Ijtimoiy siyosat


A.V.Vaxabov ning umumiy tahriri ostida



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

A.V.Vaxabov
ning umumiy tahriri ostida
 
 
Taqrizchilar: 
Abulqosimov X.P. – O‗zMU professori, iqtisod fanlari doktori;
Xoshimov P.Z. – O‗zMU dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi 
ISBN 978-9943-5562-7-0 
© Ijtimoiy siyosat‖, 2019 
©―MUMTOZ SOʻZ‖, 2019
 
 



KIRISH 
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning ―O‗zbek‖ 
milliy modelining muhim tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosatni 
amalga 
oshirish 
hisoblanadi. 
2017–2021-yillarda 
O‗zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning Xarakatlar strategiyasining to‗rtinchi 
bandi aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish va 2019-yil 
―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖ davlat dasturida ijtimoiy 
sohani yanada rivojlantirish va ijtimoiy siyosatning samaradorligini 
oshirishga qaratilgan qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish ko‗zda 
tutilgan.
XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlarda ―Ijtimoiy davlat‖ 
modeliga asoslangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va amal 
qilayotgan ijtimoiy siyosatni modernizatsiya qilinishi ―ijtimoiy ish‖, 
―ijtimoiy soha iqtisodiyoti‖ yo‗nalishlari va mutaxassisliklarida 
o‗qiyotgan bakalavr va magistrantlarga kadrlar tayyorlashni o‗quv 
rejasida ko‗rsatilgan ―ijtimoiy siyosat‖ fani bo‗yicha xalqaro andozalar 
talablariga javob beradigan zamonaviy darslik va o‗quv qo‗llanmalariga 
bo‗lgan katta ehtiyojni vujudga keltirdi.
O‗zbekiston 
Milliy 
universiteti 
Iqtisodiyot 
fakulteti 
―Makroiqtisodiyot‖ kafedrasining yetakchi professor-o‗qituvchilari 
tomonidan Buyuk Britaniyada besh marta qayta nashr ettirilgan Oksford 
universiteti iqtisodchi olimlari tomonidan yozilgan ―Social Policy: An 
Introduction, Fifth Edition Pate Alcock, Tina Haux, Margaret May and 
Sharon Wright © 2016 John Wiley & Sons Ltd. 526 p.‖ darsligi ingliz 
tilidan o‗zbek tiliga tarjima qilindi va O‗zbekistonda ijtimoiy siyosatni 
huquqiy-institutsional asoslari, tarkibi, amalga oshirish mexanizmi va 
dastaklari, ustuvor yo‗nalishlariga oid materiallari bilan uyg‗unlashgan 
holda to‗ldirildi. 
O‗quv qo‗llanmaning maqsadi jahonda ―ijtimoiy siyosat‖ning fan 
sifatida shakllanishi tarixi, nazariy asoslari, davlat tomonidan ijtimoiy 
siyosatni tartibga solish dastaklari va amalga oshirishning milliy 
xususiyatlari, aholi farovonligini ta‘minlashda ijtimoiy ta‘minot va 
xizmatlarning o‗rni, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning jahon 
tajribasidan O‗zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlariga 
oid tizimli bilimlar berishdan iborat. 
O‗quv qo‗llanma tarkibi kirish, to‗qqiz bob va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. O‗quv qo‗llanmaning har bir mavzusi 
o‗qitishning zamonaviy interfaol usullaridan foydalanilgan holda 



yozilgan hamda matn,tayanch atamalar, nazorat uchun savollar va 
olingan bilimni nazorat qilish, baholash uchun qo‗llaniladigan testlardan 
iborat. 
O‗quv qo‗llanmaning muhim afzalligi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, 
milliy statistika davlat tashkilotlarining ko‗p sonli statistik to‗plamlari 
materiallaridan turli mamlakatlardagi ijtimoiy siyosatning holatini 
qiyosiy baholash, taqqoslash, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, ular 
uchun xos bo‗lgan milliy xususiyatlarni tahlil etishda keng qo‗llanilgan. 
O‗quv qo‗llanmaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, 
maqsadi, vazifalari va tarkibi bayon etilgan. ―Ijtimoiy siyosat fanining 
predmeti va metodlari‖ deb nomlangan birinchi bobda ijtimoiy siyosat 
tushunchasining kelib chiqish tarixi, tor va keng mazmundagi ta‘rifi va 
rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy yordam, ijtimoiy 
himoya, ijtimoiy sug‗urta kabi tushunchalarning umumiy jihatlari va 
farqlari bayon etilgan. ―Ijtimoiy siyosat‖ fanining predmeti va tadqiq 
etish usullari tahlil etilgan. Jahonda ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi 
bilan birgalikda yangidan XX asr boshlarida vujudga kelayotgan ijtimoiy 
muammolar, ularni guruhlanishi va hal etish uslublari, bozor iqtisodiyoti 
jarayonida samaradorlik va ijtimoiy adolat o‗rtasidagi munosabatlar 
kompleks bayon etilgan. 
O‗quv qo‗llanmaning ―Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari‖ deb 
atalgan ikkinchi bobida ijtimoiy siyosatning iqtisodiy kategoriya sifatida 
shakllanishi va uni rivojlanish evolyutsiyasi bayon etilgan. Ushbu bobda 
ijtimoiy siyosatning tamoyillari, mohiyati ochib berilgan va amaliy 
jihatlarini rivojlantirishda turli ilmiy maktablarning tutgan o‗rni qiyosiy 
baholangan va uni modernizatsiyalashga bo‗lgan yondashuvlar chuqur 
tahlil etilgan. 
―Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari‖ deb 
nomlangan uchinchi bobda Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy siyosatning 
kelib chiqish zaruriyati, rivojlanish shart-sharoitlari va omillari 
o‗rganilgan. Ijtimoiy siyosat borasida amalga oshirilgan islohotlar 
qiyosiy tahlil etilgan, guruhlashtirilgan. Yevropa mamlakatlarida aholini 
ijtimoiy himoya qilish tizimida amalga oshirilgan islohotlar tavsiflangan, 
tasniflangan hamda turli modellarga ajratilgan. XXI asr boshlarida 
jahondagi globallashuv jarayonlarining kuchayishi turli risklar ta‘siri 
ostida yetakchi mamlakatlarda ijtimoiy siyosat borasida amalga 
oshirilayotgan modernizatsiyalash milliy dasturlari qiyosiy baholangan 
va ularni amalga oshirishning ustuvor yo‗nalishlari o‗rganilgan. 



O‗quv qo‗llanmaning to‗rtinchi ―Ijtimoiy siyosatni tartibga solish 
dastaklari‖ deb atalgan bobida ijtimoiy siyosatning ayrim mamlakatlarda 
amalga oshirishni tashkil etish, boshqarish, moliyalashtirish va 
monitoring qilishning huquqiy-tashkiliy va amaliy jihatlari bayon 
etilgan. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahalliy boshqaruv 
organlari o‗rtasidagi huquq, mas‘uliyat va majburiyatlarni taqsimlanish 
nisbatining holati va belgilovchi omillari tahlil etilgan hamda ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishning samaradorligini kuchaytirish yo‗nalishlari 
tahlil etilgan. 
―Modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy siyosatni amalga oshirish 
xususiyatlari‖ deb nomlangan beshinchi bobda ijtimoiy siyosatning 
shakllanishi va rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar tavsiflangan, 
guruhlangan. Yetakchi omillar hisoblangan iqtisodiy, demografik, din, 
oila, jamiyatning ijtimoiy tarkibi va qatlamlarning ijtimoiy siyosatga 
ta‘siri o‗rganilgan. Ushbu bobda global ijtimoiy muammolarni hal 
etishda ijtimoiy siyosatni tutgan o‗rni baholangan.
O‗quv qo‗llanmaning ―Aholi farovonligi va ijtimoiy ta‘minot‖ deb 
nomlangan oltinchi bobida aholi farovonligi, turmush darajasi va sifatiga 
ta‘sir etuvchi omillar va ko‗rsatkichlari kompleks tadqiq etilgan. 
―Ijtimoiy farovonlik davlati‖ni vujudga kelish xususiyatlari va ijtimoiy 
xizmatlar ko‗rsatish masalalari tahlil qilingan. Aholini ijtimoiy jihatdan 
nochor qatlamlariga ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar mazmuni, turlari 
va ularni moliyalashtirish masalalari yoritilgan. 
―Ijtimoiy xizmatlar‖ deb nomlangan yettinchi bobda taraqqiy etgan 
mamlakatlarda, O‗zbekistonda aholini ijtimoiy jihatdan nochor 
qatlamlarini aniqlash usullari va ularga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish 
tamoyillari, turlari tahlil etilgan. Ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishning 
yetakchi turlarini amalga oshirish xususiyatlari va ularni moliyalashtirish 
masalalari o‗rganilgan. Davlat bilan bozor mexanizmi o‗rtasidagi nisbat 
masalasini yoritishga alohida e‘tibor qaratilgan. 
O‗quv qo‗llanmani ―Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va uning 
manzilliligini kuchaytirish‖ deb nomlangan sakkizinchi bobida bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish davrida aholini yoppasiga ijtimoiy himoya qilish 
tizimidan manzilli ijtimoiy himoya tizimiga o‗tishning zarurligi va 
mohiyati yoritilgan. Jahon amaliyotida aholining ijtimoiy jihatdan 
muhtoj qatlamlarini aniqlash uslublari qiyosiy o‗rganilgan. Aholining 
ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlari hisoblangan ko‗p bolali oilalar, 
bolalar, yoshlar, keksalar, nogironlarni ijtimoiy himoyalash tamoyillari, 
amalga oshirish mexanizmi va mamlakatimiz uchun xos bo‗lgan 



xususiyatlari bayon etilgan. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya 
qilish tizimining manzilliligini kuchaytirishning ustuvor yo‗nalishlari 
tahlil etilgan. 
―Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning jahon tajribasi‖ deb 
nomlangan to‗qqizinchi bobda jahon amaliyotida ijtimoiy siyosatni 
amalga oshirishning modellari kompleks tahlil etilib, ularning umumiy 
jihatlari va farqli xususiyatlari aniqlangan. Jahon iqtisodiyotining 
yetakchi markazlari hisoblangan Shimoliy Amerika, Yevropa Ittifoqi, 
Sharqiy Osiyoda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning holati 
baholangan va isloh etishning ustuvor jihatlari aniqlangan. Jahonda 
jamlangan kuchli, samarali ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning boy, 
ilg‗or tajribasidan O‗zbekistonning o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga 
olgan holda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni modernizatsiyalash 
jarayonida ijodiy foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan. 
Mualliflar guruhi ushbu qo‗llanmaning mazmuni, tarkibi va o‗quv 
materiallarini uzatishning uslubiy jihatlari yuzasidan o‗quvchilardan o‗z 
fikr va mulohazalarini bildirishlarini so‗raydi. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma i.f.d., prof. A.V.Vaxabov rahbarligidagi 
quyidagi mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan: kirish, II, VIII 
boblar – i.f.d. prof. A.V.Vaxabov; I bob – i.f.n. Sh.Sh. Zaxidova, III bob 
– kat. o‗qit. Sh.I.Raxmanov, IV bob – o‗qit. B.B.Baxtiyorov, V bob – 
o‗qit. B.B.Baxtiyorov, o‗qit. S.N.Abdulxakimov, VI bob – kat. o‗qit. 
D.Sh.Odinayev, VII – dots. v.b. Sh.X.Xajibakiyev, IX bob – o‗qit. 
J.N.Fayzullayev.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish