Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta`minlashga yordam beradigan vositalar, usulllar vas hart-sharoitlar majmui kafolat tushunchasini beradi. Kafolatning asosiy vazifasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to`siqlarni bartaraf etish bilan bog`liq bo`lgan majburiyatlarning bafarilishini ta`minlashdir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning 43-moddasida “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlar mustahkamlangan huquqlarini va erkinliklarini ta`minlaydi” deyilgan.
Kafolatni quyidagicha turkumlash mumkin:
Yuridik (huquqiy)
Ijtimoiy-siyosiy
Iqtisodiy (moddiy)
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashda yuridik kafolatlar alohida o`rin tutadi, chunki boshqa barcha kafolatlar yuridik jihatdan tartibga solinishini taqazzo etadi. Ya`ni, yuridik kafolatlar fuqarolarning huquq va erkinliklarni qonun asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishidir. Yuridik kafolatlar real amalga oshishi faqat demokratik rejim sharoitida kuzatiladi.
Yuridik kafolatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo`lgan harakatlarni ta`qiqlash va chegaralashning yuridik me`yorlarini mustahkamlash.
-Fuqarolarning o`z huquq va erkinliklarini hech qanday to`siqsiz amalga oshirishda davlat idoralari va mansabdor shaxslar masulligi.
-Tajovvuz etishni, mustahkamlashni ta`minlovchi maxsus me`yorlar (shikoyat qilish huquqi, sudga murojat qilish huquqi) mavjudligi.
-Huquqlarni buzganligi uchun yuridik javobgarlik belgilanganligi (Mulkiy, intizomiy, ma`muriy, jinoiy).
-Fuqarolarga qaratilgan va huquqiy ahamiyatga ega bo`lgan, tegishli davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashga jamoat idoralari, mansabdor shaxslarning faoliyati.
Yuridik kafolatning quyidagi shakllari mavjud:
Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar
Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash
Ombudsman faoliyati
Hukumat faoliyati
Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar – mamalakatning Konstitutsiyasining ozida bevosita mustahkamlangan kafolatlar kiradi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning X bobining 43-46-moddalarida Mustahkamlanagan normalar.
Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash – fuqarolar huquq va erkinlilklarini sudlar orqali himoya qilinishidir. Uning mazmuni:
-har bir fuqaro davla organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari yoki mansabdor shahslarning g`ayriqonuniy hatti-harakatlari bilan o`z huquqlarini yoki erkinliklarini buzildi deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqi orqali o`z huquq va erkinlilarini himoya qilishi.
Ombudsman faoliyati – O`zbekiston Respublikasining fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasiga qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili tomonidan ham amalga oshiriladi. Uning faoliyati O`zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-apreldagi “Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (OMBUDSMAN) to`g`risida”gi qonuniga muvofiq O`zbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdorshaxslar tomonidan inson huquqlari to`g`risidagi amaldagi qonunchilikka rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratining o`rnatadi. Vakil ko`rilayorgan masalalar bo`yicha xulosa qabul qiladi. Xulosalar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
hukumat faoliyati - hukumat tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan normativ huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Siyosiy kafolat – bu davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim. Ushbu tizim, mamlakatning olib borayotgan siyosiy maydondagi faoliyati orqali famiyatda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlash quyidagilarga bog`liq:
Davlatning mamlakat miqyosida olib borayotgan siyosatining maqsadiga;
siyosiy plyuralizmga;
siyosiy mafkuaga;
Inson huquqlarini himoya qilish holatiga;
ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga;
Iqtisodiy kafolatlarga vujudga kelgan ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy tizim kiradi. Mustaqil O`zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan, mulkchilikning barcha shakllari tengligi va himoyasini tan olgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo`li bilan mulkdorlarni safini kengaytiradigan huquqiy davlatni barpo etmoqda. Qilinayotgan ushbu harakatlar xalqning iqtisodiy kafolatlashga yordam beradi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiya asosida qabul qilingan maxsus qonunlar orqali ham tartibga solinadi. Ushbu axborotlarg: “Axborort olish kafolatlari va erkinliklari to`g`risidagi”, “Axborot erkinliklari prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi”, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoya to`g`risidagi”. “Fuqarolarning saylov huquqlarini kafolatlash to`g`risidagi” qonunlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning 44-moddasida “Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayriqonuniy xati-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” deb mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |