5-mavzu. Millatchilik, milliy ziddiyatlar va ularning salbiy oqibatlari.
Reja
1.Millatlararo munosabatlar soxasidagi ziddiyatlar va ularning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri.
2.Millatchilik, uni keltirib chiqaradigan sabablar.
3.Sobiq sovet tuzumida turli millatlarga nisbatin olib borilgan siyosat
4.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda millatchilikni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar
5.Millatlararo hamdo‘stlik-sobitqadam rivojlanish garovi.
Millatlararo munosabatlar sohasidagi ziddiyatlari va ularning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri.
Millatchilik deb millatni jamiyat birligining eng yuqori shakli va davlat shakllanishida birlamchi deb qarovchi siyosiy yoki gʻoyaviy yoʻnalishga aytiladi. Siyosiy harakat sifatida davlat bilan munosabatlarda maʼlum bir milliy jamoaning manfaatlarini himoya qilishga intiladi.
Millatchilik oʻz millatiga sadoqatni, uning siyosiy mustaqilligini va oʻz xalqi faravonligiga xizmat qilishni, millatning madaniy va manaviy yuksalishini, millatning yashash sharoitlarini, yashash hududini, iqtisodiy zaxiralarini va manaviy qadriyatlarini amalda saqlab qolish maqsadida milliy oʻzlikni anglash asosida birlashishni targʻib etadi. U vatanparvarlikka yaqin milliy tuygʻuga suyanadi. Bu gʻoya qarama-qarshi sinfiy manfaatlarga qaramasdan, jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirishga intiladi.
Bugungi kundagi radikal harakatlar oʻziga millatchi tus berishi tufayli „millatchilik“ yoki „natsionalizm“ tushunchalari etnik, madaniy va diniy toqatsizlik bilan koʻp bogʻlanadi. Bunaqa toqatsizlik millatchilikda moʻtadil oqimlar tarafdorlari tomonidan qoralanadi.
Koʻpincha OAVda „millatchilik“ soʻzi ostida etnik millatchilik va unnig bir millatni boshqa millatdan ustun qoʻyishga urgʻu beradigan shovinizm va ksenofobiya kabi keskin shakllari nazarda tutiladi. Millatlar aro nizoni yuzaga keltirish va etnik diskriminatsiya kabi etnik millatchilikning koʻplab koʻrinishlari xalqaro qonunbuzarliklarga kiradi.
Millatchilik — bu avvalam bor gʻoya va u quyidagi elementlarni oʻzida mujassam etadi:
Millatlarning mavjudligi. Millatchilik insoniyat tabiat qonunlari asosida bir biridan maʼlum bir xususiyatlari bilan farq qiladigan fundamental birliklarga — avtonom va toʻlaqonli millatlarga ajratilganligini eʼtirof etadi.
Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi hal qilish suveren huquqi. Milliy loyihalar faqat oʻz davlatida amalga oshirila oladi. Millat oʻzining aʼzolaridan iborat davlat tashkil qilishga haqli. Har bir hududiy-maʼmuriy birlik uchun siyosiy chegaralar madaniy-etnik chegaralarga toʻgʻri kelishi kerak. Shunday qilib millat aniq chegaralangan hududda oliy (suveren) hokimiyatga ega.
Davlat qurish jarayonidagi millatning birlamchiligi. Millat butun siyosiy hokiniyatning manbaidir. Hukumatning yagona legitim turi milliy oʻzini oʻzi boshqarishdir. Millatning har bir aʼzosi siyosiy jarayonda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
Milliy oʻzlik. Millatchilik bitta maʼmuriy-hududiy birlik doirasida til va madaniyat umumiyligi boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi. Odomlar erkinlik va salohiyatlarini realizatsiya qilish uchun oʻzini millatga bogʻlashadi. Boshqa tarafdan, millat oʻzini hech qaysi guruhga mansubligini his etmaydiganlarga ham aʼzolik va oʻzlik (identifikatsiya) beradi.
Birdamlik. Birlikka maʼlum bir madaniyatni majburan singdirish bilan emas, balki insonlarning muhabbat va aka-ukachilik asosida birlashuvi evaziga erishiladi. Aʼzolar birdamlik iplari his etishi va bir xil emas, balki bir birlarini toʻldirib harakat qilishlari muhim sanaladi.
Millat oliy qadriyat sifatida. Alohida shaxsning milliy davlatga sodiqligi shaxsiy va boshqa guruhbozlik manfaatlaridan ustun. Fuqarolarning vazifasi — oʻz davlatining legitimligini (qonuniyligini) ushlab turish. Milliy davlatni mustahkamlash hurriyat va osoyishtalikni taminlanishining bosh shartidir.
Ommaviy taʼlim. Odamlar millatning hayotida toʻlaqonli ishtirok etish va uning millati, tarixi, tili bilan bogʻlanish uchun har tomonlama taʼlim olishlari kerak.
Millatchilik millatlarning farqlarini, koloritini, oʻziga xosligini taʼkidlaydi. Bu xususiyatlar madaniy-etnikdir. Milliy oʻzlikni anglash madaniyatga chetdan kelgan qoʻshimlarni anglashga va oʻz millati foydasiga keyinchalik boshqa madaniyatlardan yaxshi taraflarini olish istiqbollarini tahlil qilishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari millatchilik millatni shaxsiyatning ekvivalenti, iqtimoiy organizm sifatida koʻradi. Insonlarning, ularning ijtimoiy darajasi va kelib chiqishidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi millatlarning, ularning kuchi va kattaligidan qatʼi nazar, xalqaro qonunchilik nuqtai nazaridan tengligiga toʻgʻri keladi. Millat shuningdek hozirgi avlodni oldingilari va boʻlajak avlodlar bilan bogʻlab turadi, bu esa odamlarni oʻzini qurbon qilishga, hatto millatni qutqarish uchun jonini berishga chorlaydi.
Oldinga qoʻyilgan va hal etilayotgan masalalarning mohiyatiga qarab, zamonaviy dunyoda bir nechta turdagi milliy harakatlar shakllanmoqda. Siyosiy va etnik millatchilik tushumchlarini kiritgan Hans Konning klassifikatsiyasi eng keng qoʻllaniladi.[5] Koʻpchilik mutaxassislar (Konning oʻzi ham) har bir shakllangan millat bu ikkita komponentni oʻzida mujassam etadi, deb hisoblashadi.
Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligi (boshqa nomlari: inqilobiy-demokratik, siyosiy, gʻarb millatchiligi) davlat legitimligi fuqarolarning siyosiy qarorlarni qabul qilishda faol ishtiroki bilan belgilanadi. Millat irodasini aniqlashning asosiy instrumenti saylovlar, referendum, soʻrov, ochiq ijtimoiy bahs shaklida boʻlishi mumkin boʻlgan plebissit sanaladi. Insonning millatga mansubligi shaxsiy tanlov asosida aniqlanadi va fuqarolik bilan tenglashtiriladi. Odamlarni ularning fuqarolar sifatidagi teng siyosiy statusi, qonun oldidagi tenglik, millatning siyosiy hayotida ishtirok etish shaxsiy xohishlari umumiy siyosiy qadriyatlarga va fuqaroviy madaniyatga talpinish birlashtiradi. Millat bir biri bilan bitta hududda yashshni istaydiganlardan tashkil topishi muhim sanaladi.
Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligining quyidagi turlarini ajratishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |