Huquq normalari 8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani



Download 2,62 Mb.
Sana27.04.2022
Hajmi2,62 Mb.
#585730
Bog'liq
Huquq nórmalari 8- huquq

Huquq normalari

8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani

17-mavzu

Biz huquq bilan huquqbuzarlikni, qonuniylik bilan qonunbuzarlikni bir-biridan ajratib olishimiz uchun muayyan me’yorlar, usullar, vositalar va hujjatlar zarurdir.

Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi.

Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish.


Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan.

Huquqiy norma tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardan tashkil topishi mumkin.

Gipotezada norma harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi.


Sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi bayon etiladi.
Dispozitsiyada xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.

“Norma” - so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda “qoida”, “namuna” ma’nosini anglatadi.

“Gipoteza” – yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma’noni anglatadi.

“Dispozitsiya” – lotin tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

“Sanksiya” – lotin tilidan olingan bo‘lib, majburiy chora degan ma’noni anglatadi.

Jinoyat kodeksining 203- moddasini misol qilib olaylik:


“Suv yoki suv havza laridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Yuqoridagi moddaning “Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish” qismi gipotezaga misol bo‘la oladi. “Og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa” qismi dispozitsiya, “eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” qismi esa sanksiyaga misol bo‘la oladi.

Ayrim qonun hujjatlarida huquq normasi bu uch tarkibiy elementdan emas, balki 2 ta tarkibiy elementdan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin.

Huquq normasining quyidagi belgilari mavjud:

– davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;

– davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiriladi;

– davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;

– jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan buyon ko‘pgina xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shildi.


Huquqiy normalarga misol qilib xalqaro huquqiy hujjatlarni ham keltirish mumkin.

Quyida biz kundalik hayotimizda ta’sir ko‘rsatadigan ayrim muhim xalqaro huquqiy hujjatlar ro‘yxatini taqdim qilamiz:

– Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi;

– Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya;

– Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

– Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

– Texnik va kasb ta’limi bo‘yicha konvensiya;

– Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya;

– Xalqaro madaniy hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiya;

– Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risidagi konvensiya.

Savol va topshiriqlar

1. Huquq normasi tushunchasini ta’riflab bering.

2. Huquq normasi zarurligini asoslab bering. Bunda, agar huquq normasi mavjud bo‘lmasa, jamiyat qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligiga e’tibor bering.

3. Huquq normasining asosiy vazifasi nimadan iborat?

4. Huquqiy normaning tarkibiy elementlarini sanab bering.

5. Gipoteza nima? Misol keltiring.

6. Dispozitsiya nima? Misol keltiring.

7. Sanksiya nima? Misol keltiring.

8. Har qanday huquqiy normada ham bu uch element mavjudmi? Javobingizni asoslang. Huquq normasining qanday belgilari mavjud?


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish