Mumtoz fors tilining ayrim xususiyatlari



Download 23,68 Kb.
bet1/3
Sana21.05.2023
Hajmi23,68 Kb.
#942062
  1   2   3
Bog'liq
48-амалий Форс тили ўзбек


48-amaliy mashg’ulot
MUMTOZ FORS TILINING AYRIM XUSUSIYATLARI

Reja:

  1. Mumtoz fors tilida ro ko‘makchisining qo‘llanishi.

  2. Mumtoz fors tilida o‘tgan zamon davom fe’li.

  3. بودن budan fe’lining mumtoz fars tilida qo‘llanishi.

  4. Mumtoz fors tilida egalik affikslari haqida.


Tayanch so‘zlar:
را ro ko‘makchis, o‘tgan zamon davom fe’li, بودن budan fe’lini, egalik affikslari haqida.



  1. Mumtoz fors tilida ro ko‘makchisining qo‘llanishi.

Hozirgi fors tilida را – ro ko‘makchisi vositasiz to‘ldiruvchi belgisi sifatida ishlatilib, o‘zbek tilidagi tushum kelishigi anglatgan ma’nolarga mos keladi. lekin mumtoz fors tilida را – ro ko‘makchisining vazifasi birmuncha keng bo‘lib, vositasiz to‘ldiruvchidan tashqari, vositali to‘ldiruvchi ma’nolarini ham bildirgan.
1.را – ro ko‘makchili to‘ldiruvchi ish-harakatning biror shaxs yoki boshqa bir jonli narsaga qaratilganligini bildiradi va kimga? nimaga? degan savolga javob beradi دانشمندی پسرانرا گفت doneshmandi pesaronro go’ft – Bir donishmand o‘g‘illariga dedi. بازی خروسرا گفت bozi xo‘rusiro go’ft – bir burgut bir xo‘rozga dedi.
2. Borlik, mavjudlik ma’nolarini ifodalagan fe’llar boshqargan را – ro ko‘makchili to‘ldiruvchi biror narsaga ega bo‘lgan? predmet yoki shaxsni bildiradi: وزیری را دختری بود بسیار عاقل vaziriro do‘xtari bud besyor oqel – bir vazirning juda aqilli bir qizi bor edi.
3.شنیدن shenidan (eshitmoq),گفتن go‘ftan (aytmoq) fe’llari boshqarganرا ro ko‘makchili to‘ldiruvchi biror narsa yoki shaxs haqida, to‘g‘risida borayotgan gap yoki suhbatni bildiradi: پادشاهی را شنیده ام که ... podshohipo shenideam ke... bir podshoni eshitdimki ... .

  1. Mumtoz fors tilida o‘tgan zamon davom fe’li.

Mumtoz fors tilida o‘tgan zamon davom fe’li aniq o‘tgan zamon fe’li shakli oldiga همی hami va oxiriga ی – i qo‘shimchasini keltirish bilan hosil qilinadi.
همی رفتی hami rafti – borardi همی پرسیدی hami po‘rsidi – so‘rardi
Ba’zan ی – i qo‘shimchasining tushib qolish hollari ham uchraydi. Bunda o‘tgan zamon davom fe’li aniq o‘tgan zamon shakliga hami old qo‘shimchasini keltirish orqali yasaladi.
همی رفت hami raft – borardi, همی پرسیدی hami po’rsid – so‘rardi.
Lekin fors tilinig keyingi taraqqiyot davrida aks holni ko‘ramiz, ya’ni o‘tgan zamon davom fe’lining yasalishidaی – i qo‘shimchasi saqlanib, همی hami old qo‘shimchasi tushib qolgan. Odatda ی – i qo‘shimchasi fe’l oxiriga, shaxs-son qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘yilgan va buی – i fors tili grammatikasidaیای استمراری yo-ye estemrori deb ataladi.. رفتیrafti –borardi, پرسیدی po’rsidi– so‘rardi.
حکیمی هر گاه به گورستان رفتی hakimi hargoh be go‘reston rafti – Bir tabib hamisha mozorga borardi.
یای استمراری yo-ye estemrori vositasida yasalgan o‘tgan zamon davom fe’li aniq bo‘lmagan shart ergash gapda ham keng qo‘llanadi.
اگر ژاله هر قطره ای در شدی
چو خرمهره بازار از آن پر شدی
agar jole har qatrei do‘r sho‘di chu xarmo‘hre bozor az on po‘r sho’di – Agar shudringning har tomchisi dur bo‘lganda edi, chig‘anoq kabi bozor u bilan to‘lgan bo‘lardi. (Sa’diy)
yo-ye estemrori asosan 1 shaxs birlik va 111 shaxs birlik va ko‘plik shakllarda ishlatilgan: رفتمی raftami – borardim, رفتی rafti – borardi, رفتندی raftandi – borardilar.


  1. Download 23,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish