O‘zbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nurlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari ID-27041 (V-7)
SanQvaN 0014-21-son
Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nurlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 1-bob. Umumiy talablar 1. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari ishlab chiqarish jarayonida ishchilarni ultrabinafsha nurlari mavjud bo‘lgan manbalardan himoyalash, baholash, nazorat qilish usullarini hamda ultrabinafsha nurlanishining salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
2. Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari barcha turdagi (lazyerlar tomonidan ishlab chiqilgan ultrabinafsha nurlari (nurlanish) bundan mustasno) ultrabinafsha nurlariga (nurlanish) va ularning manbalariga taalluqlidir.
3. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
nurning (nurlanish) intensivligi — nur tushadigan yuza maydonidagi energiya oqimining zichligi, birligi Vt/m2 da;
nurlanish dozasi — ma’lum vaqti ichida tushadigan nurning miqdori (birligi mer.soat/m2 da);
ruxsat etilgan nurning (nurlanish) intensivligi — butun ish kuni davomida va mehnat faoliyati jarayonida ishchilarning ishlagan davri va keyinchalik sog‘lig‘ining bo‘zilishiga olib kelmaydigan, funksional va boshqa jarohat yetkazmaydigan nur (nurlanish) miqdori;
ultrabinafsha nurlari (ultrabinafsha nurlanish) — to‘lqin uzunligi 200 dan 400 nmgacha (chastotasi 1013 dan 1016 Gts) bo‘lgan elektromagnit nurlanish;
UB-A — to‘lqin uzunligi 315 — 400 nm bo‘lgan uzun to‘lqinli ultrabinafsha nurlari (nurlanish);
UB-B — to‘lqin uzunligi 280 — 315 nm bo‘lgan o‘rta to‘lqinli ultrabinafsha nurlari (nurlanish);
UB-C — to‘lqin uzunligi 200 — 280 nm bo‘lgan qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlari (nurlanish);
4. Ultrabinafsha nurlarining (nurlanish) inson organizmiga ta’siri uning me’yoriy qiymatlari va spektral tarkibi bo‘yicha aniqlanadi hamda ularga ruxsat etilgan miqdor belgilanadi.
5. Muhitni zararsizlantirish uchun yoki profilaktika maqsadida ultrabinafsha nurlanishdan foydalanganda nurlanish intensivligi xodimlar bo‘lmaganda aniqlanadi.