Mehnat unumdorligini mehnat usuli bilan o`lchashda mahsulot birligini ishlab chiqarish yoki tovar birligini sotishga doir normativ vaqtdan foydalaniladi:
Bu yerda,
Um - mehnat usuli bilan o`lchangan mehnat unumdorligi.
Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va xizmatlarga tatbiq etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bo`lavermaydi. Bu usuldan ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib bo`lmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi.
Unumdorlik o`lchashning mehnat usuli bir qator kamchiliklarga ham ega (normalar yetarli darajada asoslab berilmagan bir xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez qayta ko`rib chiqiladi va hokazo), bu esa hatto ayrim ish joyidagi va brigadalardagi mehnat unumdorligining darajasi va o`sishiga holisona baho berilishiga imkon tug’dirmaydi.
Mehnat unumdorligiga ishlarning sermehnatligi ta'sir ko`rsatadi. Sermehnatlik – bu, jonli mehnat sarflarini aks ettiruvchi ko`rsatkich bo`lib, u ish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar)da ifodalangan. Sermehnatlik, odatda, norma-soatlarda (haqiqiy soatlarda) o`lchanadi, bu vaqt ish birligini bajarishga sarflangan bo`ladi. Bu ko`rsatkich mehnat unumdorligi ko`rsatkichiga qarama-qarshi bo`lib, quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:
Bu yerda,
S – sermehnatlik;
Iv – ish vaqti;
Im – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Korxonalar va ularning yirik bo`linmalari darajasida, xuddi iqtisodiyot tarmoqlarida bo`lgani kabi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi hajmlarini o`lchash uchun asosan qiymat usuli tatbiq etiladi. qiymat usuli universal usul bo`lib, u mahsulotning barcha turlari va hajmlari, ishlar va xizmatlar yagona pul ko`rsatkichlari bo`lgan so`mda ifodalanadi, u hajm ko`rsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga ko`paytirish bilan aniqlanadi.
Masalan, agar besh kishidan iborat ishchilar brigadasi bir smenada 100 ming so`mlik ish hajmini bajargan bo`lsa, u holda har bir ishchining smenadagi mehnat unumdorligi (ishlab chiqargan mahsuloti) quyidagicha bo`ladi: 120:5q24 (ming so`m), tegishli ravishda bir soatlik ish mobaynida 20:8q2,5 (ming so`m) bo`ladi.
Mehnat unumdorligini o`lchashningqiytat usuli turli kasb va malakaga ega bo`lgan xodimlarning mehnat unumdorligi, masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Biroq bu usul ko`rinishdan universal usul bo`lishiga qaramay, bir qancha kamchiliklarga ham ega. Xususan unga narx omili, ya'ni bozor kon'yukturasi va inflyatsiya ko`proq ta'sir ko`rsatadi.
Mehnat unumdorligini o`lchash usullarining har uchalasi ham o`z afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Ularni quyidagi 10.1-jadvalda ko`rish mumkin.
Ishlab chiqarish hajmlari va mehnat unumdorligini o`lchashning qiymat usuli birmuncha murakkab ishlab chiqarish hajmlarini hisoblashda eng maqbul usulni muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqib tanlash mumkin. Ishlab chiqarish hajmlarini o`lchashning eng ko`p qo`llanadigan usuli yalpi, tovar va sotilgan mahsulotlar ko`rsatkichlaridir. Bu xil ulgurji narxlarda «zavod usuli» bo`yicha hisoblangan yalpi mahsulot tovar mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini o`lchaysh bilan, sotilgan mahsulot tovar mahsulotdan sotish uchun mo`ljallangan, lekin sotilmagan tovar qoldiqlari summasi bilan farq qiladi. Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish normasi yalpi mahsulot bo`yicha aniqlanganda eng aniq natijalar kelib chiqqanday tuyuladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo`yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko`payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to`planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Yalpi tovar va sotilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarni va normalarini o`lchashning kamchiligi shundan iboratki, ulgurji narxlar barcha barcha moddiy xarajatlarning qiymatini o`z ichiga oladi.
10.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |