Mil avv. VI asrning o`rtalarida Kir II o`zining sodiq lashkarboshlaridan biri bо`lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi



Download 37,5 Kb.
Sana16.01.2020
Hajmi37,5 Kb.
#34801
Bog'liq
Sabina

Mil. avv. VI asrning o`rtalarida Kir II o`zining sodiq lashkarboshlaridan biri bо`lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi. o`zi esa O`rta Osiyo hududidagi viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So`g`diyona, Marg`iyona va boshq.) bosib olishiga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga qarshi yurishi haqida so`zlar ekan, bu yurishlarning ko`pchiligi haqida to`xtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib o`tadi. Tarixchining ma`lumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini bo`ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi.

Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Yustin kabilarning ma'lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Kir II mil. avv. 545-539 yillarda Sharqiy Eron va O`rta Osiyo viioyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (rail. aw. 522-486-yy.) Ahmoniylar sulolasi Hind vodiysidan O`rta Yer derigiziga qadar bо`lgan keng hududda o`z hukmronligini o`rnatgan. Juda ko`p sonli davlatlar. viloyatlar, shaharlar va | xalqlarni birlashtirgan ahmoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi.

Tarixiy manbalarning ma'lumot berishicha, O`rta Osiyo xalqlari ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget qabilalari malika To`maris (Tomiris) boshchiligida forslarning turli hiyia-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo`shinini tor-mor etadilar. Malika To`maris va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo`ladi. Gerodot xabar berishicha, "Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o`qlari tugagach, qo'l jangi boshlanib nayza va qilich bikn kurashdilar. QO`shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat massagetiar g`alaba qozondilar." Kir II qo`shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to`g`ri keladi.

Tarixchi Poliyen forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi haqidagi afsona to`g`risida xabar beradi. Uning xabariga ko`ra, sak qabilalarining vakili bо`lgan Shiroq ismli cho`pon hiyla yo`li bilan forslarning katta qo`shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo`yadi. Shiroq ham, fors qo`shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo`ladilar.

Mil. avv. 522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o`tiradi. U taxtga o`tirishi bilanoq Parfiya, Marg`iyona va "saklar o`lkasi"da forslarga qarshi qo`zg`olonlar ko`tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-yilning oxirida Marg`iyonada ko`tarilgan qo`zg`olonga Frada ismSi kishi boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo`shinlarni qo`zg`olonchilarga qarshi jo`natadi. Qo`zg`olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg`iyonalik halok bo`ladi. Frada ham qo`lga olinib qatl ettiriladi.

"Saklar o`lkasi"dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518-yillarda bo`lib o`tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag`lubiyatga uchraydi. Saklarning ko`pchiligi o`ldirilib, ko`pchiligi asir olinadi. Ularning yo`lboshchisi Skunha asir olinib, o`rniga boshqa yo`lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O`rta Osiyodagi mahalliy aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlami batamom o`zlarigab bo`ysundirdilar.

Markaziy boshqaruv organlari. Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, ma'lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko`pgina imtiyozlarga ega bо`lgan ozod fors jamoalariga hara tayangan. Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi hisobiangan.

Hokiraiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo`lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko`rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.

Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs «xazarpat» - mingboshi deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig`i va davlat boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar saltanatining bosh ma'muriy markazi Suza shahri edi. Bu yerda shahanshoh devonxonasi joylashgan bolib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan. Shahanshoh devonxonasi boshlig`i «dapirpat». – mirzaboshi atalgan. Devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar.

Hududiy bo`linish. Qoyatosh bitiklar va Gerodot ma`lumotlarigi ko`ra, ahmoniylar davlati hududi 20 ta qaram-ma'muriy qismlarga satraplarga bo`lingan. Tadqiqotchilarning fikricha, forslar davlat boshqaruvining bu an'analarini midiyaliklardan o`zlashtirganiar. Satraplar yirik hududlarga ega bo`lib, ko`pincha bir necha viloyat va o`lkalarni o`z tarkibiga birlashtirgan. Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va So`g`diyona-bitta satrap tarkibiga kirgan. Satraplarning chegarakri ayrim hollarda o`zgarib turgan.

E'tibor berish lozimki, ahmoniylar davlatida satraplar etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. Satrapning ma'muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma'muriyati va markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya'ni, satrapda ikkita yordamchi, devonxona va mirzalar bo`lgan. Bir vaqtning o`zida satrap o`zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham bajargan. Ayrim hollarni istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro I barcha satraplarning harbiy vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o`ziga bo`ysinuvchi harbiy boshliqlarni jo`natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat ostiga olingan. Hattoki shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib satraplar faoliyatini tekshirib turganlar.

Qo`shinlar. Ahmoniylar davlatida muntazam qo`shin mavjud bo`lib, uning asosini tarkibida o`n ming jangchi bо`lgan «abadiy o'lmas» polk tashkil etgan. Qo`shinlarning bosh qo`mondoni shahanshoh edi. Harbiy tuzilmada keyingi o`rinda «xazarpat»-mingboshi turgan. Ahmoniylar qo`shinlari quyidagi qismlardan ifaorat bо`lgan: 1. - «abadiy o`lmas» polk; 2-piyoda qo`shinlar; 3-otliq qo`shinlar (suvoriylar); 4-satraplar qo`shinlari; 5-yunon yollanmalari: 6-ko'ngilli qo`shin. Qo`shinning qismlari 10,100,1000, 10000 kishilik harbiylardan iborat bo`lib, har bir qisraning tayinlab qo`yilgan boshiig`i bо`lgan.

Yilda bir marta shahanshohning shaxsan o`zi qo`shinlarni ko`rikdan o`lkazib, yaxshi xizraat qilganlarni taqdirlagan, harbiy qoidalarni buzganlarni jazolagan. Butun davlat hududi to`rtta harbiy okrugga bo`lingan. Har bir okrug harbiy boshlig`i markazdan tayinlanib bevosita shahanshohga bo`ysungan. Bosib olingan hududlar va chegara rayonlarda harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Ahmoniylar qo`shinlarining harbiy tartibi haqida Gerodot va Kursiy Ruf batafsil ma'lumotlar beradilar. Bu ma'lumotlarga ko`ra, ularning asosiy harbiy qurollari qilich, gurzi, o`q-yoy, qalqon, xanjar, harbiy bolta va nayzalardan iborat bо`lgan.

Yuqorida ta'kidlanganidek. Ahmoniylar bosib olgan barcha ftududlar satrapiya hokimliklarga bo`lingan bo`lib ularni fors podsholari tomonidan tayinlab qo`yilgan satrap-hokimlar boshqarganlar. Gerodot ma'lumot!ariga ko'ra, Baqtriya XII satrapiya bo`tib 300 talant (talant-Bobil pul birligi bo`lib, 1 talant 30 kg dan ziyodroq kumushga teng), saklar va kaspiylar XV satrapiya bo`lib 200 talant Xorazm, So`g`d, Parfiya va Ariya XVI satrapiya bo`lib 300 talant miqdorda yillik soliq to`lar edilar. Shuningdek, O`rta Osiyoliklar soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqoncbilik mahsulotlarini ham fors podsholariga berib turganlar.

Mil. avv. Vl-lV asdar O`rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot ancha rivojlanadi. Bu davrda Baqtriya yirik davlat bo`lib, fors podshoiarining Sharqdagi yirik markazlaridan biri edi. So`nggi yillarda O`rta Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o`ttizdan ziyod ahmoniylar davriga oid manzilgohlar ochilgan. Ularning har birida o`zlashtirilgan maydonlar va sug`orish tartibidan tashqari turar joylar va xo`jalik xonalari. mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir.

Bu davr Baqtriya aholisimng asosiy mashg`uloti dehqonchilik edi. Qalayimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi ko`plab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bog`liq bо`lgan mehnat qurollari-o`roqlar, ketmonlar, yorg`uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik asosan sun'iy sug`orishga asoslanganligini ko`rsatadi.

Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (Hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko`hna shaharning eng qadimgi qatlamiari rail. avv. 1 ming yillikning o`rtalariga oid ekanligidan daloiat beradi.

Bu davrda Baqtriyada badiiy hunarmandchilik ham yuqori darajada bо`lgan. 1877 yilda Kobadiyon bekligi (Tojikiston) dan oltin va kumushdan iborat katta xazina topilgan, "Amudaryo xazinasi" nomi bilan mashhur bо`lgan bu xazinada oltin va kumushdan quyilgan jang aravalari, jangchilar qiyofasi, hayvonlar tasvirlarini uchratish mumkin. Bu xazina mahalliy ustalar ijodi bo`lib, mil. avv. V-IV asrlarga oiddir.

Mil. avv. VI-IV asrlarda So`g`diyona hududlarida ko`plab shahar va qishloqlar bo`lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to`lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Yerqo`rg`on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo`ja Bo`ston kabi 50 dan ziyod ko`hna shahar va manzilgohlar ochib o`rganilgan.

So`g`diyonaning poytaxti bo`lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar hayotining rivojlanishi So`g`diyona va butun O`rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So`g`diyonaning "ikkinchi poytaxti" bо`lgan Yerqo`rg`onni (Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar.

So`g`diyona hayotida dehqonchilik katta ahamiyatga ega edi. Shunisi muhimki, dehqonchilik sun'iy sug`orishga asoslangan bo`lib, bu haqda yozma manbalar ma'lumot beradi. Xususan, Straboning yozishicha, Politimet (Zarafshon) daryosi vohadagi eng katta suv manbayi bo`lib, sug`oriladigan yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan. Qo`hna shaharlarda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib borgan.

Mil. avv I ming yillikning o`rtalarida Xorazm ham rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davrda Xorazmda inshootlar qurilishida xom g`isht, paxsa ishlatilgan. Manziigohlar va turar joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu yerda mavjud bо`lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. Shaharlar aholisining asosiy raashg`uloti hunarmanclchilik bо`lgan. Ko`plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o`troq aholidan tashqari ko`chmanchi chorvadorlar hara yashagan bo`lib, ular o`rtasida doimiy harbiy to`qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo`lib turgan.

O`rta Osiyo xalqlari ahmoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo`shdilar. Bu davrda O`rta Osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar. O`rta Osiyo hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid oltin dariklar va boshqa tangalar topilgan. Ahmoniylar davrida kO`pgina Sharq xalqlarining siyosiy birligi - butun jahon tarixida, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida rauhim davr bo`lib qoldi. Bu O`rinda O`rta Osiyo hududidagi xalqlar va qabilalarning hara hissasi nihoyatda katta bo`ldi.

Дандамаев М.А. Политическая история Ахемеидской державы. M., 1985.

Дандамаев М.А. Луконин B.Г. Культура экономика древнего Ирана М., 1980.

Murtazayeva R.H. va b. o’zbekiston tarixi (Ma'ruzalar matni).-T., 2000.

Rajabova R.YO. va b. o’zbekiston tarixi (1917-1993 yillar).-T., "o’qituvchi", 1994.

Толстов С.П. По древним днльтам Окса и Яксарата. М., 1962.



190. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T., 1964.
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish