-Amaliy mashg’ulot. Oʻquv yuklamalari, oʻquv-metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
Topshiriqlar:
1. Oʻquv yuklamalari
2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalar.
3. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish metodikasi
4. Yangi o‘quv yiliga tayyorgalik ko’rish
Tayanch tushunchalar.
Oʻquv yuklamalari, oʻquv-metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlar
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 26 oktyabrdagi 42-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Xalq ta’limi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari pedagoglarining namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3058, 20.08.2018 y.
Maktab pedagogining ish rejasi uning yillik ish yuklamasidan iborat (43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat). Yillik yuklama 1 yoki 0,8 koeffitsiyentga (sinflarga bogʻliq holda) koʻpaytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Sinflar
|
Bir stavka boʻyicha ish yuklamasi
(soat/hafta)
|
Yillik yuklama
(soat)
|
1-4
|
18
|
1548
18 х 1=18+18=36 х 4,3 (hafta)=154,8 х 43 (hafta)
|
5-11
|
20
|
1548
20 х 0,8=16+20=36 х 4,3 (hafta)=154,8 х 43 (hafta)
|
Yillik soatlar (1548) quyidagilarga taqsimlanadi:
oʻquv-tarbiya jarayoni;
oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon.
Oʻquv-tarbiya soatlarini hisoblash uchun bir yil mobaynida dars mashgʻulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmi olinadi. Qolgan vaqtdan ikkinchi jarayon uchun foydalaniladi.
Sinflar
|
Oʻquv-tarbiya jarayoni uchun soatlar
|
Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun soatlar
|
1-4
|
18 х 34 = 612 soat
|
1548 – 612 = 936 soat
|
5-11
|
20 х 34 = 680 soat
|
1548 – 680 = 868 soat
|
Pedagogning ish rejasi dars jadvaliga koʻra unga tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.
Bu – muhim! Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon tadbirlari, shuningdek bunga sarflangan vaqt boʻyicha hisobotlar talab etilmaydi, hisobi yuritilmaydi. Shuningdek pedagoglarning dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Maktab pedagoglari yuritishlari kerak boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati belgilandi:
1) sinf jurnali;
2) yillik taqvim-mavzuiy reja.
3) kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.
Reja va konspekt elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |