Ijtimoiy siyosat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

 
 
 



I bob. IJTIMOIY SIYOSAT FANINING PREDMETI VA 
METODLARI 
1.1.
Ijtimoiy siyosat fanining predmeti va rivojlanish bosqichlari. 
1.2.
Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari. 
1.3.
Ijtimoiy siyosat metodlari. 
1.4.
Ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy muammolar. 
1.5.
Ijtimoiy adolat. Samaradorlik va tanlov. 
1.1.
 
Ijtimoiy siyosat fanining predmeti va
rivojlanish bosqichlari 
Ijtimoiy siyosat fani ijtimoiy fanlardan farqli o‗laroq aholining 
turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar 
tizimini o‗rganadi. 
Ijtimoiy siyosat
atamasi faqatgina ilmiy tadqiqotlarni 
olib borish maqsadida qo‗llanilib qolmasdan, davlatning ijtimoiy 
dasturlari majmuasini ham o‗zida ifodalaydi. Ijtimoiy siyosat – aholi 
farovonligini oshirishga qaratilgan qarorlarning ilmiy asoslarini 
o‗rganishga qaratilgan fandir.
1
Ijtimoiy siyosat fanining predmeti – ijtimoiy guruhlarni jamiyatda 
tutgan o‗rni borasidagi o‗zaro harakatlari jarayonida vujudga keladigan 
ijtimoiy amaliyot shakllari qonuniyatlarini o‗rganishdan iborat. 
Ijtimoiy siyosat – davlat, jamoat tashkilotlari va xayriya fondlarining 
aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan va ijtimoiy soha orqali amalga 
oshiriladigan faoliyatidir. 
Ijtimoiy siyosatning tor ma‘nodagi ta‘rifi davlatning ma‘lum 
sababga ko‗ra ijtimoiy jihatdan nochor bo‗lgan va o‗zining moddiy 
holatini o‗z kuchlari orqali yaxshilay olmaydigan aholi guruhlari yoki 
qatlamlarini (pensioner, yetim bolalar, talabalar, mehnat nogironlari 
hamda kam ish haqi oluvchi ishlovchilar kategoriyalari)ni qo‗llab-
quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. 
Ijtimoiy siyosatning keng ma‘nodagi ta‘rifi jamiyatning barcha 
a‘zolarining ijtimoiy rivojlanishi uchun normal yashash va qulay 
imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari yig‗indisidir. 
Umuman, ijtimoiy siyosat davlatning ijtimoiy rivojlanish, aholini 
ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish sohasida 
muvofiqlashtirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-
tadbirlari tizimidan iborat. 
1
Alcock P., May M. and Wright Sh. ―Social Policy‖. 2012. John Wiley & Sons Ltd. P. 5-6. 



Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilar ijtimoiy ehtiyojlari va 
manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo‗llab-
quvvatlash, himoyalash, to‗g‗ri yo‗naltirish va mehnat qobiliyatini qayta 
tiklash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga samarali 
me‘yoriy-qadriyatlar tizimini yaratish; fuqarolarga ijtimoiy me‘yorlarni 
amalda ta‘sir ettirish, ularning xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish 
vositasi sifatida yuqori darajaga ko‗tarish, ijtimoiy shakllanayotgan 
ehtiyojlar, manfaatlar bilan ularni qanoatlantirish imkoniyatlari – 
aniqligi, ob‘ektivligi, me‘yoriy ko‗rsatmalarga zid bo‗lmasligi va shu 
kabilar o‗rtasidagi o‗xshashlik tushuniladi. 
Ijtimoiy siyosat ikki xil – yaqin davrga va uzoq muddatli istiqbolga 
mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin. Yaqin yillar uchun mo‗ljallangan 
ijtimoiy siyosat aholi turmush darajasining yanada yomonlashuviga yo‗l 
qo‗ymaslik, bandlik siyosatini samarali olib borish va ishsizlikning jadal 
sur‘atlarda ko‗payishini cheklash; aholi turli qatlamlari va guruhlarining 
moddiy holati va turmush sharoitlarini tadrijiy ravishda yaxshilash uchun 
zarur imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutadi. 
Uzoq muddatli ijtimoiy siyosatga samarali rag‗batlantirish 
vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta‘minlash yo‗li bilan 
fuqarolar tashabbuskorligi va tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish kiritiladi. Ijtimoiy siyosat davlatning ustun darajadagi 
aralashuvlarisiz o‗tkazilgandagina shaxs rivoji va jamiyat ijtimoiy 
barqarorligining kuchli vositasi bo‗lishi mumkin. 
Ijtimoiy siyosatning vazifalari quyidagilardan iborat: shaxsning 
mehnat qilish, bilim olish huquqlarini amalga oshirishni iqtisodiy va 
huquqiy jihatdan kafolatlash; aholining barcha qatlamlarini, birinchi 
navbatda ijtimoiy jihatdan kam himoya qilingan qatlamlarining ijtimoiy 
himoya mexanizmini yaratish; ommaviy ishsizlikning oldini olish, ish 
joyini yo‗qotgan taqdirda ishsizlarga qayta o‗qish va qayta tayyorlash 
imkoniyatini berib, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini 
ta‘minlash; ijtimoiy sug‗urta tizimini yaratish; ijtimoiy jihatdan nochor 
aholi qatlamlari turmush darajasining keskin pasayishiga yo‗l 
qo‗ymaslik; 
fuqarolar 
daromadlarining 
barqaror 
o‗sishi 
va 
kompensatsion to‗lovlarni ishonchli amal qiluvchi mexanizmini 
yaratmasdan aholini majburiy xarajatlari va to‗lovlarini ortishiga olib 
keluvchi qarorlarni qabul qilmaslik. 
Ijtimoiy siyosat tarkibiy jihatdan quyidagilarni qamrab oladi: 



- aholini ijtimoiy himoya tizimi (mehnat qobiliyatini yo‗qotib o‗zi 
tirikchilik vositalarini ishlab topa olmaydigan yoki qaramog‗ida bolalari, 
boqimandalarga ega bo‗lgan shaxslarga nafaqa berish); 
- ijtimoiy sug‗urta (pensiyaga chiqish va ishsizlik bilan bog‗liq ish 
haqidagi yo‗qotishlarni vaqtinchalik qoplash; 
- ijtimoiy xizmatlar (inson kapitalini investitsiyalash, ya‘ni 
shaxsning takror ishlab chiqarish, ma‘naviy salohiyatini tiklash va 
kengaytirishga qaratilgan investitsiyalarni amalga oshirish); 
- mehnat bozori va bandlikni ta‘minlash (mehnat bozoridagi ishchi 
kuchiga talab va taklif o‗rtasidagi o‗zaro mutanosiblikni ta‘minlash, 
yangi ish o‗rinlarini joriy etish, ishchi kuchini tayyorlash va qayta 
tayyorlash va boshqalar). 
Davlat ijtimoiy siyosatining muhim tamoyillari quyidagilardan 
iborat: 
- ijtimoiy adolat; 
- ijtimoiy javobgarlik; 
- ijtimoiy hamkorlik; 
- ijtimoiy kafolatlar; 
- har bir shaxsning zarur ijtimoiy ne‘mat va xizmatlarni olishdagi 
teng imkoniyatlari; 
- davlat tomonidan hayotiy zarur moddiy ne‘matlar va xizmatlarni 
(minimal ish haqi, pensiyalar, minimal iste‘mol byudjeti) minimal 
ijtimoiy standartlar darajasida olishni kafolatlash. 
Ijtimoiy siyosat o‗tish davrida aktiv va passiv shaklda amalga 
oshirilishi mumkin. Aktiv ijtimoiy siyosat – mamlakatda ishlab 
chiqarishni rag‗batlantirish mexanizmi orqali amalga oshirilib aholining 
aksariyat qismining daromadlarini oshirish imkoniyatini ta‘minlaydi va 
mustaqil yashash uchun tegishli sharoitlar yaratadi. 
Passiv 
ijtimoiy 
siyosatda 
davlat 
fuqarolarning 
ayrim 
kategoriyalariga nisbatan chora-tadbirlarni (yordam, qo‗llab-quvvatlash, 
rivojlantirish) amalga oshiradi. Uning uchun xos xususiyatlar selektiv 
yondashuv, samarasizlik va vaqtinchalikdan iborat. Passiv ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirish dactaklari quyidagilar hisoblanadi: 
- iqtisodiy dastaklar – baholar, tariflar, ish haqi, stipendiyalar, 
nafaqalar va barcha ijtimoiy to‗lovlarni to‗lash; 
- ma‘muriy dastaklar – ruxsat berish va man etishga qaratilgan 
chora-tadbirlar (kvota va litsenziyalar berish, man etish va boshqalar); 
- huquqiy yoki qonuniy dastaklar – amal qilayotgan qonuniy va 
normativ aktlar tarkibini tartibga solish orqali; 


10 
- g‗oyaviy dastaklar – ma‘naviy etik tushuncha va jamiyat 
normalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar (―yaxshi‖ va 
―yomon‖, ―axloqiy‖ va ―noaxloqiy‖ va boshqalar); 
- davlatning kompleks maqsadli ijtimoiy dasturlari (keksalarni 
e‘zozlash, sog‗lom bola va boshqalar). 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish