O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Biologiya va ekologiyadan ommaviy tadbirlarni o’tkazish.
Topshirdi: ___________________________________
Qabul qildi: ___________________________________
Toshkent -2022
REJA:
1. Ommaviy tadbirlarni tashkil qilish.
2. Biologiya bo’yicha kechalar o’tkazish.
3. Ommaviy tabiatshunoshlik tadbirlari.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Ommaviy tadbirlarni tashkil qilish
Jumladan, “Botanika” o’quv fani DTSda o’quvchilar tomonidan:
O’simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarni aniqlash maqsadida kuzatishlar o’tkazish, oddiy tajribalar qo’yish;
O’simliklarni parvarish qilish:
Qalamcha tayyorlash va qalamchadan ko’paytirish, payvandlash;
Tabiatda o’zini tutish qoidalariga rioya qilish;
Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlash;
Darslik mundarijasi yordamida mo’ljal olishni bilish, matn va rasmlar bilan ishlay olish, mavzuning asosiy mazmunini farqlay olish, savollarga javob berish, biologik atamalar lug’ati bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishi qayd etilgan.
Mazkur ko’nikmalarni tarkib toptirishda darsdan tashqari ishlar muhim rol o’ynaydi. Shu sababli, yuqoridagi ko’nikmalarni o’quvchilarda tarkib toptirish uchun o’qituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’qish, mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy obyektlar ustida kuzatish o’tkazish va oddiy tajribalar qo’yish bilan ifodalanadi. Darslik bo’yicha uy vazifalari o’quvchilarning dars mavzusi bilan bog’liq bo’lgan o’qituvchining amaliy va darslik bo’yicha topshirig’ini uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir. Ommaviy kechalarda maktabning ko’pchilik o’quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin. Odatda maktabda turli tadbirlar: qishlovchi qushlarni boqish, yovvoyi o’simliklarni urug’lari va mevalarini terib saqlashga bag’ishlangan kechalar o’tkazilishi mumkin. Bunday kechalarda maktabning ko’pchilik o’quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin. Bu esa sinfdan tashqari ishning ommaviy formasiga kiradi. Bu ish biologiya o’qituvchisi, yosh tabiatshunos to’garagining azolarini faollari ishtirokida, maktab ma’muriyati ishtirokida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |