Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida


O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy vazifalari



Download 26,54 Kb.
bet4/4
Sana28.05.2022
Hajmi26,54 Kb.
#613771
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida

3. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy vazifalari
Protsessual va metodik qo’llab-quvvatlash bolalarni ijtimoiy himoya qilish usullari va vositalarini tanlash bo’yicha tadbirlarni o’z ichiga olgan bolalar muammolarini hal qilish uchun idoralararo hamkorlikni yaratish va amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bu borada O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi ishlar tamoman o’zgacha tus olgan bo’lib, aniq dasturlar va aniq maqsadli loyihalar asosida amalga oshirilmoqda.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, shuningdek, barcha vazirliklar va idoralar, ijtimoiy o’z-o’zini boshqarish tashkilotlari (mahallalar), IIB muassasalari tizimi orqali qariyalar, bolalar va va ularning oilalariga g’amxo’rlik ko’rsatiladi. Aholining turli toifalariga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari. Aholiga ruhiy-pedagogik yordam ko’rsatuvchi markazlar, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari, oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatadigan hududiy markazlar shunday muassasalar jumlasiga kiradi.
Haqiqatdan ham mamlakatda manfaatli ta’minlash sohasida oxirgi yillarda o’tkazilgan islohotlar tufayli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. 2008 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni bolalarni himoya qilish sohasida asosiy xujjat hisoblanadi. Mazkur qonun bola huquqlari bo’yicha BMT Deklaratsiyasida mavjud bo’lgan bolaning barcha huquqlarini ta’minlaydi. Kadrlar tayyorlash masalasiga kelsak, 4-moddada bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanishi belgilangan.
O’zining demografik xususiyatalri va ko’p yillik an’analari tufayli O’zbekiston bugungi kunda aholining 60 foizdan ortig’ini bolalar va yoshlar tashkil etadigan mamlakat hisoblanadi. Bolalar va oilalarga har tomonlama yordam ko’rsatish uchun safarbar etilgan vazirliklar va idoralarning keng tarmoqli tizimi orqali bolalar himoya qilinadi. Mamlakatimiz fuqarolarining azaldan alohida g’amxo’rlik va ko’makka muhtoj bo’lgan toifasi sifatida bolalar manfaatlarini ta’minlash ushbu faoliyatning asosiy tamoyili hisoblanadi. Shu munosabat bilan bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy ishning rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda nihoyatda muhim chora hisoblanadi, chunki ushbu sohaning aynan shu kasbga o’qitilgan xodimlarga bolalik davrida bolaning manfaatlarini aks ettirishlari uchun vakolat va huquqlar berilgan bo’lishi kerak.
Sog’lom avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash g’oyat mas’uliyatli vazifa, shuning bilan birga, insonparvar siyosat natijasidir. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan, sog’lom e’tiqodli, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida bir qator qonunlar amalga kiritildi. Bular “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi hamda
“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlaridir.
Yoshlar – aholi yoshining katta ijtimoiy guruhini tashkil etadigan, ijtimoiy rivojlanish va shaxs sifatida shakllanishi jarayonida, ijtimoiy hayotda ma’lum bir chegaralangan xarakatlarga va imtiyozlarga ega bo’lgan qatlamdir.
Hozirgi kunda dunyoda kuchli raqobat, qarama-qarshilik, ziddiyatlar, diniiy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xatarlar kuchayib, keskin tus olganligini inobatga olib yoshlarga oid davlat siyosatini xalqimizning mentalitetini, bozor iqtisodiyoti, umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlagan holda, yoshlar ijtimoiylashuvidagi muammolarni hal qilish zarur. Yoshlar inson mamlakat rivojiga o’z hissasini qo’shadigan va uning rivojlanishiga ta’sir etadigan ijtimoiy hayotning to’laqonli sub’ekti bo’lib hisoblanadi. Yoshlar bo’yicha davlat siyosatining 429-XII-son 20.11.1991 yil O’zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari” to’g’risidagi qonun o’z kuchini yo’qotib, 2016 yil 15 sentyabrda O’RQ – 406 sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun yoshlarning ijtimoiy, xuquqiy madaniyatini yuksaltirish, faolligini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish zamirida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yurt istiqboli uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan tashabbuskor, shijoatli avlodni tarbiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan. 2017 yil 30 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo’lib o’tgan “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati 4 qurultoyida “Kamolot” tugatilib, O’zbekistonda Yoshlar ittifoqini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi hamda 2017 yil 5 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.
Yoshlar ittifoqi respublikada yoshlarga oid dasvlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkiotlari va fuqarolar jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni olib borishi belgilandi.
2004 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi O’zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida muhim bo’g’in hisoblanadi. Markaz faoliyati bolalarning barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari (ota-onalar g’amxo’rligidan ayrilgan bolalar, nogironligi bo’lgan bolalar, ijtimoiy va huquqiy xatar guruhidagi bolalar, shafqatsiz va beparvo muomalaga duchor bo’lgan bolalar ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalarida bo’lgan voyaga yetmaganlar, iqtidorli bolalar) muammosini chuqur o’rganish, bolalarning muammolarini hal qilish yuzasidan maqsadli majmuaviy dasturlarni ishlab chiqish va ularning yuzaga kelish havfini pasaytirish; davlat dasturlari va maqsadli guruhlarga taaluqli jamoatchilik loyihalarini bajarish monitoringi, shuningdek, bu tadbirlarini amalga oshirish samaradorligini ko’tarish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; bolalarni ijtimoiy moslashtirish sohasida mahalliy va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o’rganish va boshqalarga qaratilgan. Mazkur faoliyat davlat, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladigan davlat loyihalari, hamkorlik loyihalari, shuningdek, bolalar va ota-onalarga xizmat ko’rsatish orqali to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi. Markaz bolalarni himoya qilish sohasida qonunchilikni takomillashtirish, bolalar va oilalarga ko’rsatiladigan xizmatlar tartib-taomilini hamda sifatini sezilarli darajada ko’tarish, bolalar muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish imkonini beradigan bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. Ushbu vazifalar orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- bolalar manfaatlarini ta’minlashda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish va ularni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritish yuzasidan taklif berish;
- bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining har xil sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning o’zaro hamkorligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlar monitoringini olib borish;
bolalar manfaatlarini ta’minlash, himoya qilish va ularni kamolotga yetkazish sohasida zamonaviy yondashuvlar, yo’nalishlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy amaliyotga tadbiq etish maqsadida ilmiy-metodik bazani shakllantirish;
- bolalar muassasalari mutaxassislarini bolalar bilan ishlashning yangi metodlari va yondashuvlariga o’qitish hamda oilalari ijtimoiy qo’llab-quvvatlash funksiyalari;
- yangi ijtiomiy xizmatlarni rivojlantirish orqali bolalarga va oilalarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishdan iboratdir.
Bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BHK) va davlat dasturlari qoidalariga muvofiq UNICEF ijtimoiy siyosat dasturini amalga oshirmoqda va uning doirasida O‘zbekiston hukumati ikkita eng muhim sohalarda qo‘llab-quvvatlanmoqda. Birinchidan, bu bolalar manfaatlarini hisobga oladigan va teng imkoniyatlarni kafolatlaydigan ijtimoiy himoya va davlat tomonidan moliyalantirish tizimlarini yanada rivojlantirishdir. Ikkinchidan esa - bolalar huquqlarini har tomonlama amalga oshirish va monitoring qilishni ta’minlash uchun bolalar huquqlarini himoya qilish milliy tizimini yaratish va mustahkamlashdan iborat.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/biz-nima-qilamiz
2.Ganiyeva M.X., Latipova N.M., Alekseyeva V.S., Ismailova B.X., Abduraxmanova M.M. “Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta‟minoti va himoyasi”. O„quv qo‟llanma. Toshkent: 2019 yil. Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta‟minoti va himoyasi

Download 26,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish