Turdi farog`IY



Download 41,67 Kb.
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi41,67 Kb.
#724930
1   2   3
Bog'liq
TURDI FAROG

Turkona xirom ayladi ul sho‘xi diloro,
Dil mulkini bir go‘shai chashm ayladi yag‘mo,
matlai bilan boshlangan ishqiy g‘azali lirikaning yaxshi namunalaridan deb baholashga loyiq. Yana diqqatga sazovor tomoni shundaki, Turdining lirik g‘azallari boshqa shoirlarnikidan o‘zining nihoyatda ixchamligi, ya’ni 3–4–5 baytdan iboratligi bilan ajralib turadi. Turdining tasavvufiy she’rlari ham g‘oyat go‘zal va falsafiy teran mazmunga boy.
Turdi o‘zining tasavvuf bilan bog‘liq qarashlarini “Burun” radifi bilan yozilgan turkiy muxammasida shunday bayon etgan:
Lobaqodur qalbiy, qalbing bog‘lama iqbolinga,
Bo‘lma g‘arra oriyat dunyovu mulku molinga,
Yod etib go‘ru qiyomat, yig‘la doim holinga,
Bur nazar mo-u manidin, yonib o‘z ahvolinga,
Ibrat ila boq, ko‘zung tufroqqa to‘lmasdan burun.
Lekin Turdi g‘azallarining aksariyati hali hech kim kalamga olmagan, o‘tkir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mavzularga bag‘ishlangan. Ayniqsa shoirning quyidagi g‘azalida yurtni boshqarayotgan beklarga murojaat qilib, ularni keng fe’lli, o‘zaro ittifoq bo‘lishga, bir-birini qabilachilik belgilariga qarab kamsitmaslikka chaqirishi, uni o‘z davrining eng yuksak fikrli, vatanparvar va haqiqiy insonparvar kishi bo‘lganidan dalolat beradi:
Tor ko‘ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bo‘li o‘zbek yurtidur, tenglik qiling.
Birni qipchoqu xitoyu birni yuz, nayman demang,
Qirqu yuz ming son bo‘lub, bir xon oyinlik qiling.
Bir yaqodin bosh chiqarib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
Bir o‘ngurlik, bir tirizlik, bir yaqoyenglik qiling…
XVII asr sharoitida Buxoro xonligida turkiy, xususan, o‘zbek urug‘lari o‘rtasida o‘zaro nizolar kuchaygan bo‘lib, shoir ularning bir-biridan uzoqlashib, mamlakatning esa mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishini ularning o‘zlari uchun ham g‘oyat xatarli deb bilar, buning oldini olishga intilar edi. Shu bilan birga u xonlikning boshqarishda ishlayotgan, “o‘zbekman!” deb talonchilik bilan shug‘ullanayotgan vakillarini dinsizlikda ayblashi, muttaham, bebosh sifatida fosh etishi achchiq hayotiy haqiqatga asoslangan edi.
Turdining shoh asari, albatta Subhonqulixon to‘g‘risidagi hajviy muxammasidir. Shoir fikricha, Subhonqulixon davlat tepasiga kelishi bilan butun mamlakatda ahvol yomon tomonga o‘zgargan, osoyishtalik o‘rnini tartibsizlik, adlu karam o‘rnini o‘zaro nifoq egallagan.
Turdi yozishicha, Subhonqulixonning aybi shundaki, u taxtga o‘ltirishi bilanoq tajribali, ishbilarmon mulozimlarni quvib, ularning o‘rniga o‘z atrofida davlatni boshqarish ishidan butunlay xabarsiz, fikr-mulohazalari sayoz, axloqan tuban kishilarni yig‘a boshlagan. Subhonqulixon va uning beklariga xos nuqsonlarni foshetishda Turdining hajviy qalami satrdan satrga, banddan bandga tobora o‘tkirlasha boradi. Shoir bu shoh haqida:
Bid’atu zulm ani xilqatu asli zoti…
Fuqaro bo‘ldi bu shoh asrida ko‘zi zoru nahif,
Zulmdan bo‘ldi raiyat elikim xoru zaif –
deb yozsa, uning beklariga:
Ey yuzi qora, ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar beklar…
Yedingaz barchangiz itdek fuqaroni etini;
G‘asb ila molin olib, qo‘ymadingizlar bitini…
deb xitob qiladi. Subhonqulixon faoliyatida ham ayrim ijobiy tomonlar bo‘lib, Turdi esa ulardan butunlay ko‘z yumadi. Masalan: u shohlik bilan bir qatorda tibbiyot masalalari bilan izchil shug‘ullangan va o‘z davrida “Tibbi Subhoniy” degan asarni yozgan. Biz 1972 yili Afg‘onistonda bo‘lganimizda, Balxga yaqin Dehdodi qishlog‘i masjidida Subhonqulixonning katta kutubxonasi bo‘lgani haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edik.
To‘g‘rirog‘i, Turdi bu asarida Subhonqulixon qiyofasida qattiqqo‘l, johil shoh timsolini yaratishga harakat qilgan va bunga erishgan. Bunda Subhonqulixon obrazini biz to‘la tarixiy real shaxs sifatida emas, balki adabiy tip sifatida baholamog‘imiz zarur. Bu hajfiy asari bilan Turdi o‘zbek hajviyotini Alisher Navoiydan keyin yangi bir yuksaklikka ko‘tardi.
Turdi Shayx Sa’diy g‘azaliga bog‘lagan muxammasida esa o‘z ulug‘ salafi asarida insonparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurlashtirdi. Sa’diy bu g‘azalida shunday yozgan edi:

Download 41,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish