1. Oʻquv yuklamalari



Download 43,51 Kb.
bet3/4
Sana29.03.2022
Hajmi43,51 Kb.
#515707
1   2   3   4
Bog'liq
Oʻquv yuklamalari, oʻquv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish

Rejaning shakl va yo‘nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo‘lishi. Tarbiyaviy ishning xilma-xil shakl va uslublari bo'yicha ish olib borish tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar uchun yanada rang-barang va qiziqarli tarzda olib borishga yordam beradi. Rejada o ‘quvchilar bilan faqat umumiy holda emas, balki shu bilan birgalikda bolalarning qiziqishlari va mayllarini hisobga olgan holda ham ish yuritishni nazarda tutish muhimdir.
Reja uzluksiz va izchil bo’lishi. Rejada belgilanadigan tarbiyaviy tadbirlar yagona tarbiyaviy jarayonning tadrijiy bo'laklaridan iborat bo’lmog’i kerak. Har bir tadbir o'zidan oldingi tadbirning davomi bo’lishi va erishilgan tarbiya natijalariga asoslanishi lozim. Bu uzluksizlik va izchillikni ta’minlaydi, erishilgan yutuqlar, qimmatli ko’nikmalarni yo’qolib ketishdan saqlaydi.


Rejaning aniqligi. Rejaga bajarib bo’lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim.
Rejada hamma narsa: ish vaqti, joyi, mas’ullar aniq bo’lishi, o’tkazilgan
tadbirdan kutilayotgan taxminiy natijalar ham berilishi lozim.
Sinf rahbarining tarbivaviy ishlar rejasi - bu majburiy pedagogik
hujjatdir. Uni amalga oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas’uldir.
“Sinf rahbari haqida Nizom”da: “Sinf rahbarining ishi reja asosida olib
borilishi lozim”, deb belgilab qo’yilgan.Sinf rahbari umummaktab ish rejalari, bolalar yetakchisi,“KarmoIot” yoshlar jamg’armasi kotibi ish rejalari bilan tanishib, direktor o’rinbosarlari, sinf o’qituvchilari, sinf faollari, ota-onalar bilan fikrlashib, ularning qimmatli takliflarini hisobga olgan holda ishning istiqbolli rejasini tuzadi.Ishning istiqbolli rejasi sinf jamoasi tomonidan to’plangan tajribaga qarab va sinf rahbarining o’z vazifalariga muvofiq ravishda bir yoki bir necha yilga tuzilishi mumkin. Nizomda “Sinfning yillik ish rejasi tuziladi. Uni tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o’rinbosari tasdiqlaydi” deyilgan.
Rejaning ifodalash shakli juda oddiy bo’lgani ma’qul: ishning nomi,
bajarish muddati, mas’ul kishi. Reja qisqa va aniq bo’lishi kerak. Bo’lar
bo’lmas ishlar ro’yxatini qalashtirib, behuda sharoitingizga mos bo’lmagan keraksiz reja tuzishga berilib ketmaslik kerak. Rejaga faqat hayot ilgari surgan va o’quv yili davomida muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin bo’lgan tadbirlarnigina kiritish lozim. Kiritilgan tadbirlar ham biri bog’dan, biri
tog’dan olib yozilmasligi, balki ular tarbiyaviy ishlar tizimida bir-biri bilan bog’langan, bir-birini to’ldiradigan holda tizimli bolishi zarur. Reja bola shaxsiga ta’sir ko’rsatuvchi turli tarbiyaviy omillarning nafaqat umumiy, balki xususiy aniq tadbirlarni ham o’z ichiga olishi kerak
2.Direktor o‘rinbosarining ish faoliyati
Maktabning o ‘quv ishlarii bo‘yicha director o‘rinbosarining vazifalari Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari eng yaxshi va tajribali o ‘qituvchilardan tayinlanadi. O’quv ishlari bo'yicia director
o’ rinbosari maktabda ta ’lim-tarbiya ishiarining barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning o‘quv ishlari bo'yicha direktor
o ‘rinbosari o‘z ishi uchun bevosita maktab rahbari oldida javobgardir. U barcha ta ’lim-tarbiya ishlarining to ‘g‘ri olib borilishini, o‘quvchilar bilimining to'g‘ri hisobga olinishini va o‘qitishning yuqori sifatli bo‘lishini ta ’minlaydi.Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rahbari
bilan o'quv ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari o ‘rtasidagi ish taqsimotini ko‘zda tutib, o ‘zining amaliy ish rejasini tuzib chiqishi kerak. Bu rejada aniq tadbirlar ko‘rsatiladi. Rahbar bu rejani tasdiqlaydi va bajarilishini kuzatib boradi. O’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar singari „Ichki tartib qoidalar“ga binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi.O’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi
bo‘yicha dars beradi. Lekin darsi kuniga ikki soatdan oshmasligi
kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha huquq va imtiyozlardan
foydalanadi.O’quv ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari maktabning ta ’lim-
tarbiya ishlariga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. U davlat dasturlarining o‘z vaqtida va aniq bajarilishini kuzatib boradi. Ammo bu kuzatish faqat faktlarni qayd qilishda,ayrim fanlarning o‘quv materialini og’zaki o‘tish va kechikib bajarish kabi hollarni yozib borishdan iborat bo‘lmasligi kerak.Kamchilik va nuqsonlar aniqlanishi bilan o ‘quv ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari darhol ularning sababini o‘rganishi hamda bu kamchiliklarni tugatish va o‘quv kursining to ‘la ravishda
o ‘tilishi uchun zarur choralar ko'rishi lozim.
2. O’quv ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari o ‘qituvchilarning darsiga kirib, o‘qitish sifatini kuzatib boradi. U darslarning yuksak g'oyaviy, siyosiy, nazariy saviyada o‘tkazilishiga erishmog‘i kerak. Bu sohada o ‘quv ishlari bo‘yicha director o‘rinbosarining roli juda katta. U maktab rahbari singari, har kuni kamida ikkita darsni kirib ko‘rishi zarur. Darslarga kirish
ma’lum maqsadga qaratilishi, muayyan vazifalarni ko‘zda tutishi lozim. Masalan, darsni kirib ko'rishda u ma’lum bir o‘qituvchining ish tizimini o‘rganishi, o'quvchilarning biror fandan olgan bilimlari darajasini yoki ma’lum sinflardagi o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashni maqsad qilib olmog‘i mumkin. O'quv ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari kirgan har bir dars yozma tahlil qilinib, alohida daftarga yozib qo‘yilishi ma’qul. Maktab o ‘quv ishlari bo' yicha direktor o ‘rinbosari metodika ishlariga quyidagicha rahbarlik qiladi:
1. Shu yilda maktab oldiga qo‘yilgan vazifalarini nazarda tutib,maktabdagi metodika ishlari rejasining loyihasini tuzib chiqadi.
2. Metodik hujjatlarning to ‘g‘ri yuritilishini kuzatib boradi,pedagoglar yig'ilishi va metodik kengashlarga ma’ruzalar tayyorlashda yordam beradi.
3. O’qituvchilar orasida tajriba almashish, yosh va tajribasi kam o'qituvchilarga yordam berish ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu ish o‘z kasbini yaxshi bilgan o‘qituvchilarning yosh, tajribasi kam, ishga yangi kelgan o‘qituvchilarning darsiga kirishi va ularga har xil ko‘rsatmalar berishi, metodika jihatidan yuksak saviyada o‘tkazilgan dars narnunalarini ko‘rsatish maqsadida yosh o‘qituvchilarni tajribali o'qituvchilarning darslariga taklif etish, nazorat ishlarining mavzusi va mundarijasi masalaiarida maslahatlar berish kabi shakllardan iborat bo’ladi.
Maktab hayoti rnurakkab va ko‘p qirrali hayot yo‘lidir. Binobarin,maktab rahbarlarining vazifalari ham xilrna-xil. O’quv ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma ishlarini tizimga solish, aniqlash va rejalashtirish maqsadida ularni o‘quv yilining asosiy davrlariga taqsimlash yaxshi natija beradi. Ma’lumki bunday asosiy davrlar uchtadir;
1. Yangi o‘quv yiliga tayyorgalik ko’rish
2. Mashg‘ulotlarning boshlanishi va butun yil davomida ta ’lim-larbiya ishlarining borishi.
3. imtihonlar va o’quv yilining tugallanishi.
Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik davrida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabga taalluqli barcha buyruqlar bilan,yangi darsliklar, o‘quv qurollari va ta ’lim-tarbiya rnavzularida va gazetalarda bosilgan eng muhim maqolalar bilan yaxshi tanishib chiqish kerak. U o‘qituvchi kadrlarni taqsimlash loyihasini tayyorlash, o ‘quv dasturlarini o‘tish uchun taqvim-rejalarni qanday tuzish haqida o'qituvchilarga yo'l-yo‘riqlar berishi zarur.
O’quv ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari maktabning yangi o‘quv yilidagi ta ’lim-tarbiya ishlari rejasining asosiy qoidalarini ishlab chiqishi,
o ‘zining ish rejasini hamda maktabning sinfdan va maktabdan tashqari ishlar rejasini ishlab chiqishi kerak. U kuzgi yakuniylarining yaxshi
o ‘tkazilishi va 1 - 4 sinfda yozgi topshiriqlarning bajarilish tadbirlarini ko‘radi. O’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda imtihonlar haqidagi qonun-qoidalarga to ‘la rioya qilishini qattiq va puxta nazorat qilib turishi zarur. U o‘qituvchilarmng o‘quvchilar bilimiga oshirib
baho qo‘yishiga ham qarshi kurashishi kerak. Shuningdek,hamma imtihonlar yakunlanib bo‘lib, natijalar chiqarilgach, maktabning yillik hisobotini tuzishda rahbarga yordam beradi.
O’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab ishini chuqur va har tomonlama bilgan taqdirdagina o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlariga aniq va amaliy rahbarlik qila oladi. Bu rahbarlik vazifasiga ko‘tarilgan ‘qituvchi bir yoki ikki fanning mutaxassisidir.
O’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bilishi zarur:
1. O’rta maktabda o‘qitiladigan hamma fanlarning dasturlarini va ularning uqtirish xatlarini, xususiy metodikalarini,darsliklarini, ko‘rgazmali qurollarini.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlarini.
3. O’quvchilar tashkilotlari bilan ishlash metodlarini.
4. O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyotini.
5. Bolalar adabiyotini.
6. Maktab gigiyenasi va ta’lim-tarbiya psixologiyasi masalalarini.
7. Rahbarlik qilish, nazorat qilish, hujjatlar yuritish va hisobga olish metodlarini.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bularni bilmasa, rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun u o‘z malakasini hormay-tolmay, har taraflama oshirib borishi zarur. (Unga bu sohada o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, pedagogika xonalari, xalq ma’orifi bo'limlari, har turli seminarlar, qisqa muddatli kurslar va tajriba almashish kabilar yordam beradi.
Maktabning o ‘quv ishlari bo‘yicha direktor o ’rinbosari ham rahbar kabi
ta ’lim-tarbiya ishlariga to ‘g‘ri rahbarllk qilish uchun zarur bo’lgan mustaqillik nazariyasi bilan qurollangan siyosiy bilimdon kishi bo'lishi kerak. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining o’qituvchi va o'quvchilar oldidagi obro’si uning o’z ishini qanchalik bilishiga bog’liq.
O’quvchilar o’quv ishlari bo’yicha direktor o'rinbosariga faqat jadvallarni tuzuvchi va maktabning ichki tartib-qoidalarini nazorat qiluvchi kishi debgina qaramasdan, balki ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi bilimdon rahbar, qimmatli va foydali ko’rsatmalar bera oladigan metodist va nihoyat. mohir pedagog deb qarashlari lozim.
Dirеktоr o’rinbоsаri o’quvchilаrgа nisbаtаn mеhr vа muhаbbаt, pеdаgоgik jаmоаsigа vа оtа-оnаlаrgа nisbаtаn tаlаbchаn bo’lgаn hоldа ish tutishdа vа muntаzаm o’z ustidа ishlаb, sаbr-bаrdоshli, o’z fikrlаrini puхtа bаyon qilib, o’zgаlаrni o’zigа jаlb qilа оlаdigаn хislаtlаrni o’zidа mujаssаmlаydi.
Dаvlаt vа hukumаtimiz tоmоnidаn qаbul qilingаn bаrchа hujjаtlаr mоhiyatini, Prеzidеnt аsаrlаrini yaхshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlаr оrаsidа tаrg’ib etа оlishi, хаlq pеdаgоgikаsi аn’аnаlаrini, o’zbеk хаlqi milliy urf-оdаtlаri, qаdriyatlаri, аllоmаlаri o’gitlаrini yaхshi bilishlаri lоzim.
– Mаmlаkаtimizning ichki vа tаshqi siyosаtini yaхshi bilishi vа dоimо uni o’z fаоliyatidа hisоbgа оlishi, tаrbiyaviy ishlаrni tаshkil etishning ilmiy аsоslаri hаmdа yangichа usul vа mеtоdlаrini yaхshi bilishi;
– rаdiо, tеlеvidеniе vа оmmаviy ахbоrоtning bоshqа vоsitаlаri оrqаli bеrilgаn eng so’nggi yangiliklаrdаn bохаbаr bo’lishi hаmdа ulаrning mоhiyatini o’quvchilаrgа еtkаzа оlishi;
– sinfdаn tаshqаri tаdbirlаrni tаyyorlаsh vа o’tkаzа bilishi;
– tumаn, shаhаr, vilоyat, rеspublikа miqyosidа o’tkаzilаdigаn tаdbirlаrdа ishtirоk etishi;
– mаktаbdа o’quvchilаr bilаn tаrbiyaviy ishlаrni оlib bоrаyotgаnlаrgа mеtоdik tаvsiyalаr bеrib bоrishi;
– muntаzаm rаvishdа o’z mаlаkаsini оshirib turishi, o’z sоhаsi bo’yichа o’tkаzilаdigаn sеminаrlаrdа ishtirоk etish.
DIRЕKTОR O’RINBОSАRINING HUQUQLАRI
Nizоmdа bеlgilаngаn vаzifаlаr bilаn bоg’liq rаvishdа tеgishli pеdаgоgik хоdimlаrgа ko’rsаtmа bеrаdi. Хizmаt vаzifаsi dоirаsidаn kеlib chiqqаn hоldа sinfdаn vа mаktаbdаn tаshqаri ishlаrni tаshkil etish vа yangi to’gаrаklаrni оchish mаsаlаlаrini hаl qilаdi.
– sinf rаhbаrining tа’lim-tаrbiya ishlаri bo’yichа erishgаn yutuqlаrini hisоbgа оlib, uni tаqdirlаsh uchun dirеktоrgа tаklif kiritish;
– sinf rаhbаrlаrining o’z vаzifаsigа nisbаtаn mаs’uliyatsizligi yoki suistе’mоl qilingаnligi uchun dirеktоr bilаn kеlishilgаn hоldа tаnbеh bеrish;
– bоlаni yaхshi tаrbiyalаgаn оtа-оnаlаrni, mаktаbgа yordаm bеrgаn mаhаllа fаоllаrini tаqdirlаsh uchun dirеktоrgа tаklif bеrish huquqigа egа.
Dirеktоr o’rinbоsаri bilаn quyidаgi ishlаr kеlishilishi kеrаk:
– sinf rаhbаrlаri ish rеjаsini dirеktоr bilаn hаmkоrlikdа tаsdiqlаsh;
– mаktаbdа o’tkаzilаdigаn spоrt musоbаqаlаri rеjаsini dirеktоr bilаn hаmkоrlikdа tаsdiqlаsh;
– turli хildаgi to’gаrаk ishlаri rеjаsini dirеktоr bilаn hаmkоrlikdа tаsdiqlаsh

Download 43,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish