Kazus:
Farg‘ona viloyati hokimining 2020-yil 20-avgustdagi 3222-sonli qarori bilan
2020-yil 1-sentabridan boshlab viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk avtomobillari
uchun yo‘l solig‘i joriy qilindi. Yuqoridagi qarorga asosan Farg‘ona viloyati
hududiga kirayotgan har bir yuk mashinasidan 10 000 so‘m soliq olinadi va ushbu
soliq summasi to‘laligicha mahalliy byudjetga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Engil
avtomobillar egalari hamda Farg‘ona viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk
avtomobillari ushbu to‘lovlardan ozod qilingan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kazusga javob:
Yuqoridagi kazus yuzasidan fikr bildiradigan bo’lsak, unda Farg’on viloyati
hokimining viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk avtomobillari uchun yo‘l solig‘i
joriy qilganligi aytilmoqda.
Farģona viloyati hokimining qarori yuzasidan vaziyatga huquiy yondashadigan
bòlsak, avvalo Konstitutsiyaga murojaat qilishimiz lozim, uning 123-moddasida:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar
joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli deyilgan.
“MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA”gi qonunning 25-
moddasida hokimning vakolatlari keltirilgan bo’lib, ushbu qonunda hokimning soliq
joriy qilish to’g’risida biror bir vakolati keltirilmagan.
Faqatgina qonunchilikda
belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning
hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini
inobatga olgan holda
pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish bo’yicha vakolatlari
keltirilgan xolos.
Shunday ekan hokimning soliqlar joriy qilish to’g’risida vakolati yo’q ekan.
Bundan tashqari, agar Soliq Kodeksida belgilangan prinsiplarga ko`ra alohida
ma`muriy birlik uchun soliq solish mumkin emas. Quyida
bir nechta prinsiplarni
ko`rib o`tamiz.
Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir.
Joriy etiladigan soliq faqat bitta viloyatda amal qilmasligi lozim, bu
umumdavlat miqyosida amalda bo’lishi shart. Bu vaziyatda bo’lsa faqat Farg’ona
viloyati nazarda tutilgan.
Adolatlilik prinsipi
Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy,
milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi
mumkin emas.
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib
chiqish mamlakatiga qarab
farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki
boshqa afzalliklarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik
qiladigan soliqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko’rinib turibdiki soliq yengil avtomobillar egalari hamda Farg‘ona viloyatida
davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk avtomobillari ushbu soliqlardan ozod qilingan, bu esa
adolatlilik prinsipiga ziddir.
Hech kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, biroq
ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning
normalari buzilgan holda
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Xulosa qilsak, bu vaziyatda hokimning soliq joriy qilish to’g’risidagi qarori har
tarflama
noqonuniydir.
Bunga
asos
qilib
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitusiyasining 123-moddasi, Solioq kodeksi, “Mahalliy
davlat hokimiyati
to`g`risida”gi qonunni ko`rsatib o`ttik.