Ijtimoiy siyosat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Birinchidan,
jamiyat mehnat 
qilish huquqini kafolatlaydi, bunga ish joyiga yoki zarur resurslarga ega 
bo‗lish va mehnatga yarasha haq to‗lash kafolati ham kiritiladi. 
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo‗lgan talablar 
yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan shaxslar 
(ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‗g‗risidagi 
alohida g‗amxo‗rlik bilan bog‗liq farqlashlar kamsitish deb 
hisoblanmaydi. Mehnat sohasida o‗zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs 
kamsitishni bartaraf etish hamda o‗ziga yetkazilgan moddiy va ma‘naviy 
zararni to‗lash to‗g‗risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 
Ish bilan ta‘minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari 
mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat 
to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab 
qo‗yiladi. 
Ikkinchidan,
jamiyat davlat organlari tizimi va boshqa ijtimoiy 
tuzilmalar orqali ish kuni, ish haftasi, ish yili tartibini, yuqori mehnat 
samaradorligi bilan uzoq muddatli mehnat qobiliyatini saqlash uchun 
qulay shart-sharoitlarni qonunchilik yo‗li bilan ijtimoiy himoya qilishni 
kafolatlaydi. 
O‗zbekiston Respublikasida Mehnat Kodeksiga muvofiq xodim 
uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‗lishi 
mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti 
soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi 


98 
lozim. Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‗lig‗i holati, 
mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‗ziga xos xususiyatlari va 
o‗zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa 
normativ hujjatlar, jumladan, mamlakatda mavjud bo‗lgan mehnat 
shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‗lanadigan haqni 
kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. 
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: 
- o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan xodimlar; 
- I va II guruh nogironi bo‗lgan xodimlar; 
- noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‗lgan xodimlar; 
- alohida ishlash sharoitiga ega bo‗lgan ishlardagi xodimlar; 
- uch yoshga to‗lmagan bolalari mavjud byudjet hisobidan 
moliyaviy jihatdan ta‘minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda 
ishlayotgan ayollar. 
Ish vaqtining haftasiga o‗ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan 
muddati mehnat jarayonida sog‗lig‗iga kimyoviy, biologik va ishlab 
chiqarishning boshqa zararli omillari ta‘sir etadigan xodimlar uchun 
belgilanadi. 
Uchinchidan,
jamiyat ijtimoiy-madaniy sohani aholini ijtimoiy 
himoyalash talablari ustuvorligini hisobga olib rivojlantirishni 
kafolatlaydi. Jumladan, bu vazifa dam olish muassasalarining zarur 
tizimi, infratuzilmasini rivojlantirish yo‗li bilan har kun, har haftada va 
har yili dam olish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali amalga 
oshiriladi. 
Barcha xodimlarga, jumladan o‗rindoshlik asosida ishlayotgan 
xodimlarga, dam olish va mehnat qobiliyatini tiklash uchun ish joyi 
(lavozimi) va o‗rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta‘tillari 
beriladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish