Ijtimoiy siyosat


 Ijtimoiy siyosat tamoyillari va uning rivojlanishida



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

2.2. Ijtimoiy siyosat tamoyillari va uning rivojlanishida
neoliberal ilmiy maktabning o„rni 
Ijtimoiy siyosat tushunchasi uzoq yillar mobaynida shakllanib 
kelgan bo‗lib, so‗nggi o‗n yillik mobaynida tadqiqotchilar tomonidan 
ijtimoiy davlat tushunchasi umumjamiyat farovonligini ta‘minlashga 
qaratilgan bo‗lishi zarurligi asoslandi. 
Ijtimoiy davlat – bu insonning erkin rivojlanishi va uning yashashi 
uchun munosib turmush sharoiti yaratilgan davlat hisoblanadi.
21
Ijtimoiy davlatning quyidagi xususiyatlari mavjud: 
- barcha jamiyat a‘zolarining ijtimoiy himoya tizimidan foydalanish 
imkoniyatining mavjudligi; 
- ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda fuqarolar haq-huquqlarining 
asoslanganligi va ta‘minlanganligi; 
- ijtimoiy xarajatlarning byudjet tomonidan qoplanishi; 
- mamlakatda ijtimoiy himoya, ijtimoiy sug‗urta va bandlikni 
ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mavjudligi; 
- aholi farovonligining ta‘minlanishi uchun davlatning javobgarligi; 
- davlat tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratilishi. 
Davlat ijtimoiy siyosatining muhim tamoyillari quyidagilardan 
iborat: 
- ijtimoiy adolat – mehnat va uning natijalari taqsimotini 
kordinatsiyalash, qonunchilikka muvofiq mehnat va ijtimoiy jarayonlarni 
tartibga solish;; 
- individual ijtimoiy javobgarlik – shaxs, oila, kichik guruhlarning 
o‗z-o‗ziga yordam berishi va ta‘minlashi ; 
21
Social policy. P. 57-63 


31 
- ijtimoiy birdamlik – ijtimoiy kuchlilardan kuchsizlarga qayta 
taqsimlash; 
- ijtimoiy kafolatlar – fuqaroarga kafolatlangan ta‘lim olish, 
tarbiyalanish, ma‘naviy va jismoniy rivojlanish, kasbiy tayyorgarlik va 
ishga joylashtirish; 
- har bir shaxsning zarur ijtimoiy ne‘mat va xizmatlarni olishdagi 
teng imkoniyatlari; 
- ijtimoiy hamkorlik – olingan majburiyatni boshqarish uchun teng 
huquqlilik, majburiyat va teng javobgarlik; 
- davlat tomonidan asosiy hayotiy zarur moddiy ne‘matlar va 
xizmatlarni (minimal ish haqi, pensiyalar, minimal iste‘mol byudjeti) 
minimal ijtimoiy standartlar darajasida olishni kafolatlash; 
- ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash – ijtimoiy siyosat doirasidagi 
tadbirlarni moliyalashtirishda davlat idoralari va tashkilotlariga nisbatan 
jamoat tashkilotlari tashabbusiga ustuvorlik berish. 
Ijtimoiy siyosatning rivojlanishi qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, ijtimoiy siyosatning ob‘ektiv zarurligi va uni amalga 
oshirish infratuzilmasining mavjudligi; 
Ikkinchidan, o‗z ijtimoiy xavfsizligini ta‘minlash uchun shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlarining o‗zaro bog‗liqligi va aloqadorligi; 
Uchinchidan, ijtimoiy siyosat darajasini uni amalga oshirishning real 
imkoniyati bilan qiyosiy taqqoslash. 
O‗zbekistonda 2017–2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Xarakatlar 
strategiyasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o‗rta muddatlarga 
mo‗ljallangan maqsadlari belgilangan: 

aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich 
oshirish; 

aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimlarini 
takomillashtirish; 

arzon uy-joylar qurish bo‗yicha maqsadli dasturlarni amalga 
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‗l-
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish va modernizatsiya qilish; 

ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish – uzluksiz ta‘lim tizimini 
yanada takomillashtirish yo‗lini davom ettirish, sifatli ta‘lim xizmatlariga 
imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga 
muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; 


32 

yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish – jismonan 
sog‗lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat‘iy, 
hayotiy nuqtai-nazarga ega, vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish. 
Jumladan, o‗rta muddatga mo‗ljallangan ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishda 2018-yilda salmoqli natijalarga erishildi. 2018-yilda aholining 
real umumiy daromadlari 2017-yilga nisbatan 12 foiz oshdi. ―Har bir oila 
tadbirkor‖, ―Yoshlar – kelajagimiz‖ davlat maqsadli dasturlari doirasida 
2 trln. so‗m mablag‗ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalari 
amalga oshirildi. ―Obod qishloq‖ va ―Obod mahalla‖ dasturlari doirasida 
qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trln. so‗m mablag‗ yo‗naltirildi. 
416 qishloq yangicha qiyofaga ega bo‗ldi.
22
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya tizimi 
o‗zaro uzviy bog‗liq tushunchalar bo‗lib, ularni bir-biridan ajratgan 
holda tasavvur qilib bo‗lmaydi. 2019-yil – ―Faol investitsiyalar va 
ijtimoiy rivojlanish yili‖da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: 
Birinchidan, aholi o‗rtasida ishsizlikni kamaytirish, aholi va oilalar 
daromadini oshirish lozim. 
Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‗lash tartibini 
qayta ko‗rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. 
Uchinchidan, ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta‘im tizimini yanada 
takomillashtirish zarur. Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning to‗liq 
shakliga investitsiya kiritishga, ya‘ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha 
bo‗lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflash jamiyatga 15–17 
barobar miqdorda foyda keltiradi. O‗zbekistonda ushbu ko‗rsatkich atigi 
4 barobarni tashkil etadi. 2019-yilda bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan 
qamrab olish darajasini hozirgi 34 foizdan 44 foizga yetkaziladi. 
Bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish ko‗rsatkichini 15 foizdan 
2019-yilda 20 foizga yetkazish va pirovardda 60–70 foizga yetkazish 
rejalashtirilmoqda. Oliy o‗quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta‘lim 
muassasalari sonini ko‗paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb 
etish va raqobatni kuchaytirish lozim. Oliy ta‘lim muassasalarida ilmiy 
salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash 
ko‗lamini kengaytirish zarur. 
22
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиѐевнинг 2017 йил 7 февралдаги ―Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Харакатлар стратегияси тўғрисида‖ги ПФ-4947-сон Фармони 


33 
To‗rtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida 
tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ko‗lamini kengaytirish lozim. 
Beshinchidan, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy 
qo‗llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozim. 
Oltinchidan, aholi turmush shaproitini yaxshilash, ularni munosib 
turar-joy bilan ta‘minlash, xalqimiz farovonligini oshirish va turmush 
sifatini yaxshilash lozim. 
Yettinchidan, jamiyatda sog‗lom turmush tarzini qaror toptirish, 
jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish muhim ahamiyatga 
ega. 
Sakkizinchidan, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb 
etish, kadrlar salohiyatini oshirish lozim.
23
XX asrning 70-yillarida Tomas Marshall, Kosta Espis-Anderson, 
Timoti Tilton, Norman Fernis kabi yetakchi iqtisodchi olimlar tomonidan 
―Farovonlik davlati‖ tushunchasi iqtisodiy fanga kiritildi va uning 
quyidagi turlari ajratib ko‗rsatildi:
24
Birinchi – ―Pozitiv ijtimoiy himoya davlati‖. Bunda barcha 
fuqarolarning farovonligini ta‘minlash imkoniyatlari davlat tomonidan 
boshqariladi va barcha uchun ―teng imkoniyatlar‖ davlat tomonidan 
kafolatlanadi. Bunday tizim AQShda amal qilmoqda. 
Ikkinchi – ―Ijtimoiy xavfsiz davlat‖. Bunda to‗liq bandlikni 
ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi va fuqarolar 
oladigan maoshlari hajmi yashash minimumi miqdorlaridan yuqori 
bo‗lishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Buyuk Britaniyada ushbu 
turdagi ijtimoiy tizim amal qilmoqda. 
Uchinchi – ―Umumxalq farovonligi davlati‖. Mamlakatda to‗liq 
bandlik 
ta‘minlangan 
holda, 
aholi 
daromadlari 
o‗rtasidagi 
nomutanosibliklar qisqartiriladi. Davlat va jamiyat tomonidan doimiy 
ijtimoiy xizmatlar sohasi tashkil etiladi. Ushbu tizim Shvetsiyada amal 
qiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish