Ijtimoiy siyosat


 Farovonlik davlati va ijtimoiy xizmatlar iste‟molchilari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

4.3. Farovonlik davlati va ijtimoiy xizmatlar iste‟molchilari 
o„rtasidagi nisbat 
Ijtimoiy farovonlik davlati (ing. welfare state) – bu davlatning o‗z 
fuqarolarini 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
farovonligini 
ta‘minlash, 
rag‗batlantirish 
to‗g‗risidagi 
konsepsiyadir. 
Ushbu 
konsepsiya 
imkoniyatlar tengligi, boyliklarni adolatli taqsimlash va o‗zini minimal 
turmush darajasi bilan ta‘minlay olmaydiganlar uchun umumiy 
mas‘uliyat tamoyillariga asoslanadi. Ijtimoiy farovonlik tushunchasi 
iqtisodiy va ijtimoiy tashkilotlarning turli shakllarini qamrab olishi 
mumkin. Jumladan, sotsiolog Tomas Xamfri, Marshall ijtimoiy 
farovonlik davlatini demokratiya, farovonlik va kapitalizmning 


85 
uyg‗unligi sifatida talqin etadi. Tadqiqotchilar Germaniya, Buyuk 
Britaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy farovonlik 
davlati sifatida bosib o‗tgan tarixiy rivojlanish bosqichlariga alohida 
e‘tibor qaratishadi. 
Ijtimoiy 
farovonlik davlati va ijtimoiy davlat tushunchalari 
aksariyat hollarda o‗xshash tushunchalar sifatida talqin etilsa-da, ijtimoiy 
farovonlik tushunchasi ijtimoiy davlat tushunchasiga nisbatan kengroq 
tushuncha hisoblanadi.
AQShda F.D.Ruzvelt tomonidan ―yangi kurs‖ dasturi doirasida 
1930-yillarda amaliyotga tadbiq etilgan ijtimoiy himoya tadbirlari jiddiy 
tortishuvlarga sabab bo‗ldi.
1942-yilda U.Beveridj tomonidan Buyuk Britaniya parlamentida 
o‗qilgan ma‘ruzada ―farovonlik davlati‖ tamoyillari tavsiflandi va 
tasniflandi. Muallif fikricha, ―farovonlik davlati‖ tushunchasi ―ijtimoiy 
davlat‖ tushunchasi bilan bir ma‘nodagi tushuncha sifatida qo‗llaniladi. 
Beveridj modeli ijtimoiy mas‘uliyatni davlat (yashash minimumiga 
yo‗naltirilgan, barcha aholi uchun minimal ijtimoiy kafolatlar), ish 
beruvchi (yollanib ishlovchilarni ularning ishtirokida sug‗urtalash) va 
yollanib ishlovchilar (qo‗shimcha shaxsiy sug‗urta) o‗rtasida 
taqsimlashga asoslangan. Buyuk Britaniyada 1944-yilda hukumat lord U. 
Beveridj ma‘ruzasi asosida ijtimoiy sug‗urta tizimini isloh eta boshladi. 
1952-yilga kelib davlat sog‗liqni saqlash xizmati to‗g‗risidagi qonun, 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash, pensiya sug‗urtasi 
kabi dasturlar amaliyotga joriy etildi. 
AQShda 1964-yil 8-yanvarda Prezident L.Djonson Amerikada 
―Buyuk jamiyat‖ (Great Society) dasturi doirasida ―kambag‗allikka 
qarshi kurash‖ boshlanganligini e‘lon qildi. 1964-yilning 20-avgustida 
Iqtisodiy imkoniyatlari to‗g‗risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda 
kambag‗allikka qarshi kurashning quyidagi chora-tadbirlari belgilab 
qo‗yildi:

mahalliy hokimiyat nazorati ostida amalga oshiriladigan 
―jamoatchilik faoliyati‖; 

kasbiy tayyorgarlik va ta‘lim dasturlari; 

qishloq joylari va mayda biznes uchun maxsus yordam dasturlari; 

―ko‗ngillilar Amerika xizmatida‖ tashkiloti faoliyati.
Ushbu qonunga muvofiq Iqtisodiy imkoniyatlarning federal 
boshqarmasi tashkil etildi. Tibbiy xizmatlar sohasida 1965 yilda ijtimoiy 
jihatdan aholining nochor qatlamlari uchun maxsus «Medikeyd» va 
pensionerlar uchun «Mediker» dasturlari qabul qilindi. 1964-yilda kam 


86 
ta‘minlangan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlarini oziq-
ovqat kuponlari ko‗rinishida subsidiyalash dasturi boshlandi. 1960- 
yillarning ikkinchi yarmida kam ta‘minlangan oilalarga xususiy 
uylardagi kvartiralarni ijaraga berish, 1965–1968-yillarda shaharlarni 
rivojlantirish va uy-joy qurilishi to‗g‗risidagi qonun doirasida arzon uy-
joylar qurishni moliyalashtirishning federal dasturi amalga oshirildi.
Tadqiqotlar aholini ijtimoiy himoyalashning Shimoliy Yevropa 
modeliga xos quyidagi xususiyatlarni aniqlash imkonini berdi: 

keng qamrovli xarakterga egaligi: davlat tomonidan olib 
borilayotgan ijtimoiy siyosat boshqa mamlakatlarga qaraganda keng 
qamrovli va davlatning bozor yoki fuqarolik jamiyatiga nisbatan roli 
yuqori hisoblanadi; 

to‗liq bandlik: aholining to‗liq bandligini ta‘minlash uchun 
ishsizlikning (jumladan, uzoq muddatli) oldini olishga qaratilgan siyosat 
olib borish; 

tenglik: turli ijtimoiy - gender, yosh, oilaviy, etnik, diniy, 
mintaqaviy va boshqa guruhlar o‗rtasida tenglikni ta‘minlash maqsadida 
siyosat olib borish; 

universallik: turli-tuman ijtimoiy va hayotda ro‗y beradigan 
holatlar uchun ijtimoiy kafolatlar huquqining (natura va pul ko‗rinishida) 
berilishi; 

ijtimoiy kafolatlarning yuqori sifati: ijtimoiy xizmatlar sifati 
yuqori va ushbu xizmatlar malakali xodimlar tomonidan taqdim etiladi; 

ijtimoiy kafolatlar qiymatining yuqoriligi: past daromadli aholi 
guruhlari uchun mo‗ljallangan pulli transfertlar aholining ―normal‖ 
turmush darajasini ta‘minlash uchun yetarli hisoblanadi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga nisbatan Shimoliy Yevropa 
mamlakatlari iqtisodiyoti moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni nisbatan kam 
talofatlar bilan o‗tkazdi. Aksariyat tadqiqotchilar Shved modelini
50
ushbu mamlakatda o‗tgan asrning 70–80-yillarida amalga oshirilgan 
ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‗nalishlari o‗zgarib ketganligiga 
qaramasdan zamonaviy sotsializm modeli deb atashadi. Progressiv 
soliqlar shkalasi Shvetsiya birdamlik taqsimot tizimining asosini tashkil 
etadi. Shu bilan bir vaqtda kapital daromadlariga belgilanadigan soliq 
stavkalari egiluvchan hisoblanadi. Boylik va merosni soliqqa tortish 
holati minimal darajada hisoblanadi. 
50
 Дания, Исландия, Норвегия, Швеция и Финляндия. 


87 
―Farovonlik 
davlati‖ 
konsepsiyasida 
ijtimoiy 
xizmatlar 
iste‘molchilari o‗rtasidagi nisbat asta-sekinlik bilan ―faol ijtimoiy 
fuqaro‖ zimmasidagi mas‘uliyatning ortishiga olib kelmoqda. 
―Ijtimoiy davlat‖ konsepsiyasini yaratish Ikkinchi jahon urushidan 
keyin dunyo mamlakatlari uchun farovonlik va ijtimoiy adolatni 
ta‘minlash mas‘uliyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fuqarolik 
tushunchasi alohida fuqarolar uchun afzallik beruvchi ―ijtimoiy 
fuqarolik‖ tushunchasiga qadar kengaytirildi. Bu davrda ushbu 
tushuncha kim fuqaro sifatida tan olinadi va ko‗rsatilayotgan 
xizmatlardan kim foydalanadi muammosiga nisbatan cheklangan edi 
(shaxsiy ijtimoiy xizmatlar 1970-yillarga qadar mavjud bo‗lmagan). 
Farovonlik davlatini yaratish asosida fuqarolarni farovonlik huquqiga 
ega bo‗lish tamoyili yotadi. 
1970-yillarning oxirida ―farovonlik iste‘molchilari‖ning umumiy 
o‗xshashligida o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Ijtimoiy xizmatlardan 
foydalanishda ―ijtimoiy fuqarolik‖ iste‘molchi foydasiga o‗zgarib, 
ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilar aniqlashtirila boshlandi. Keksa 
yoshdagilarning 
pensiya 
olish 
huquqini 
belgilash, 
sog‗lig‗i 
yomonlashganligi tufayli bepul tibbiy xizmatlardan foydalanuvchilarni 
aniqlash kabi xizmatlar shular jumlasidandir. 
1970-yillarning oxirida neoliberal maktab vakillari farovonlik 
davlati tushunchasiga yangi tuzatishlar kiritishdi. 1980-yillarda ijtimoiy 
ta‘minot xizmatlari bozorida xususiy va ixtiyoriy ishtirokchilar faoliyati 
rag‗batlantirila boshlandi. 
Ijtimoiy ta‘minot xizmati iste‘molchilari va ushbu xizmatlarni 
ko‗rsatuvchilar uchun muhim narsa tanlash imkoniyatini yaratish 
masalasi hisoblanadi. Shuningdek, 1980 va 1990-yillarda ijtimoiy 
ta‘minot tizimida ―nofaol‖ fuqarodan ―faol‖ fuqaroga o‗tish, ―faol 
fuqaro‖larga ijtimoiy xizmatlar bahosi va sifatiga nisbatan talabchan 
bo‗lishni hamda o‗zi, oilasi va yashayotgan jamiyati farovonligi uchun 
mas‘uliyatni o‗z zimmasiga olishni taqozo eta boshladi. 
―Ijtimoiy faol fuqaro‖lar quyidagi masalalarda faol bo‗lishlari zarur 
bo‗ladi. 
Birinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtojlariga qarash oila 
a‘zolarining nogironlar yoki kasallarga g‗amho‗rlik qilish uchun 
mas‘uliyatlarni o‗z zimmasiga olishga tayyor ekanligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Ikkinchidan, ijtimoiy yordam ko‗rsatuvchi shaxsning o‗zi 
boshqalarga yordam ko‗rsatishi uchun sog‗lom bo‗lishi zarur. Buyuk 


88 
Britaniyada ushbu shaxslar chekmasligi, jismoniy mashqlar bilan 
shug‗ullanishi va sog‗lom turmush tarziga ega bo‗lishlari zarur. 
Uchinchidan, jamiyatning jipsligini ta‘minlash tadbirlarida 
qatnashish. Kambag‗al jamiyatlarda yashayotgan aholi aksariyat hollarda 
atrof-muhit holatining yomonlashuvi va tarkibiy yetishmovchiliklar 
tufayli ushbu tadbirlarda qatnasha olmaydi. 
To‗rtinchidan, ota-ona mas‘uliyati. Ushbu muammo ota-onalarning 
o‗z farzandlarini nazorat qilishlari yoki ularga namuna bo‗lishlari bilan 
bog‗liq mas‘uliyatsizliklari bilan bog‗liqdir. Ushbu muammo ota-
onalarni qo‗llab-quvvatlash, ularning ota-onalik mas‘uliyatini oshirish 
orqali hal etilishi zarur. 
Ijtimoiy farovonlik davlati va ijtimoiy ta‘minot xizmatlaridan 
foydalanuvchilar o‗rtasidagi munosabatlar XX asrning oxiri va XXI 
asrning boshlarida jiddiy o‗zgarishlarga uchradi. Ushbu o‗zgarishlar 
ijtimoiy xizmat turlarini taqdim etuvchilar va undan foydalanuvchilar, 
ijtimoiy siyosatni shakllantirish va tartibga solish, ijtimoiy siyosat 
muammolari qay darajada tadqiq etilayotganligida namoyon bo‗lmoqda.
Ijtimoiy ta‘minot xizmatlaridan foydalanish mexanizmida jiddiy 
o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Ijtimoiy faol fuqarolarga jiddiy etibor 
qaratish davlatning majburiyatlari ―o‗zimiz uchun nima qila olamiz‖ va 
―boshqalar uchun nima qila olamiz‖ ma‘nosida muvozanatlashmoqda. 
Ushbu majburiyatlar davlat xarajatlarining qisqarishi sharoitida ―davlat 
farovonligi‖ga erishish imkoniyatlarini yanada cheklaydi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish