1. Oʻquv yuklamalari



Download 43,51 Kb.
bet2/4
Sana29.03.2022
Hajmi43,51 Kb.
#515707
1   2   3   4
Bog'liq
Oʻquv yuklamalari, oʻquv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi.

4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.


2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari


5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.


6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;


o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;


davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;


o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;


yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;


o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;


umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.


3-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari


7. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:


o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;


o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;


o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;


umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.


Tarbiyaviy ishlar metodikasi.



  1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish metodikasi

Hоzirgi dаvrdа mаktаb vа uydаgi o’quv-tаrbiya ishlаrini аmаlgа оshirаyotgаn pеdаgоgik jаmоа оldigа judа kаttа vаzifаlаr qo’ymоqdа. Mаktаb yosh аvlоdning dunyoqаrаshini tаrkib tоptirish, g’оyaviy, siyosiy jihаtdаn chiniqtirish, yuksаk ахlоqiy fаzilаtlаrgа egа qilish, mеhnаtigа vа оngli kаsb tаnlаshgа tаyyorlаsh lоzim. Bu vаzifаlаrni hаl qilishdа sinf rаhbаri muhim rоl o’ynаydi. Chunki, u bir sinf shаrоitidа tаrbiyaviy vаzifаlаrni аmаlgа оshirishgа qаrаtilgаn ishlаrni tаshkil etаdi vа bоshqаrаdi.
Sinf rаhbаri quyidаgi vаzifаlаrni bаjаrаdi:
1. O’zigа yuklаtilgаn sinfdаgi tаrbiyaviy ishlаrni аmаlgа оshirаdi. Bu vаzifаni bаjаrаyotgаndа u yolg’iz emаs, shu sinfdа dаrs bеrаyotgаn turli fаn o’qituvchilаri bilаn hаmkоrlikdа vа ulаrgа suyangаn hоldа o’quvchilаrdа milliy dunyoqаrаsh аsоslаrini shаkllаntirаdi, ахlоqiy tаrbiyasini rivоjlаntirаdi. O’quvchilаrni dаrsdаn tаshqаri tаdbirlаrni tаshkil etаdi vа sinf jаmоаsini mustаhkаmlаydi.
2. O’quvchilаrning bilimgа bo’lgаn qiziqishi vа qоbilyatini o’stirish hаr bir o’quvchining indivudiаl-psiхik хususiyatlаrini hisоbgа оlgаn hоldа kаsbgа yo’nаltirish vа hаyotiy mаqsаdlаrini shаkllаntirish sinf rаhbаrining аlоhidа vаzifаsidir. Аyni pаytdа hаr bir o’quvchining sоg’lig’ini mustаhkаmlаshgа hаm e’tibоr bеrаdi.
3. Sinf rаhbаrining diqqаt mаrkаzidа o’quvchilаrning yuqоri dаrsdа o’zlаshtirishini tа’minlаsh mаsаlаsi turаdi. Buning uchun u hаr bir o’quvchining kundаlik o’zlаshtirishidаn vоqif bo’lib turаdi. Оrqаdа qоlаyotgаnlаrgа o’z vаqtidа, kеchiktirmаy yordаm uyushtirаdi.
4. Sinfdаgi o’quvchilаrning o’z-o’zini bоshqаrish ishlаrini yo’nаltirаdi, ulаr ishtirоkidа sinf jаmоаsining ijtimоiy fоydаli ishlаrdаgi ishtirоkini tа’min etаdi, mаktаb miqiyosidа uyushtirilаyotgаn muhim tаdbirlаrdа o’z sinfining fаоl qаtnаshishini tа’minlаydi.
5. Sinf o’quvchilаrining оtа-оnаlаri, o’quv kuni uzаytirilgаn guruhlаrining tаrbiyachilаri, kоrхоnаlаr vа muаssаsаlаrdаgi, turаr jоylаrdаgi оtаliqqа оluvchilаr bilаn yaqin аlоqа o’rnаtаdi.
6. Sinf rаhbаri shu sinfdа dаrs bеrаyotgаn bаrchа fаn o’qituvchilаri o’rtаsidа o’quvchilаrgа nisbаtаn yagоnа tаlаblаr o’rnаtilishigа erishаdi, оtа-оnаlаrgа pеdаgоgik bilimlаr tаrqаtib, оilа bilаn mаktаb o’rtаsidаgi аlоqаni mustаhkаmlаydi.
7. Sinf rаhbаri o’z sinfidаgi turli hujjаtlаrini; sinf jurnаli, o’quvchilаrning kundаliklаri, tаbеllаr, shахsiy mа’lumоtlаri, turli хil rеjа vа hisоbоtlаrni yuritаdi.
Tаrbiyaviy ishlаrning sifаt vа sаmаrаdоrligi, аvvаlо tаrbiyachining g’оyaviy ishоnchigа vа siyosiyligining dаrаjаsigа bоg’liq. Buning uchun sinf rаhbаri fаn yangiliklаrini muntаzаm, egаllаb bоrishi bilаn o’zining bilimini, оngini оshirаdi.
Sinf rаhbаrining ахlоqiy оbro’si g’оyat dаrаjаdа yuqоri bo’lishi hаm bu o’rindа muhimdir. Sinf rаhbаri аnа shundаginа tаrbiyaviy tа’sir ko’rsаtishgа egа bo’lаdi. Tаrbiyachining shахsiy fаzilаtlаri, mа’nаviy qiyofаsi o’quvchilаr оngining vа хulqining shаkllаnishigа kаttа tа’sir ko’rsаtаdi. Sinf rаhbаri uchun mаlаkа vа ko’nikmаlаrgа egа bo’lishni o’zi yеtаrli emаs. U o’z tаrbiyaviy fаоliyatidа yuksаk dаrаjаdаgi insоnpаrvаrlik fаzilаtlаri, o’z ishigа sаdоqаti, intizоmi, оdаmiyligi, ахlоqiy sifаtlаri bilаn hаm tа’sir o’tkаzаdi. Chunki, tаrbiyachilik qоbilyati judа ko’p sifаtlаrni: chuqur bilim, kеng fikrlilik, ishgа jоn dildаn ko’ngil qo’yish, bоlаlаrgа bo’lgаn chеksiz, muhаbbаt muоmаlа nаzоkаtlilik, qаlb yoshligi, sеrzаvq tеmpеrаmеnt, оqil vа аdоlаtlilik nаmunаsi, аlоhidа nаzоkаt sipоlik vа vаzminlik kаbi fаzilаtlаrning bo’lishini tаqоzо qilаdi .Sinf rаhbаrlаridаn mаdаniyat dаrаjаsining kеngligi, pеdаgоgik оdоb tаlаblаrigа riоya qilish, hаr bir bоlа shахsini insоn sifаtidа hurmаt qilish bilаn ungа nisbаtаn tаlаbchаnlikni unutmаslik, tаshkilоtchilik mаlаkаlаrigа egа bo’lish, o’z muоmalаsini tinimsiz оshirib bоrish bilаn ishgа ijоdiy yondаshish tаlаb qilinаdi. Muhimi shundаki, sinf rаhbаrining o’zi bоlаlаrni tаrbiyalаmоqchi bo’lgаn g’оyaviy-ахlоqiy bаrkаmоllikkа mоs bo’lishi kеrаk. Sinf rаhbаrining fаоl jаmоаtchi sifаtidа hаmishа nаmunа ko’rsаtishi muhim аhаmiyatgа egа. Аyni vаqtdа u kоmmunikаtiv qоbilyatgа egа bo’lishi, ro’y bеrаyotgаn vоqеа vа hоdisаlаrni fаqаt pеdаgоgik qоidаlаrgа bоg’lаb bаhоlаshginа emаs, bаlki ro’y bеrishni sаbаbigа qаrаb hukm hаm chiqаrishni, ijоd qilish qоbilyatigа egа bo’lishi kеrаk.; Sinf rаhbаri mаktаbdаgi eng yеtuk pеdаgоg hisоblаnib, u bаjаrаdigаn mеhnаtining o’lchоvi, chеgаrаsi yo’q. Uning bilmаgаn ishi uddаsidаn chiqа оlmаydigаn sоhаsi bo’lmаydi. Shu bilаn bir qаtоrdа, u bеg’аrаz, хоlis shахs bo’lib, jаmоаtchilik аsоsidа ishlаydi. Sinf rаhbаri pеdаgоglаr, оtа оnаlаr vа o’quvchilаrni o’zаrо bоg’lоvchi shахs sifаtidа bаrchа tоmоnlаrining nuqtаi nаzаrini hisоbgа оlishi, hаrаkаtlаrni bir mаrkаzgа birlаshtirish, o’zаrо аlоqаlаrning to’g’ri bo’lishigа tа’sir o’tkаzish vа аyni vаqtdа o’zining o’rnini аniq tа’minlаy оlishi kеrаk. Mаnа shu fаzilаtlаr sinf rаhbаrining tаrbiyaviy ishlаri sаmаrаsini оshirishgа vа uning muvаffаqiyatini tа’minlаshgа gаrоv bo’lаdi. Sinf rаhbаri o’quvchilаrgа puхtа bilim bеrishgа, ulаrni fikrlаsh qоbilyatini fаоllаshtirishgа hаmishа g’аmхo’rlik qilib bоrаdi.
Аyrim mаktаblаrdа yuqоri o’zlаshtirishgа erishishgа o’quv, didаktik mаsаlа sifаtidа mаktаbdа tа’lim-tаrbiyani to’g’ri yo’lgа qo’yishgа bоg’liq bo’lаdi. O’qish jаrаyonidа bоlаlаrdа mеhnаtsеvаrlik, diqqаtni, mаtоnаt kаbi sifаtlаrni tаrbiyalаsh bilimni muvаffаqiyatli o’zlаshtirishgа yordаm bеrаdi.
Mаktаbdа оlib bоrilаdigаn tаrbiyaviy ishlаr sistеmаsi to’g’ri vа bеvоsitа sinfdа o’zlаshtirishni ko’tаrishgа tа’sir etаdi. Sinf rаhbаri o’qituvchilаr bilаn hаmkоrlikdа bоlаlаrni o’qishgа оngli munоsаbаtdа bo’lishgа o’rgаtаdi. O’quvchilаrning o’qishlаrini nаzоrаt qilаdi, dаrslаrgа kirаdi, kuzаtаdi vа o’z sinfidаgi o’quvchilаr bilаn birgаlikdа sinfdа o’quv ishlаrining sifаtini оshirish chоrа-tаdbirlаrini bеlgilаydi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va rejalashtirish


Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’naviy-axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e ’tiqod, intizom, xulq atvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil O'zbekistonning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko'rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o'zgacha xarakter kasb etmoqda:
— fuqarolik demokratik jamiyatini ijrо etish mohiyatini anglab oluvchi;
— vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
— diniy bag'rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;
— davlat siyosatini tushunish, unga fldoyi bo’lish;
— o'zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
— yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;
— maqsadning aniqligi, uni to’g‘ri yo'naltirish madaniyati;
— tarbiyachi-o'qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati;
— o'zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e ’tiqodlilik.
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad
— „Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi“dagi g'oyalarni bolalarning ongida o'ziga xos va mos ravishda singdiradi
— Xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodlarimiz rnerosidan foydalanish.
— O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
— Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
— Mehr-muruvvatlilik va bag'rikenglik.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta’lim jarayonida tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o ‘ziga xos qoidalarga ega:
a) sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o ‘rganish.
b) o’quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi
burchi va vazifasini o ‘rganish.
d) kundalik o'zgarishlarga o'quvchilarning munosabati.
e) o'quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.
f) qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o'qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o ‘xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari dunyoga keladi . Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib,ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi.

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari;


- Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
- Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
- Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).
- Ota-onalar bilan ishlash.
- Ma’naviy tarbiya (odob-axloq).
- Go‘zallik tarbiyasi.
-Iqtisodiy tarbiya.
-Ekologik tarbiya.
Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.

  1. Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.

  2. Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘lishi.

  3. Mavzular o'quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi.

  4. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchining mas’uliyatli lahzalari talaygina.

Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi.


Ikkinchidan, o'qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbiyalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Uchinchidan,o'qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini
kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko'plab omillarga tuzatish kiritish lozim bo'ladi:
— tarbiyalanuvchilarni o'zining ishtiroki bilan chegaralab qo'ymaslik kerak.
— tarbiyalanuvchilarga o ‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim.
— hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo'ymaslik kerak.
— nomaqbul harakatlarni oqilona va o'z vaqtida tuzatish.
— bo'lib o'tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim.
— natijalarni e’lon qilish.
— jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil hamda yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘yiladi
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirishga qo‘yiladigan asosiy uslubiy talablar nimalardan iborat?
Sinf rahbarlari o‘tkazilayotgan ishlarni hamda ularning o'quvchilar tarbiya-siga ko‘rsatgan ta’sirini har kuni tahlil qilishlari, o‘zlari erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tushunishga harakat qilishlari, jamoasining rivojlanishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlatni qayd qilishlari kerak. Shunday qilib, rejalashtirishning har bir bosqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani va ayrim o‘quvchilami o‘rganish yuzasidan olib borilgan barcha ishlar yakunida sinfga pedagogik tavsifnoma yoziladi. Mazkur tavsifhoma sinf jamoasining o‘ziga xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Har bir sinf rahbari o‘z-o‘zini boshqarishning saylab qo‘yiladigan o‘quvchilar qo‘mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga
ishlab, sinf jamoasiga rahbarlik qilish yuzasidan olib boriladigan amaliy
ishlarda bu talabni ro‘yobga chiqaradi.
Tajribali sinf rahbarlari o‘zining kuzatishlari va xulosalarini alohida
varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi.
To‘plangan ma’lumotlar o'quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan
yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
Sinf rahbari o‘quv yili oxirida sinf jamoasi ishini tahlil qilishga alohida e’tibor beradi. Bunda rejada belgilangan vazifalami qanday hal
etilganligini, sinf ijtimoiy hayotida qanday ishtirok etganligini,
mamlakatimizdagi va chet ellardagi voqealarga qanday qaraganligini,
amalga oshirilgan ishlardan qaysilari muvaffaqiyatli bo'lgan va an’anaga aylanishi kerakligini, o'quvchilar o‘rtasida qanday munosabatlar vujudga kelganligini, sinf faollarining tashabbuskorligi,mustaqilligi, obro‘-e'tibori va boshqa masalalarni atroflicha tahlil qilish muhimdir.
Sinf rahbari tajriba orttirgan sari ancha murakkab masalalar bilan qiziqa boshlaydi. Uni sinfdagi ishlar qanchalik muvaffaqiyatli o‘tgani emas, balki ular o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, sinfning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etishi emas, balki ishtirok etish sabablari qiziqtiradi. Shuni nazarda tutish kerakki, sinf rahbari o‘z sinf jamoasi oldiga qo‘yadigan aniq tarbiyaviy vazifalari dastlabki vaqtlarda uncha murakkab bo‘Imasligi mumkin. Masalan, sinf rahbari sinfga kelgandan so‘ng deyarli hamma o‘quvchilar yaxshi ishlashini, lekin ularning bir-biri bilan aloqasi yo‘qligini aniqladi. Bunday sinfda shunday bir ish topish kerakki, bu ish hamma o‘quvchilami yagona maqsadga olib borsin. Bolalarga bu vazifa - ijtimoiy foydali mehnat vaqtida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, qog‘oz chiqindilarini topib topshirish yoki temir-tersak chiqindilarini yig‘ish vajo ‘natish shaklida.O‘z mazmuniga ko‘ra juda oddiy bo’lgan bu topshiriq o‘quvchilarda qiziqish uyg'otadi. Ularda temir-tersak yig‘ishda bir-birlari bilan musobaqalashib, uni tezroq bajarish ishtiyoqini hosil qiladi.
Boshqa bir sinf rahbari o‘z ishlarini tahlil qilib chiqib, shunday
xulosaga keldi: sinfda ko‘p ishlami o‘zi bajaradi, 0‘quvchilar esa
shaxsiy hayot egalari bo‘lib emas, balki ko‘pincha ishning ijrochilari
bo‘lib qoladilar. Shuning uchun u o‘quvchilarning tashabbus va
mustaqilligini rivojlantirish, barcha o‘quvchilarni sinf ijtimoiy faoliyatiga
jalb etish va har bir o‘quvchida o‘ziga yoqadigan ish bo‘lishga
erishish vazifasini qo'yadi. Shunday vazifa qo‘ygach, sinf rahbari
o‘quvchilarning ko‘pchilik qismini zarur malaka va ko‘nikmalar bilan
qurollantirish uchun o‘z diqqat-e’tiborini sinf faollarini tarbiyalashga
qaratish kerakligini tushunadi.
Ana shu yo‘sinda izchil ish olib borilsa, tarbiyaviy vazifalar o‘quvchilar uchun qiziqarli, istiqbolli vazifalarga aylanadi.
Sinf rahbari turli reja!ar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo’ljallangan, ya’ni istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik).Xo‘sh rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
Bosh manba - hukumatimizning farmon va qarorlari, Prezidentimiz qator risolalari hamda xalq ta’limi tizimining rasmiy yo‘l-yo‘riqlari, hujjatlari hisoblanadi.Rejaning vana bir muhim manbai - o‘tgan o‘quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlaming yutuq va kamchiliklari tahlilidir. Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
1. Rejaga mustaqillik g‘oyalarining singdirilishi (milliy istiqlol g‘oyasini singdirish).
2. Rejaning shakl va yo‘nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo‘lishi.
3. Reja uzluksiz va izchil bo‘lishi.
4. Rejaning aniqligi.
Ushbu talablarning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqamiz.Rejaga mustaqillik g ‘oyalarining singdirilishi. Barcha tarbiyaviy vazifalar maktab oldiga qo'yilgan asosiy maqsadni - o‘quvchilarni har tomonlama, “Sog’lom avlod uchun” dasturi asosida ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga tayyorlash maqsadini amalga oshirishga qaratilmog’ i darkor.
Sinf rahbari g’oyaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirishda bolalarni faqat
kitobiy bilimlar bilan emas, balki amaliy, hayotiy tajribalar bilan
qurollantirishni nazarda tutishi zarur. Bu ma’ruzachilar, siyosiy maktablar,
siyosiy klublar va hokazolarni tashkil qilish mo’ljallanayotganvaqtda
o’ quvchilarning o’z g'oyaviy e’tiqodlarini qay darajada ekanligini sinab
ko’rishga imkon beradigan vaziyatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Bu ishlami munozaralarda, bahslarda, og’zaki va yozma jumallarda, mehnat harakatlarida, bayramlarda, bolalar va yoshlar tashkilotlari ishlarida, tabiatni, hayvonot dunyosini, tarixiy yodgorliklarni qo‘riqlash kabi rang-barang tadbirlarda amalga oshirish mumkin.
Axloqiy va vatanparvarlik tarbiyalariga istiqlol ruhi tom ma’nosi bilan singib ketgan bo’lishi kerak. Ba’zan ayrim sinf rahbarlari ish faoliyatida
ko’ngilochar o’yinlarni ko'proq o’tkazish an’anasi ko’zga tashlanadi. Rejalashtirishda shuni nazarda tutish kerakki, u o’yinmi, u ishmi biror maqsadga qaratilganligiga, uning tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor berish kerak bo’ladi.


Download 43,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish