Baxt yo'q dunyosiga siltab qo'lingni
Sen ko'chib o'tasan o'sha kitobga.
Balki sizlar hozir men boshlayotgan kitobga shunday munosabatda bo'larsizlar . Tan olish kerak Anna Frank emasman , unga taqlid qilgim ham yo'q. 🙃 Menga 3 yil deganda endi endi qadrdon bo'lib borayotgan Universitet binosidaman . Boshida bu yerni hech ham yoqtirmaganman. Menga maktabim ko'proq yoqardi . Nega desangiz maktabda e'tibor markazida edim 😁 hamma meni bilardi, tanirdi , qisqasi mashhur edim. Bu yerda esa hamma begona edi va menga iltifot ko'rsatishmasdi . Endi esa hammasi qadrdon. Vaqt o'z hukmini aytdi .
10 51 09.02.2022
Do'stlaringiz bilan baham: |