Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida



Download 26,54 Kb.
bet1/4
Sana28.05.2022
Hajmi26,54 Kb.
#613771
  1   2   3   4
Bog'liq
Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida


Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida

Reja

1. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining tarkibi
2. Bolalarni ijtimoiy himoyasi
3. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy vazifalari

Ijtimoiy himoya – insonning jamiyat va uning turli tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning kafolatlangan minimal turmush sharoitini ta’minlash, hayotini qo’llab-quvvatlash tizimidir.


Ijtimoiy himoya tushunchasi ilmiy ta’riflar sifatida foydalanilganda, ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy ta’minotni ajralmas qismi sifatida qamrab oladi va qo’shimcha ravishda, inson uchun normal yashash sharoitlarini ta’minlaydigan mehnat, sog’liq va atrof-muhitni muhofaza qilish, eng kam ish haqi va boshqalarni kafolatlaydi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish bugungi kunda qonuniy ravishda o’rnatilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy kafolatlar va huquqlar, ijtimoiy muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini ta’minlaydigan hamda aholining turli
qatlamlari va ayniqsa ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan guruhlarining hayotini qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratilganligi sifatida tushuniladi.
Ijtimoiy himoya ob’ektiga barcha aholining guruhlari, shu bilan birga, uning zaif guruhlari – kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, qariyalar, yetim, yolg’iz bolalar, ko’p bolali oilalar, ekologik falokatlar qurbonlari va boshqalar kiradi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni hisobga olishning asosiy yondashuvi, avvalo, ijtimoiy muammolarning ob’ektiv-sub’ektiv xarakterini anglashni, ikkinchidan, nafaqat inson, guruh yoki oila muammolarini hal qilish, balki ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy resurslarni ham o’z ichiga oladi.
Rus olimlari N.V.Malyarova, M.Nesmeyanovlar ijtimoiy himoyaning ikki ma’nosi haqida so’z yuritadilar. Birinchidan, keng ma’noda, inson o’zini o’zi ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan, u va uning farzandlari uchun sharoit yaratadigan ijtimoiy munosabatlar tizimini nazarda tutadi.
Ikkinchidan, tor ma’noda davlatning ijtimoiy siyosatini ijtimoiy himoya qilish tushunchasida, ayniqsa qiyin ahvolda bo’lgan va tashqi ko’maksiz rivojlana olmaydigan aholi guruhlari uchun qoniqarli yoki hatto toqatli xayot tarzini ta’minlash uchun ma’muriy choralarni ko’rishda namoyon bo’ladi.
“N.S.Sыroed” bo’yicha aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi uchta bosqichga bo’lingan:
1. Ijtimoiy himoya tamoyillari va uslublari asoslanadigan nazariy va metodologik bosqichi.
2. Ijtimoiy siyosat darajasi yoki ijtimoiy jarayonlarni boshqarish tizimining bosqichi.
3. Aholini to’g’ridan-to’g’ri amaliy qo’llab-quvvatlash darajasi bosqichi.
Ijtimoiy himoya tizimi yoki ijtimoiy infratuzilma tizimi (aholiga ko’rsatiladigan yordam va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi muassasalar va tashkilotlar) aholi ijtimoiy himoya tizimining uchinchi darajasini tashkil etadi1.
Ijtimoiy xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlari davlatning ijtimoiy siyosati, muayyan mamlakatda sodir bo’lgan ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar, demografik holat nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning milliy modeli (va shu qatorda ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish) quyidagi xususiyatlarda aks ettirilgan. Birinchidan, bozor iqtisodiyotini inson manfaatlariga yo’naltirilganligi, kam ta’minlangan oilalarning iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirishga, fuqarolarni ish bilan ta’minlashni tartibga soluvchi asos bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, 90-yillarning o’rtalaridan boshlab O’zbekistonda ijtimoiy himoyaning maqsadli va manzilli shakli rivojlanmoqda. Uchinchidan, aholining turli qatlamlariga, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga ko’mak va yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish belgilangan. To’rtinchidan, 2018 yilga kelib, mamlakat aholisining “yosh”i – 30 yoshgacha bo’lgan bolalar, o’smirlar va yoshlar umumiy aholi sonining 60 foizidan ko’prog’ini tashkil qiladi.
Ijtimoiy xizmatlar ma’nosi ijtimoiy tahlil metodikasida ko’rib chiqiladi. Ushbu toifani keng ma’nosi turli xil ijtimoiy tashkilotlar, guruhlar va jismoniy shaxslar o’rtasida ijtimoiy o’zaro ta’sirni tashkil qilish bilan bog’liq bo’lib, qiyin hayot sharoitlarida yordam ko’rsatishni aks ettiruvchi amaliy masalalarni echishga qaratilgan. Tor ma’noda ijtimoiy xizmatlar, o’z-o’ziga xizmat qila olmaydigan va doimiy g’amxo’rlik va qo’llab-quvvatlashga muhtoj, qiyin hayot sharoitida odamlarga yordam berishga yo’naltirilgan tashkilotlar va mutaxassislar faoliyatining texnologiyalari va usullari kombinatsiyasi sifatida qaraladi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasini amalga oshirish doirasida 2014 yil 25 sentyabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi № O’RQ-376 sonli Qonunidir. Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari – bu Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridir. Ushbu Qonunning 1-bob 5-moddasida “Ijtimoiy sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo’llab-quvvatlash va uning faolligini oshirish, har tomonlama barkamol va sog’lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo’naltirish kabi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi ko’rsatilgan. «Ijtimoiy sherikchilik to’g’risida»gi qonunga muvofiq, ijtimoiy soxani rivojlantiruvchi va xizmat ko’rsatuvchi davlat tashkilotlari, etakchi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari («Mahalla» jamg’armasi, “Sog’lom avlod uchun jamg’armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, «Qizil yarim oy jamiyati», «Nuroniy» jamg’armasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va uning filiallari, Yoshlar ittifoqi, “Ezgu amal” jamoat fondi va b.) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami: bolalar va ularning oilalari, ayollar, keksalarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish maqsadida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu tashkilotlar davlat dasturlarining ishtirokchilari va ijrochilari bo’lib hisoblanadi1.
Aholining tobora rivojlanib borayotgan farovonligi, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning o’zgarishi, ijtimoiy xizmatlarning yangi turlari va ijtimoiy xizmatlar (ijtimoiy taksilar, dorixonalar, bolalar uchun maxsus reablitatsiya markazlari, reablitatsiya texnik vositalarini ijaraga berish va h.k.) bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi.

Download 26,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish