11
dastaklari orqali amalga oshirish yo‗nalishlari borasida tadqiqotlar olib
borganlar.
4
Davlat va nodavlat tashkilotlarining
ijtimoiy siyosatni olib
borish usullari bo‗yicha turli munozaralar vujudga keldi. Vebb va
Bozanketlarning ilmiy tadqiqotlaridan olingan xulosalarga tayangan
holda shuni aytish mumkinki, ushbu tadqiqotlar mamlakatdagi ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish shakli, uni baholash va qay darajada
rivojlanganligini isbotlashga asoslangan. Ijtimoiy ta‘minot tizimini isloh
etish yo‗nalishlari yoritilgan. Ijtimoiy siyosatning mohiyati Klement Ettli
(Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Qirollikda Leyboristlar
hukumati islohotlarini amalga oshirilishini o‗z
ilmiy izlanishlarida
yoritib bergan), Beveridj (zamonaviy ijtimoiy ta‘minot tizimi asoschisi)
va T.X. Marshall (―Ijtimoiy davlat‖ tushunchasining nazariy asoslarini
yaratgan) kabi olimlar tomonidan ochib berilgan.
1950-yilga kelib London iqtisodiyot maktabi (LSE) vakili Richard
Titmass Buyuk Britaniya tarixida ilk bor ijtimoiy boshqaruv bo‗yicha
professor ilmiy unvonini qo‗lga kiritdi.
5
Titmassning ijtimoiy siyosat
mohiyatini yoritishga oid fikrlari hozirda amalga oshirilayotgan ijtimoiy
siyosatni mohiyatini ochib bera oladi. Keyingi 15 yil mobaynida
Britaniyaning turli ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar, kollej va
maktablarida ijtimoiy soha bo‗yicha fanlar o‗qitila boshlandi.
Ushbu
tadbirlardan ko‗zlangan maqsad mamlakatda ijtimoiy ta‘minotga
aloqador xizmat ko‗rsatish sohasi va aholi farovonligi yo‗lida xizmat
qiluvchi malakali ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash va malakasini
oshirish bo‗lgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Buyuk Britaniyada ijtimoiy
davlatning barpo etilishi ijtimoiy siyosat sohasidagi katta o‗zgarishlarga
sabab bo‗ldi. Mazkur sohada erishilgan yutuqning asosini aholining
hayotiy zarur iste‘mol tovarlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishdan
iborat bo‗ldi. 1942-yilda Beveridj tomonidan Britaniyadagi ijtimoiy
davlatning quyidagi xususiyatlari yoritib berildi:
6
- aholi savodxonligini ta‘minlash maqsadida 15 yillik bepul
ta‘limning joriy etilishi (keyinchalik 16 yilga uzaytirilgan);
- jamiyatda turli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga qarshi
kurashish maqsadida bepul tibbiy xizmat ko‗rsatishni joriy etilganligi;
- ishsizlikka qarshi kurashish maqsadida davlat aholining to‗liq
bandligini ta‘minlashi zarurligi;
4
―Social Policy‖. P. 6-7.
5
―Social Policy‖. P. 7.
6
―Social Policy‖. P. 8.
12
- davlatning mamlakatda qashshoqlikni qisqartirish
va aholini turar
uy-joy bilan ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
- aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlariga ijtimoiy sug‗urta
imtiyozlarining berilishi.
Yuqorida
keltirilgan
vazifalarni
amalga
oshirilishi
va
moliyalashtirilishi davlatning zimmasiga yuklatilgan edi. Ushbu holat
ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda ijtimoiy siyosat mamlakatda
aholi farovonlik darajasini oshirishga qaratilganligidan dalolat beradi.
1970-yilda ijtimoiy ta‘minotning tarkibiga kiruvchi xizmatlarni
amalga oshirilishining funksional jihatlariga katta e‘tibor qaratildi.
Ushbu o‗zgarish ijtimoiy siyosatning qamrov darajasini ortishiga olib
keldi. Ijtimoiy siyosatni boshqarishga bag‗ishlangan turli ilmiy
munozaralar o‗tkazildi. Bu davrda olimlar aholi farovonligini
oshirishdan davlatning qanday manfaatlari borligini isbotlashga harakat
qildilar.
7
1960–1970-yillarda ko‗plab olimlar tomonidan
xalq farovonligini
ta‘minlashga qaratilgan davlat ijtimoiy siyosatining salbiy jihatlari tanqid
qilinib, kapitalistik jamiyat (Marks ta‘limotiga asoslangan bozor
iqtisodiyoti) davlat uchun eng maqbul tanlov ekanligi asoslangan.
Ularning qarashlariga ko‗ra, ijtimoiy xizmatlar mehnat bozori
mexanizmi amal qilishiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmagan. Ular
aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari va mehnatkashlar sinfini
ijtimoiy himoyalanganligi kapitalizmning rivojlanishiga zamin yaratdi
degan fikrni ham berishgan. Ushbu davrda ijtimoiy davlat tushunchasini
yoritishda ikki turdagi yondashuvlar shakllangan:
- ijtimoiy davlat aholi turmush farovonligini ta‘minlash maqsadida
aholining birlamchi ehtiyojlarini qondirish vazifasini bajaradi;
- ijtimoiy davlat bozor iqtisodiyoti rivojlanishi uchun zamin
yaratishga xizmat qiladi.
8
1970–1980 yillarda ijtimoiy ehtiyojlarni to‗xtovsiz o‗sib borishi
tufayli ijtimoiy davlatga nisbatan turli tanqidiy qarashlar rivojlana bordi.
1970 yilda mamlakatda iqtisodiy tanazzulning
vujudga kelishi va xalq
farovonligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda
davlat zimmasiga katta yuk tusha boshladi. Bu holat o‗z navbatida
ijtimoiy davlat konsepsiyasining shubha ostiga tushib qolishiga sabab
bo‗ldi.
7
―Social Policy‖. P. 8-9.
8
―Social Policy‖. P. 9.
13
XX asrning so‗ngi yillarida ijtimoiy davlat konsepsiyasi turli
tanqidlarga duch keldi. Ushbu davrning o‗ziga xosligi ijtimoiy ta‘minot
xizmatlarini ko‗rsatishda erkak va ayollarga nisbatan turli
yondashuvlarning mavjudligi va aholi farovonligini ta‘minlashda gender
tengligi (erkak va ayollarning teng huquqliligi) omilini e‘tiborga olish
zaruriyatini vujudga kelishidan iborat.
9
XXI asrning boshlarida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda
―Ijtimoiy davlat‖ tushunchasidan farqli o‗laroq xalq farovonligini
ta‘minlovchi ―Aralash iqtisodiyot‖ tushunchasi
iqtisodiy muomalaga
kiritildi. ―Aralash iqtisodiyot‖ tushunchasi ijtimoiy siyosat va bozor
iqtisodiyotining amal qilishida davlat tomonidan tartibga solish bilan
samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan aralash holda qo‗llashni
o‗zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: