Toshkent Farmaseftika instituti Sanoat farmaseftika fakulteti 106-A guruh talabasi Oqmamatov Javohirning Ekologiya va Gigiyena fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:Gigiyena fani,uning maqsad vazifalari,gigiyenada tekshirish usullari.
REJA: 1. Gigiyena fanining maqsadi va vazifalari 2. Gigiyena fanining rivojlanish tarixi. 3. Provizorlarning mehnat faoliyatida Gigiyena fanining ahamiyati.
Gigiyena fani - mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi fan bo‘lib, odam organizmiga atrof- muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: - atrof-muhitdagi omillarning o‘rganish va ularning odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarini aniqlaydi;
olingan natijalarga asoslanib, odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqadi; - ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qiladi
Har qanday gigiyenik me’yor yoki reglamentni hayotga tadbiq qilishni gigiyenaning muhim bir qismi bo‘lgan sanitariya muassasalari tomonidan amalga oshiradi. Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar o‘zining mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - atrof-muhit omillarini tekshirish usullari: - sanitar tavsifiy usul; - fizikaviy usullar; - kimyoviy usullar; - biologik usullar. - fiziologik holatlarni tekshirish usullari;
ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari. • statistik usullar. Gigiyenada qo‘llanadigan usullarga keltirilgan ta’riflar bilan tibbiy-biologik va boshqa fanlar hamda sohalarga doir tekshirish usullarsiz birorta ham gigiyenik vazifani to‘laqonli hal etish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Gigiyenaning zamonaviy muammolari: -atrof-muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish; -aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash; -urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan muammolarni hal etish; -sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi; -ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari. • statistik usullar. Gigiyenada qo‘llanadigan usullarga keltirilgan ta’riflar bilan tibbiy-biologik va boshqa fanlar hamda sohalarga doir tekshirish usullarsiz birorta ham gigiyenik vazifani to‘laqonli hal etish mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Gigiyenaning zamonaviy muammolari: -atrof-muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish; -aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash; -urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan muammolarni hal etish; -sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi; -
qishloq gigiyenasi muammolari; - bolalar va o‘smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‘lgan muammolar; - aholi o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklari, yurak-tomir sistemasi kasalliklarining darajasini kamaytirish tadbirlari. Hozirgi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sanitariya nazoratining tarkibi qayta o‘rganilib chiqilmoqda, Respublikamizdagi hamma sanitariya-epidemiologiya xizmati qayta ko‘rish konsepsiyasi
Gigiyena fanida o’quv uslubiy majmua yuzaga keldi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi yangicha nomlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya Departamenti, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning Davlat sanitariya- epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi.
Zamonaviy provizorlar - ular tibbiy hodim, dori preparatlarini tayyorlash sohasida mutaxassis, aholi salomatligini mustahkamlash ishlarida va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadigan shaxslardir. Bu nuqtai nazardan qaraganda gigiyena sohasidagi bilimini provizorlik ish faoliyatida zarur ekanligini alohida qayd etish lozim. Dorixona sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalardan biridir, uning asosiy vazifasi, aholini va davolash-profilaktik muassasalarini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot mahsulotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlashdan iboratdir.
Dori preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimga qat’iy rioya qilish lozim, shuning uchun provizor dorixona muassasalarida va farmatsevtika korxonalarida atrof muhit parametrlarini gigiyenik me’yorlarini yaxshi bilishi kerak. U gigiyenik me’yorlarni va sanitariya qoidalarni dorixonada buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Provizor sanitar hizmat namoyondalari bilan birga dorixona xonalarida gigiyenik rejimga rioya qilish va mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqarishi, dorixona qurilishi loyihalariga baho berishda, joriy sanitar nazoratini olib borishi kerak
Gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlashtirish haqida tushuncha Insoniyat bugungi kunda juda katta miqdorlardagi fizikaviy, kimyoviy, biologik, radiologik va ijtimoiy-gigiyenik omillar ta’sirida yashamoqda. Bu omillarning tabiati va ta’sir etish darajasi u yoki bu ko‘rinishdagi patologiyaning kelib chiqishini belgilab beradi. Masalan, Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining bergan ma’lumotiga ko‘ra 80% kasalliklarning kelib chiqishi sifatsiz ichimlik suvini iste’mol qilish bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik kasalliklarning oldini olishda atrof-muhit omillari inson organizmi uchun muvofiq bo‘lishi lozim. Atrof-muhitning shunday parametrlari gigiyenik me’yorlar, qoidalar, reglamentlari hisoblanadi, ularni ko‘pincha "gigiyenik me’yorlar" deb nomlanadi.
Ammo shuni hisobga olish kerakki, barcha gigiyenik me’yorlar uchun o‘zining xususiyatlari mavjuddir. Gigiyenik me’yorlar, qoida bo‘yicha doimo faoliyat ko‘rsatuvchi va inson uchun kerakli omillar hisoblanadi. Masalan, ovqatlanishning gigiyenik me’yorlari, mikroiqlim me’yorlari, suv iste’moli
Gigiyena fanida o’quv uslubiy majmua me’yorlari mavjud. Gigiyenik (sanitar) qoidalar - tabiatda bor bo‘lgan u yoki bu omilga bo‘lgan gigiyenik talablarning og‘zaki ta’rifi hisoblanadi. Masalan, sanitariya qoidalariga suv manbayini tanlashga bo‘lgan talablar yoki suv manbai atrofiga o‘rnatiladigan sanitariya himoya zonalarini aytish mumkin. Sanitariya qoidalari ko‘pincha ularning tarkibiga muayyan gigiyenik me’yorlarni yoki reglamentlarni kiritilishini taqozo qiladi. Shundan kelib chiqib, eng muhim gigiyenik me’yorlardan biri bo‘lgan sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQ va M) nomini aytish mumkin