10-BOB. MEHNAT UNUMDORLIGI: TUSHUNCHASI, O’LCHASH OMILLARI VA ZAHIRALARI
10.1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati.
Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya'ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko`rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo`lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elektr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq bo`ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko`proq bo`lsa, uning xarajatlari kamroq bo`ladi. Mehnat samaradorligi mahsuldorligi mehnat ko`rsatkichi bilan o`lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |