Ijtimoiy siyosat


 Ijtimoiy siyosatning milliy modeli va jahon amaliyoti



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

4.5. Ijtimoiy siyosatning milliy modeli va jahon amaliyoti 
Jahon amaliyoti, jumladan, Yevropa Ittifoqida ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar xalqaro va milliy darajada tartibga solinadi. Hozirgi vaqtda YI 
faoliyatining muhim yo‗nalishlarini qamrab oluvchi umumiy darajada 
tartibga solish ustuvorlik kasb etmoqda. Shu bilan birga milliy darajada 
tartibga solish yetakchi mavqega ega. Yevropada ijtimoiy siyosat 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini shakllantirish bosqichida dolzarb 
vazifalardan biri edi. Yevropa Ittifoqida ijtimoiy ta‘minot birinchi 
navbatda ishchilarni ijtimoiy himoyalashga taalluqli bo‗ldi. Yevropa 
Ittifoqi ijtimoiy siyosat qamrovini bosqichma-bosqich kengaytirib bordi 
va ijtimoiy siyosatning nisbatan faol dastaklaridan foydalana boshladi. 
Yevropa Ittifoqi va milliy darajalarda ijtimoiy himoya tizimini tartibga 
solish munosabatlarida ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, 
moliyalashtirish va ijtimoiy xizmatlarni ko‗rsatishda mas‘uliyat saqlanib 
qolgan. Aholining qarishi jarayonining chuqurlashuvi va aholi sonining 
qisqarib borishi sharoitida Yevropa Ittifoqi ijtimoiy modeli qator 
muammolarga duch kelmoqda.
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati mintaqaviy xalqaro integratsion 
iqtisodiy tashkilot bo‗lishiga qaramasdan boshidanoq ijtimoiy siyosatga 
alohida e‘tibor qaratdi. Rim shartnomasining ijtimoiy siyosat bo‗yicha 
117–128-moddalarida ittifoqqa a‘zo mamlakatlar o‗rtasida ta‘lim, 
bandlik, mehnat sharoiti, ijtimoiy ta‘minot, jamoaviy shartnomalarni 


95 
tuzish jarayonlarida hamkorlik olib borish to‗g‗risida, a‘zo-mamlakatlar 
ishchi migrantlari uchun ijtimoiy ta‘minot tadbirlarini amalga oshirishda 
bir xil mehnatga haq to‗lash tamoyili ma‘qullandi. Mehnatkashlarni 
ishga joylashtirish, geografik, kasbiy harakatchanligini rag‗batlantirish 
va bandlik sohasida yordam ko‗rsatish maqsadida Yevropa ijtimoiy fondi 
tuzildi. 
Xalqaro mintaqaviy integratsion birlashma hisoblangan Yevropa 
iqtisodiy hamjamiyati ijtimoiy siyosatining maqsadi ishchi kuchining 
Hamjamiyat doirasida erkin harakatlanishini qo‗llab-quvvatlash va 
raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan edi. A‘zo mamlakatlar 
ijtimoiy ta‘minot tizimi, asosan, sug‗urta tamoyiliga asoslanganligi bois 
ayrim mamlakatlarda bandlikka sarflanayotgan ijtimoiy xarajatlarning 
ortishi ijtimoiy dempingni keltirib chiqarishi mumkin edi. Chunki 
kompaniyalar ishchi kuchi arzon hududlarga ishlab chiqarishni 
joylashtira boshlashdi. Yagona bozorning amal qilishi esa kutilayotgan 
foydani qayta taqsimlashga zarurat qoldirmasdan avtomatik tarzda 
ijtimoiy rivojlanishga olib keladi. 1970 yillarning o‗rtalariga kelib neft 
inqirozlari ta‘sirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiy o‗sish 
sekinlashdi va ijtimoiy uyg‗unlikka avtomatik tarzda erishish shubha 
ostida qoldi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida faol ijtimoiy islohotlarni amalga 
oshirish boshlandi. Yevropa Ittifoqida 1974-yilda qabul qilingan ijtimoiy 
islohotlar dasturi to‗g‗risidagi qarorda milliy ijtimoiy siyosatning 
maqsadlarini ishlab chiqish, ijtimoiy mumamolarni hal etishni 
standartlashtirmaslik va a‘zo mamlakatlardan ijtimoiy siyosat uchun 
mas‘uliyatni olib tashlash kabi vazifalar belgilandi. 1980-yillarda kasaba 
uyushmalari va ish beruvchilar o‗rtasida ijtimoiy muzokaralar uchun 
―ijtimoiy hudud‖ni qoldirish to‗g‗risida qarorlar qabul qilindi. ―Ijtimoiy 
hudud‖ ishchilarning kafolatlangan ijtimoiy huquqlari maqsadi va 
minimal chegaralarini belgilash imkonini berdi.
Ishchilarni minimal himoya qilish bo‗yicha muzokaralar 1989-yilda 
Ishchilarning asosiy ijtimoiy huquqlari Xartiyasining qabul qilinishiga 
olib keldi. Xartiyaning faoliyat dasturida ijtimoiy siyosatda milliylikning 
saqlanib qolishi muhimligi tan olindi. Maastrixt shartnomasida esa 
subsidarlik tamoyili qabul qilindi. Subsidarlik tamoyili jamiyatni 
boshqarish ―quyidan yuqoriga‖ qarab amalga oshirilishini ko‗zda tutadi. 
Ushbu tamoyil Yevropa Ittifoqi ijtimoiy ta‘minot muammolari milliy 
darajada samarali amalga oshirilsagina unga ruxsat berishini anglatadi. 


96 
Yevropa Ittifoqining kengayishi bosqichlarida ijtimoiy siyosat 
tamoyillari kelishib olindi. Yevropa Ittifoqining ilk a‘zolari ijtimoiy 
himoya tizimi (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg va 
Niderlandiya) bandlik asosida sug‗urta tamoyiliga asoslangan Bismark 
yoki 
kontinental 
model 
hisoblangan. 
1970-yillardagi 
Yevropa 
Ittifoqining yangi a‘zolarini (Daniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya) soliqqa 
tortish asosida moliyalashtiriladigan va umumiy qamrovga ega ijtimoiy 
himoya tizimiga ega edilar. Yevropa Ittifoqiga 1980-yillarda a‘zo 
bo‗lgan janubiy mamlakatlar (Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya)da ijtimoiy 
ta‘minot tizimi yaxshi rivojlanmagan bo‗lsa, 1995-yilda a‘zo bo‗lgan 
Shimoliy Yevropa mamlakatlari (Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya, 
Avstriya) bilan birgalikda nemis modeliga yaqin modelga (Kipr, Malta) 
va o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlari (Bolgariya, Chexiya, Estoniya, 
Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya) 
ijtimoiy ta‘minotning umuman boshqa tizimlariga ega edilar. 
Yuqoridagi sabablarga ko‗ra, Yevropa Ittifoqi uchun ijtimoiy 
himoya tizimini uyg‗unlashtirish maqsadi dolzarb hisoblandi. 1990 
yillarga kelib ijtimoiy xarajatlarnng qisqarishi tendensiyasi bilan bog‗liq 
ravishda Yevropa Ittifoqida ijtmoiy ta‘minotni aralash tizimlariga tomon 
o‗zgarish yuz berdi. Yevropa Ittifoqining Sharqqa tomon kengayishi 
ijtimoiy ta‘minot tizimini uyg‗unlashtirishning yangi yondashuvlarini 
izlashni taqozo etmoqda. 
Yevropa Ittifoqi salkam yetmish yillik tajriba asosida ijtimoiy 
siyosatning ko‗p bosqichli boshqaruv tizimini ishlab chiqdi va uning 
tamoyillari Lissabon shartnomalarida o‗z ifodasini topdi. Ijtimoiy siyosat 
Yevropa Ittifoqining qarorlar qabul qilish jarayonida rivojlanib, 
takomillashib bordi. Qonunlarning qabul qilinishini yengillashtirish 
maqsadida 1986-yilda Yagona Yevropa to‗g‗risidagi Qonunda sog‗liqni 
saqlash va mehnat xavfsizligi, mehnat sharoiti, ishchilarga maslahatlar 
berish, ayollar va erkaklar tengligi, ishsizlarni mehnat bozoriga qaytarish 
sohasida ko‗pchilik ovoz yo‗li bilan qarorlar qabul qilish tartibi joriy 
etildi. 
Amsterdam 
shartnomasida 
bandlikda 
faol 
tadbirlar, 
Nitsa 
shartnomasida kamsitishga qarshi choralar, iqtisodiy va ijtimoiy 
hamjihatlikni qo‗llab-quvvatlash, Lissabon shartnomasida esa iqlim 
o‗zgarishiga qarshi kurash, energetika xavfsizligi va favqulodda 
gumanitar yordam sohalarida ko‗pchilik ovoz berish yo‗li bilan qarorlar 
qabul qilish tartibi uzaytirildi. Ammo barcha shartnomalarda ijtimoiy 


97 
ta‘minot va ijtimoiy himoya siyosati sohalarini uyg‗unlashtirish bo‗yicha 
hatti-harakatlarni bir ovozdan qo‗llab-quvvatlash tartibi saqlanib qoldi.
2000-yillarning boshida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rasmiy tarzda 
aholi ijtimoiy himoya tizimi uchun mas‘uliyatni o‗z zimmalariga olishdi 
va ushbu sohadagi maqsad va vazifalarni hal etishda yaqindan hamkorlik 
qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 1970- va 1980- yillardagi 
umumiy ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‗nalishlari jiddiy ijtimoiy-
demografik va iqtisodiy muammolar ta‘sirida o‗z dolzarbligini yo‗qotdi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yagona ijtimoiy siyosatni ishlab 
chiqish va amalga oshirish to‗g‗risida umumiy qarorga kela olishmasa-
da, XX1 asrda a‘zo mamlakatlar duch kelayotgan ijtimoiy muammolarni 
hal etish zarurligini tan olishmoqda. Iqtisodiyotdagi texnologik va 
tarkibiy o‗zgarishlar bilan bir vaqtda yuz berayotgan global demografik 
tendensiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy ta‘minot tizimini 
isloh etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
O‗zbekistonda davlat va uning tuzilmalalari quyidagi ijtimoiy 
masalalarning hal etilishini ta‘minlaydi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish