35
- aholining barcha guruhlari uchun ijtimoiy xizmatlar tizimi va
ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash chora tadbirlarini rivojlantirish;
- ijtimoiy siyosatning huquqiy-institutsional asoslarini rivojlantirish;
- xalq farovonligini ta‘minlash vazifasini davlatning o‗z
zimmasiga
olishi.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarni umumlashtirgan holda shuni
aytish mumkinki, ijtimoiy davlat quyidagilarni ta‘minlashi kerak bo‗ladi:
- jamiyat hayotida ijtimoiy adolatlilikni ta‘minlash;
- ijtimoiy tengsizlikni qisqartirish;
- har bir fuqaroning ish bilan bandligini ta‘minlash (daromad
keltiruvchi faoliyat yuritishiga shart-sharoit yaratish);
- tinchlikni ta‘minlash;
- insonlarning farovon yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy siyosatning modellari quyidagi
omillarga tayangan holda tasniflangan:
- ijtimoiy siyosatning milliy dasturlar tizimida tutgan o‗rni;
-
ijtimoiy vazifalarni davlat, jamiyat tashkilotlari va xususiy sektor
zimmalariga taqsimlanishi;
- mamlakat iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi;
- mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan kelib chiqqan
holda davlatning ijtimoiy siyosatni amalga
oshirish mexanizmi va
dastaklarining belgilanishi.
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda anglosakson
(Buyuk Britaniya, Irlandiya), kontinental (Avstriya, Belgiya, Germaniya,
Niderlandiya, Fransiya, Shveysariya), Skandinaviya (Daniya, Finlandiya,
Shvetsiya), Janubiy Yevropa (Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya)
modellarini farqlash mumkin.
27
Aksariyat
holatlarda ijtimoiy siyosat
modellari ularni ishlab chiqqan olimlarning ismlari bilan nomlanadi.
Masalan, kontinental model Germaniya kansleri O. Bismark nomi bilan
nomlanadi (Bismark modeli). Ushbu model ijtimoiy himoya darajasi
ishchi xodimning mehnat staji davomiyligi bilan bog‗liq bo‗lib,
uning
asosida ijtimoiy sug‗urta mexanizmi yotadi. Ish haqidan ijtimoiy sug‗urta
fondlariga to‗lanadigan badallar hisobidan ijtimoiy nafaqalar
moliyalashtiriladi. Anglosakson modeli ingliz iqtisodchisi U. Beveridj
sharafiga nomlangan (Beveridj modeli). Bunda moddiy jihatdan ijtimoiy
himoyaga muhtoj bo‗lgan har bir fuqaro
minimal darajada ijtimoiy
jihatdan ta‘minlanish huquqini qo‗lga kiritadi. Ijtimoiy (sotsial)-
27
Social policy p. 57–83.
36
demokratik model skandinaviya modeli hisoblanadi. Mazkur modelda
barcha aholi ijtimoiy ta‘minotdan foydalanishda teng huquqli
hisoblanadi. Ijtimoiy ta‘minotni moliyalashtirish
soliqlar hisobidan
amalga oshiriladi. Janubiy Yevropa modelida esa ijtimoiy himoya oila va
xayriya ishlari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: