1
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‗BEK NOMIDAGI
O‗ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
A.V.Vaxabov, Sh.Sh. Zaxidova, Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov,
D.Sh.Odinayev, J.N.Fayzullayev, B.B.Baxtiyorov, S.N.Abdulxakimov
IJTIMOIY SIYOSAT
O‗QUV QO‗LLANMA
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi
tomonidan 5520100 – Ijtimoiy ish (pensiya ta‟minoti) yo„nalishi
talabalari uchun o„quv qo„llanma sifatida tavsiya etiladi
Toshkent
«MUMTOZ SOʻZ»
2019
2
UOʻK 338:91(075)
KBK 65:04(5O‗)73
“Ijtimoiy siyosat”.
O‗quv qo‗llanma i.f.d., prof. A.V.Vaxabovning umumiy
tahriri ostida. – Toshkent: ―MUMTOZ SOʻZ‖, 2019.
312 bet.
O„quv qo„llanmada ijtimoiy siyosatning shakllanishi, tarkibi va rivojlanish
bosqichlari, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy himoya dasturlariga bo„lgan ehtiyojning
vujudga kelish omillari, ijtimoiy siyosatning maqsadi, vazifalari va uslublari,
ijtimoiy siyosatning nazariy konsepsiyalari, tarkibiy qismlari, darajalari va amal
qilish tamoyillari tahlil qilingan. Ijtimoiy siyosatni tartibga solish dastaklari,
ijtimoiy xizmatlar, aholini ijtimoiy himoya qilishning manzilliligini kuchaytirish
zaruriyati va uni amalga oshirish mexanizmi, aholining yoshi bo„yicha turli
guruhlari, jumladan, bolalar, yoshlar, keksalar, nogironlar, migrantlarning
ijtimoiy himoya amaliyoti keng yoritilgan. Jahonda ijtimoiy siyosatni amalga
oshirish mexanizmi, modellari, mohiyati va xususiyatlari chuqur tahlil etilgan.
Ijtimoiy ta‟minot tizimining aholi farovonligi darajasini oshirishga ta‟sirini
baholashda davlat va tijorat tashkilotlarining tutgan o„rni yoritilgan. Ijtimoiy
sohaning ta‟lim tizimi va sog„liqni saqlash kabi tarmoqlari vazifalari,
ko„rsatiladigan ijtimoiy xizmat turlari va rivojlanish indikatorlari, moliyalashtirish
amaliyoti, isloh etishni milliy dasturlari mazmuni va ustuvor yo„nalishlari bayon
etilgan.
O„quv qo„llanma oliy o„quv yurtlarining ijtimoiy ish (pensiya ta‟minoti)
yo„nalishida o„qiyotgan bakalavr, magistrantlarga, ushbu fanni o„qitadigan
professor-o„qituvchilar, ijtimoiy siyosat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan
doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, ijtimoiy siyosatni mustaqil o„rganuvchilar
uchun mo„ljallangan.
5520100 – Ijtimoiy ish (pensiya ta‟minoti) yo„nalishi talabalari uchun o„quv
qo„llanma sifatida tavsiya etiladi.
O„quv qo„llanma O„zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
vazirligining PZ-20170930109 “Aholini ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini
aniqlash va ularni ijtimoiy himoya qilish tizimini manzilliligini kuchaytirish
mexanizmini takomillashtirish yo„nalishlari” mavzusidagi amaliy davlat ilmiy
granti doirasida tayyorlandi va nashr etildi.
Prof.
Do'stlaringiz bilan baham: |