Mavzu: Keksa yoshda unimli ovqatlanish



Download 196,48 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi196,48 Kb.
#839073
Bog'liq
8--mavzu


Mavzu: Keksa yoshda unimli ovqatlanish

Gerodietologlar (keksalar parhezi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar)ning fikriga


ko‘ra yoshi ulug‘ insonlarning taomnomasida geroprotektorlar (qarishni
sekinlashtiruvchi moddalar)ning mavjud bo‘lishi muhim ahamiyatga ega ekan.
Ulardan antioksidantlar (saraton(rak) hujayralari paydo bo‘lishining oldini oluvchi
moddalar) yaxshi o‘rganilgan. Bular aminokislotalar (metonin, tsistein, glutamin
kislota), vitaminlar, askorbin kislota (S vitamini), nikotin kislota va V guruhi
vitaminlari, R, A, E, K vitaminlari, A provitamini – karotindir. Yana shu moddalar
sirasiga kiruvchi mineral moddalar (magniy, rux, temir moddasi, mis) ham
yoshlikni uzaytiradi. Ushbu guruhga kiruvchi moddalar bioflavonoidlar, o‘simlik
steroidlari, betanidin (qizil lavlagiga rang beruvchi modda) qichitqio‘tda, qizil
lavlagida, kashnich, marmarak, estragon, rozmarin giyohlarida ham mavjud.
Shuningdek, antioksidantlarga olma, uzum, choy, sut mahsulotlaridan qatiq,
suzma, ayron, qimiz, qimron (tuya suti), echki suti kabi mahsulotlar kiradi. Yana
mutaxassis-shifokorlar tomonidan antioksidant mahsulotlari stress (ruhiy
zo‘riqish)ning oldini olishi haqida ham fikr bildirilmoqda.

Shunday qilib barvaqt qarishning hamda turli kasalliklarga chalinishning oldini


olish uchun inson bir kecha-kunduzda 8 soat to‘yib uxlashi va to‘g‘ri
ovqatlanishi, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi shart. Keksalar
o‘z mijozlariga qarab engil hazm bo‘ladigan parhez taomlarni oz-ozdan va tez
-tez iste’mol qilishlari kerak. Ya’ni, yog‘siz go‘sht, parranda, baliq
mahsulotlarini qaynatib, sabzavotli garnirlar bilan iste’mol qilish maqsadga
muvofiqdir. Sabzavotlar ushbu oziq-ovqat mahsulotlarining biologik qiymatini
oshiradi.
Haftaning boshqa kunlarida esa sabzavotli sho‘rva, meva qoqilari (olxo‘ri, olma,
turshak, anjir) solingan suli, tariq, manniy bo‘tqalarini tayyorlash foydadan xoli
bo‘lmaydi. Dengiz mahsulotlari(dengiz karami, kalьmar, krevetka, qisqichbaqa,
dengiz baliqlari)dan tayyorlangan taomlar esa parishonxotirlikning oldini oladi.
Ayniqsa, ularni 70 yoshdan keyin muntazam iste’mol qilish xotira pasayishini
kamaytiradi. Yog‘li hayvon mahsulotlarini keksalar chegaralangan miqdorda
eyishlari kerak. Masalan, kurka go‘shti, yog‘li mol yoki qo‘y go‘shti, hayvon
buyraklari, miyasi, ichak-chavoqlari kabi mahsulotlarda xolesterin miqdori ko‘p
bo‘ladi. Shu sababli bu modda qon tomirlarda tiqilmalar hosil qiladi.

Shakarni bir kunda 30 gramm(to‘rt choy qoshiq) eyish mumkin. Tuz iste’mol


qilishni bir kunda bir choy qoshiqdan oshirmaslik kerak. Non mahsulotlaridan
qora javdar unidan yoki bir kun avval yopilgan non, shuningdek, kepakli qora
undan tayyorlangan nondan 200 gramm tanovul etish tavsiya etiladi. Keksalar
uchun turli yormalar(suli yormasi, arpa, tariq, ko‘k no‘xot) agar qarshi
ko‘rsatmalar bo‘lmasa no‘xot, qizil va oq loviya, moshdan tayyorlangan turli
taomlar tanovul etish mumkin.
Yana qariyalar taomnomasiga 20-30 gramm sariyog‘, shuncha
miqdorda o‘simlik yog‘i qo‘shing. Ko‘proq sarxil meva va sabzavotlar
tanovul etish, bir kunda oz-ozdan 4-5 marta ovqatlanish maqsadga
muvofiqdir. Uyqudan 2-3 soat oldin kechki ovqatni eyish kerak.
Yotishdan avval esa bir stakan qatiq yoki suyuq biokefir ichish darkor.
Olma yoki sabzi eyish mumkin.

Keksalar taomnomasida organizm uchun zarur bo‘lgan barcha


vitaminlar va makro hamda mikro moddalar mavjud bo‘lishi shart.
Chunki, organizmning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun inson
vujudiga zarur bo‘lgan birorta modda etishmasa sog‘liqqa jiddiy putur
etadi. Doim bir xil ovqatlanish ham zarar. Turli-tuman oziq-ovqat
mahsulotlaridan turfa taomlar tayyorlash darkor.

Mavzu yuzasidan savollar


1.Gerodietologlar deb kimlar aytiladi?
2.Keksalar mijoziga mos keluvchi taomlarni sanab o'ting?
3.Erta qarishning oldini olish uchun inson 1 kecga kunduzda necha soat uxlashi kerak?
4.Keksalar taomnomasida geroprotektorlar ahamiyati qanday?
5. 70 yoshdan keyin xotiraning pasayishini oldini olish uchun qanday mahsulotlar iste'mol qilinadi?
6.Antioksidantlarga misollar keltiring ?
7. Keksalar taomnomasida qanday taomlar bo'lishi joiz deb o'ylaysiz ?
8. Keksalar orasida keng tarqalgan kasalliklarda nima uchun ko'pincha parxez buyuriladi?
9.Xamirli taomlar keksalarga qanday ta'sir ko'rsatadi?
10.Keksa yoshdagi insonlarning asal iste'mol qilishi qanchalik foydali deb o'ylaysiz?
Download 196,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish