Aim.Uz
Til oilalari. Til-ijtimoiy hodisa Ona tili-davlat tili.
Tillar oilalari — kelib chiqishi jihatidan oʻzaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksikgrammatik xususiyatlariga koʻra oʻxshash tillar majmui. Tillar oilasini tashkil etuvchi tillarning bir-biriga yaqin yoki uzoq qarindoshligi tilshunoslikda qiyosiytarixiy metod orqali belgilanadi. Oila tushunchasi terminologik jihatdan hajman oʻzgaruvchandir. Qarindosh tillarning ayni bir majmuasi gogʻ guruh deb, goh oila deb atalishi mumkin. Mas., eroniy tillar oʻz ichki boʻlinishi nuqtai nazaridan oila deb, hindevropa tillari oilasiga mansubligi jihatidan esa guruh deb atalishi mumkin. Aniqlanishi qiyin va oʻzaro ancha uzoklashib ketgan tillarning oilalari (mas., indeys tillari) uchun "makrooila", "filiya", "fila" terminlari ham qoʻllanadi.
Har bir Tillar oilasi bir necha oʻnlab tillarni oʻz ichiga oladi va ular, oʻz navbatida, birbiriga yaqinligiga qarab, tarmoqlarga (shoxobchalarga) boʻlinadi. Tarmoqlardagi tillarning oʻzaro yaqinligi ham bir xil boʻlmaydi. Shunga koʻra, ular guruhlarga, guruxlar esa guruhchalarga boʻlinib, tasnif va tavsif etiladi. Mas., uzbek, uygur, qirgʻiz, qozoq, tuva, qaraim, tatar, boshqird, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, chuvash singari 20 dan ortiq til turkiy Tillar oilasini tashkil etadi. Ushbu oila, oʻz navbatida, 6 ta guruh va guruhchalarga boʻlinadi (A.N.Samoylovich tasnifi).
Jahon tillarini 200 yildan beri qiyosiytarixiy metod asosida tadqiq etish natijasida Tillar oilasining genealogik (kelib chiqishiga koʻra) tasnifi yaratilgan. Lekin ayrim ulik tillar va jonli tillar (mas., yapon, koreys, ayn, bask tillari va boshqa tillar) yetarli darajada oʻrganilmaganligi tufayli, ularni biror til oilasiga kiritish qiyin. Tillarni anik,, batafsil oʻrganish, tadqiq etish Tillar oilasini toʻgʻri belgilashga yordam beradi. Keyingi yillardagi tadqiqotlar tufayli hom Tillar oilasi yoʻqligi, balki bitta somhom (afroosiyo) Tillar oilasi borligi aniqlangan. Bir qator tilshunoslar moʻgʻul, tungusmanjur va turkiy tillarni (bularning har biri alohida Tillar oilasi hisoblanadi) bir umumiy Tillar oilasiga — oltoy Tillar oilasiga birlashtiradilar. Boshka guruh tilshunoslar esa oltoy, hindevropa, somhom, ural, dravid kabi tillar (juda qad. zamonlarda) qarindosh boʻlgan deb, ularni bitta Tillar oilasiga birlashtirganlar (q. Nostratik tillar). Lekin bunday faraziyalar hozircha oʻz isbotini topgani yoʻq.
Amerika va Afrikadagi mahalliy aholining tillari juda koʻp va xilmaxil boʻlsada, ularning aksariyati yaxshi oʻrganilmagan. Ularning kam oʻrganilganligi hamda mahalliy tillarning borgan sari kamayib borayotganligi ushbu hududlarda Tillar oilasi ni toʻgʻri belgilashga imkon bermaydi. Shunday boʻlsada, indeys tillarining Shim. Amerikada 7 ta, Meksika va Markaziy Amerikada 3 ta, Jan. Amerikada 20 dan ortiq oilasi borligi aniqlangan. Har bir oila 15—20 tadan 100 tagachatilni qamrabolgan. Mac, Mapkaziy va Jan. Amerikada keng tarqalgan chibcha Tillar oilasi, oʻz navbatida, 20 guruhga boʻlinadi va jami 70 ga yaqin tilni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |