Ijtimoiy siyosat


 Ijtimoiy adolat. Samaradorlik va tanlov



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

1.5. Ijtimoiy adolat. Samaradorlik va tanlov 
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda jamiyatning turli aholi ijtimoiy 
guruhlarining bir xil baholanishi ijtimoiy tenglikni anglatadi. Amaliyotda 
ushbu vaziyat ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqlari, ijtimoiy 
qarorlarni qabul qilish jarayonida qatnashish huquqi, ijtimoiy ta‘minot 
muassalari tomonidan beriladigan ijtimoiy transfertlarni (nogironlik 
nafaqasi, stipendiya, ishsizlik nafaqasi, pensiya va boshqalar) olish kabi 
huquqlarga egalik qilishda namoyon bo‗ladi. 
Ijtimoiy tenglikni jamiyatda amal qilishida ma‘lum bir me‘yorlarni 
o‗rnatish zarur bo‗ladi. Neoklassik nazariyaga asosan kishilar o‗z 
manfaatlarini yuqori qo‗ygan holda ijtimoiy nafaqa olish imkoni bo‗lgan 
vaziyatda mehnat qilishdan bosh tortishlari va ishsizlik nafaqasi kabi 
boshqa turdagi nafaqalar olishlari mumkin.
13
Bu esa o‗z navbatida 
ijtimoiy ta‘minot tizimida va jamiyatda ijtimoiy muammolarning kelib 
chiqishiga sabab bo‗ladi. Bu esa o‗z navbatida aholi mintaliteti va 
madaniyatiga bog‗liq holdir. 
Huquq – bu mohiyatan yuridik tushuncha bo‗lib, individual 
davolarni legitimligini anglatadi. Ijtimoiy siyosatda ushbu tushuncha 
ijtimoiy transfertlar olish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish davlat 
tomonidan qonuniy kafolatlanganligi bilan birgalikda fuqarolarga 
mazkur huquqlar berilganligida o‗z aksini topadi. Ijtimoiy huquqlarning 
quyidagi turlari mavjud:
14
- mehnat (sug‗urta) staji mobaynida ijtimoiy sug‗urta fondlariga 
to‗langan badallar hisobidan ijtimoiy nafaqa olish huquqi. Ushbu usul 
amaliyotda yuqori samaradorlikka ega bo‗lgan usullardan hisoblanadi; 
- turli ijtimoiy aholi guruhlarini qo‗llab-quvvatlash. Ushbu huquq 
yosh bola, nogiron, turli og‗ir kasalliklar bilan og‗rigan kishilar va 
qarilar parvarishi bilan bandlarga nisbatan qo‗llaniladi. Ushbu xizmatdan 
foydalanish ko‗p hollarda yosh va jins bilan bog‗liq bo‗ladi. Shuningdek, 
ta‘lim olish, tibbiyot xizmatlaridan foydalanish xizmatlari ham ushbu 
guruhga kiradi. 
Ijtimoiy huquqning predmeti quyidagilardan iborat: bandlikni 
huquqiy tartibga solish; mehnat va aholi sog‗lig‗ini himoyalash; ijtimoiy 
ta‘minot, ijtimoiy sug‗urta va pensiya ta‘minoti, aholining ayrim 
guruhlarini ijtimoiy himoyalashni huquqiy tartibga solish, ijtimoiy 
himoya organlari faoliyatini tartibga solish. 
13
―Social Policy‖. P. 26-27. 
14
―Social Policy‖. P. 27-29. 


17 
Ijtimoiy huquq quyidagi funksiyalarni bajaradi: iqtisodiy, siyosiy, 
ijtimoiy, tarbiyaviy. 
Ijtimoiy adolat har bir kishining jamiyatdagi o‗zining statusidan 
kelib chiqqan holda tegishli tarzda farovonlik darajasiga egalik qilishida 
namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy adolat tenglik va huquq doirasida amalga 
oshirilishi zarur. Bu esa har bir shaxsning tegishli ijtimoiy xizmatlardan 
foydalanishi mumkinligi yoki ijtimoiy ta‘minotdan foydalanish huquqini 
qo‗lga kiritishida namoyon bo‗ladi. Tenglik, huquq va ijtimoiy adolat 
ijtimoiy siyosatning asosini tashkil qiladi.
15
Iqtisodiy tahlil jarayonini amalga oshirishda cheklangan resurslar 
omilini e‘tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham hech 
kim o‗zi istaganlarining bariga egalik qila olmaydi. Defitsit (resurslar 
cheklanganligi) omili bilan to‗qnash kelinganda kishilar tanlovni amalga 
oshirishga majbur bo‗ladilar. Bunda kishining xohish-istagidan kelib 
chiqqan holda u egalik qilishni istagan narsalari o‗rtasida tanlovni 
amalga oshiradi. Ushbu jarayonda inson mablag‗, vaqt va shunga 
o‗xshash boshqa omillarni e‘tiborga olgan holda tovar yoki xizmatlar 
tarkibidan qaysi birini ko‗proq yoki kamroq iste‘mol qilishini tanlaydi. 
Iqtisodchilar tanlov jarayonini amalga oshirishda tanlangan tovar yoki 
xizmatning insonga foydalilik koeffitsiyenti (qaytimi) tanlovini 
rag‗batlantirishini ta‘kidlaydilar.
16
Iqtisodiyotda samaradorlik muhim ahamiyat kasb etadigan 
kategoriya sifatida qaraladi. Mamlakatda qancha miqdorda tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish kerak bo‗ladi degan savolga javob topishda 
ularning jamiyatga qay darajada foydaliligini, jumladan uning samarasini 
e‘tiborga olish zarur bo‗ladi. Jamiyat tomonidan ishlab chiqarishga 
ajratilgan resurslar hajmi va uning (tayyor mahsulot, tovar va xizmatlar) 
qiymati (narxi) qoniqarli deb baholansa, iqtisodchilar ushbu holatni 
ishlab chiqarishning samarali darajasi deb belgilaydilar. Ushbu tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishga resurslarni yo‗naltirish samarali 
hisoblanadi. 
Samaradorlikni hisoblashda iste‘mol afzalligini inobatga olish zarur. 
Masalan, qorni och odamning birinchi ovqatlanish jarayonini oladigan 
bo‗lsak. Bunda uning birinchi qoshiqdan oladigan afzalligi yuqori 
darajada bo‗ladi. Keyingi qoshiqlarda esa kishining qorni to‗ygani sari 
uning nafliligi mutanosib ravishda kamayib boradi. Ushbu tahlil 
jarayonini mamlakat miqyosida amalga oshirilganda ma‘lum bir tovar 
15
―Social Policy‖. P. 30-31. 
16
―Social Policy‖. P. 45. 


18 
yoki xizmatning iste‘molchi uchun qay darajada afzalligini hisoblash 
kerak bo‗ladi. Boshqacha qilib aytganda ushbu jarayon iqtisodchi olim 
Engel tomonidan ―Chekli naflilikning kamayib borish‖ qonunida o‗z 
ifodasini topgan.
17
Tanlov iqtisodchilar tomonidan hal etuvchi omil sifatida qaraladigan 
mexanizm hisoblanadi. tanlovni amalga oshirish orqali insonlar tovar 
yoki xizmatga baho beradilar. Tovar yoki xizmatga berilgan baho orqali 
ularni qay darajada ishlab chiqarilishi aniqlab olinadi. Tanlov ko‗p 
hollarda raqobat bilan bog‗liq bo‗ladi, raqobat esa iste‘molchilarning 
tanlovni amalga oshirishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatuvchi omil hisoblanadi. 
Oila keng yoki tor darajada jamiyatdagi resurslarni avlodlar, jumladan 
erkaklar va ayollar o‗rtasidagi taqsimot tizimida muhim ahamiyat kasb 
etadi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish