Turdi farog`IY



Download 41,67 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi41,67 Kb.
#724930
  1   2   3
Bog'liq
TURDI FAROG





TURDI FAROG`IY

XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farog‘iy o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan shoir va mutafakkirlardan biridir. Shoir o‘z she’rlarini ko‘p hollarda “Turdi” nomi, ba’zan esa “Farog‘iy” taxallusi bilan yozgan. “Farog‘” Jizzax hududidagi qishloqlardan birining nomi bo‘lish ehtimoli bor.


Turdi Farog‘iyning hayoti va ijodi haqida tarixiy manbalarda aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Bu to‘g‘rida asosan uning bizgacha yetib kelgan sanoqli she’rlari bo‘yicha fikr yuritish imkonimiz bor, xolos. Turdi ijodini o‘rganishga A. Fitrat, O. Shara-fuddinov, H. Yoqubov kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. Shoirning A. Majidiy tomonidan topilgan va 1924–25 yillarda nashr etilgan she’rlar qo‘lyozmasi 30-yillardagi qatag‘onda yo‘qolib ketgan bo‘lib, uni qaytadan topish va ilmiy muomalaga kiritish 1959-yili ushbu satrlar egasiga nasib etdi. Shoir asarlari qo‘lyozmasining kayta topilishi uning asarlari matnlarini to‘g‘ri o‘qish va qayta nashr etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qo‘lyozma hozir Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida – 1407 raqam bilan saqlanmoqda.
Turdi taxminan XVII asrning 40-yillarida tug‘ilib, Buxorodagi Ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning o‘g‘illari – Abdulazizxon hamda Subhonqulixonlar davrida faoliyat ko‘rsatgan. U bir she’rida o‘z o‘gmishini eslab:
Ahli davlatlar bilan yoru harif, hamdush edim,
Hoyu huyi bazmlarda shahd no‘shono‘sh edim,
Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarxush edim…
deb yozishidan anglanildiki, u odsin o‘tgan bir zamonlarda amaldorlar safida qaynoq va suronli hayot kechirgan, yuz urug‘ining ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblaridan bo‘lgan. Shu bilan birga u o‘zi ham shu urug‘ga mansub bo‘lgani ehtimoddan uzoq emas.
Turdi o‘zbek va fors tillarini yaxshi bilardi. U qarigan chog‘larida yozgan “Dar mazammati sipohigari” degan she’rida o‘zining asosiy kasb-kori sipohiylik (“harbiylik”) bo‘lganini, shu kasbi bilan uzoq yillar davomida nimalarnidir tama’ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxir-oqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus-nadomat bilan ma’lum qiladi.
Lekin harbiylik bilan bir qatorda Turdi o‘z zamonasining eng o‘qimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega bir kishi bo‘lib yetishgan edi. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa o‘z atrofida yuz berayotgan voqea va hodisalarga faol aralashishni taqozo etgan. Aftidan u oddiy askar emas, balki qo‘shin boshliqlaridan biri, ba’zan biron siyosiy guruhning rahbari bo‘lgan yoki biron shunday guruhga yon bosgan.
XVII asr Buxoro siyosiy hayotidagi eng muhim voqea Ashtarxoniylardan Nodir Muhammadning taxtga chiqishi, oradan ko‘p o‘tmayo‘g‘li Abdulazizxon hukmdorlikni undan tortib olishi, bu ahvol bilan kelisha olmagan kichik o‘g‘li – Subhonqulixonning esa akasiga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib borishi va nihoyat 1680 yilda o‘z maqsadiga erishuvi bo‘lgan edi. Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, raqibiAbdulazizxonni Madina shahriga ketishga majbur etish bilan birga Turdi kabi unga yaqin turgan kishilarni ham quvg‘in ostiga oladi.
Subhonqulixon davrida zulm va jaholat avj olib, ayrim urug‘ va aymoqlarning manfaatlariga katta ziyon yetgan, mulklari tortib olingan, poraxo‘rlik kuchaygan. Ilm, madaniyat ham orqaga ketgan. “Tarixi Mxoniy” asari muallifi Yusuf Muhammad Munshi xabar berishicha, u 2000 bayt she’r yozgan jiyani shoir Qosim Sultonni ham vaqti klganda ayamaydio‘ldirtiradi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mamlakatda qattiq noroziliklar yuz berib, bu pirovardida yangi hukmdorga qarshi uyushgan xalq qo‘zg‘olonlariga aylanadi. Turdi shubhasiz, xalq tomonida turib, bu harakatlarda ishtirok etadi.
Lekin bu qo‘zg‘olonlar Subhonqulixon tomonidan ayovsiz ravishda bostirildi. Turdining shundan keyingi hayoti Xo‘jand tomonlarda, muhtojlik va uzluksiz ma’naviy tushkunliqda kechgan. Uning Xo‘jand hokimi Oqbo‘tabiy dargohidan ketib, Jizzax hokimiga mute bo‘lib yashagan vaqtida yozgan turkiy muxammasi buning yorqin dalilidir. Uning bizgacha yetib kelgan she’rlarining katta qismi shu davrda yaratilgan. Turdi taxminan 1699–1700 yillarda vafot etgan.
Turdining adabiy merosi 18 she’rdan iborat bo‘lib, ulardan 12 tasi Sharq she’riyatining g‘azal, 5 tasi muxammas va bittasi fard turiga oiddir. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon to‘g‘risidagi mashhur hajviyani tashkil etadi. biroq shu merosi bilan ham Turdi o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidan muhim o‘rin egallagandir.
Diqqat bilan nazar tashlansa, Turdi ham o‘z ijodini boshqa shoirlar kabi an’anaviy ishq mavzuidan boshlagani, bu sohada o‘zigacha mavjud ijodiy tajribani puxta egallagani seziladi. Shoirning:

Download 41,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish