zlarga … deyiladi.
A) ko‘makchi B) bog‘lovchi
C) yuklama D) modal so‘z
7. Mustaqillik bayramining quvnoqlik, shod-u xurramlik ila nishonlanishida shu yosh avlodning munosib hissasi bor. Ushbu gapda nechta lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan.
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
8. Namgarchiliklarda so‘zi nechta ma’noli qismlarga ajraladi?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta
9.Yumshoq non, yumshoq ovoz, yumshoq gapirmoq birikuvlaridagi yumshoq so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari
B) bir xil shakldagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z
D) o‘zaro paronim so‘zlar
10. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan?
A) oqizmoq B) tuzlamoq
C) changimoq D)
kechikmoq
11. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bolalar oldiga issiq non va qaymoq qo‘yildi.
B) Paxta gulli piyolaga issiq choy quyildi.
C) Chinni kosaga suv quyildi.
D) Bu kishi qarib ham qo‘yilmadi, yoqimsiz hazil qilaveradi.
12. Ona bilan bola – gul bilan lola . Ushbu gapda so‘zlar qanday bog‘langan?
A) teng bog‘lanish B) tobe bog‘lanish
C) yuklama yordamida D) ohang yordamida
13. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
A) teng bog‘lovchilar
B) bo‘lsa, esa so‘zlari
C) -u-(yu),
-da yuklamalari
D) A, B, C javoblar to‘g‘ri
14. So‘zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik
shakl yasovchi
B) Asos + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi
C) Asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi
D) Asos + sintaktik shakl yasovchi + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi
15. Qaysi qatordagi ma’nodosh so‘zlar sifat turkumiga mansub?
A) do‘st, o‘rtoq,
birodar
B) vazifa, topshiriq,
majburiyat
C) ulug‘, buyuk, ulkan
D) shamol, to‘fon, yel