“Ijtimoiy munosabatlar
– guruhlar va jamoalar o‗rtasidagi
uyg‗unlashuv munosabati (sinfiy, milliy, jamoaviy). Jamiyatda turli
mavqega ega kishilar guruhlari o‗rtasidagi munosabat, unda barchaning
birdek qatnashmasligi, ya‘ni
iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy hayotda,
turmush tarzi, daromadlarining darajasi va manbalari, shaxsiy iste‘mol
tuzilishini turli tarkibga egaligi, o‗zaro hamkorlik yoki nizo tavsifini
olishi mumkin (mazkur guruhlarning manfaatlari mos kelishi yoki
to‗qnashishi asosida). Ijtimoiy munosabatlar tavsifi va ular tizimidagi
insonning o‗rni, ijtimoiy ong shakllanadigan va qayta shakllanadigan
tamoyillar (tasavvurlar, bilimlar)ga bog‗liq. Shunday tamoyil sifatida
zamonaviy jamiyatlarda «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»
99
qabul qilinadi, bunda insonning huquqi jamiyat uchun ajralmas va
muqaddas deb tan olinadi‖.
Ma‘lumki, xodimlarga o‗n besh ish kunidan kam bo‗lmagan muddat
bilan yillik mehnat ta‘tili beriladi. Yillik mehnat ta‘tili birinchi ish yili
uchun olti oy ishlagandan keyin beriladi. Ish yili mehnat shartnomasiga
binoan ish boshlangan kundan e‘tiboran hisoblanadi.
Mehnat ta‘tili quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo‗yicha olti oy
o‗tmasdan oldin beriladi:
- ayollarga homiladorlik va tug‗ish ta‘tili oldindan yoki undan keyin;
- I va II guruh nogironlariga;
- o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslarga;
- muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‗shatilgan va ishga
joylashgan harbiy xizmatchilarga.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda ijtimoiy yordamning quyidagi
turlari bilan ta‘minlanadi:
- nafaqalar;
- imtiyozlar, kafolatlar, afzalliklar;
- ijtimoiy xizmatlar;
- bir yo‗la (nomuntazam) beriladigan moddiy yordam.
Quyidagilar ijtimoiy himoya ob‘ektlari hisoblanadi:
- nafaqa yoshiga yetganlar;
- nogironlar;
- boquvchisini yo‗qotgan bolalar;
- kam ta‘minlangan oilalar bolalari;
- ishsizlar;
- homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band bo‗lgan
ishlamayotgan ayollar;
- kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar;
- o‗quvchi yoshlar;
- mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band bo‗lgan ishlamayotgan
mehnatga layoqatli fuqarolar.
Pensionerlar – bular pensiya yoshiga yetganligi yoki nogironlik
oqibatida mehnat qobiliyatini yo‗qotgan shaxslar, jumladan,
boquvchisini yo‗qotgan bolalar (etimlar)dir. Shaxslarni ushbu qatlamini
ijtimoiy himoyalash pensiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ishsizlar – bular turli sabablar tufayli ishini yo‗qotgan va ishga
joylashishi ishtiyoqi bo‗lgan 16 yoshdan boshlab to pensiya yoshigacha
mehnat qobiliyatiga ega shaxslardir. Bunday shaxslarni ijtimoiy
himoyalash ishsizlik bo‗yicha nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi.
100
Kam ta‘minlangan oilalarning bolalari — bular oilani har bir
a‘zosining umumiy daromadi rasmiy belgilangan tirikchilik qilish uchun
zarur miqdordan kam bo‗lgan oilalardagi mehnat qilish yoshiga
yetmagan bolalardir. Ularni ijtimoiy himoyalash nafaqa tizimi orqali
amalga oshiriladi.
Homilador ayollar – bular farzand tarbiyasi bilan band bo‗lgan
tug‗ruq ta‘tilidagi ayollardir. Davlat aholining mazkur toifasini ijtimoiy
himoyaga olgan va ularning farzandlari 2 yoshga yetgunga qadar
nafaqalar bilan ta‘minlanadi.
Inson – jinsi, yoshi, millati, e‘tiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan
qat‘i nazar, har bir kishi uzoq va munosib umr kechirishi – ta‘lim olish,
yaxshi kasb-hunar egallash, o‗z mehnati bilan o‗zining va yaqinlarining
turmush farovonligini ta‘minlash, oilali va bola chaqali bo‗lishni orzu
qiladi.
Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda, taraqqiyot va farovonlikka
intilayotgan davlatning vazifasi har bir fuqarosiga to‗laqonli faoliyat
yuritish uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Sanab o‗tilgan qoida va tamoyillar O‗zbekiston Respublikasida
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik jamiyat
qurishning o‗ziga xos modelida o‗zining ifodasini topgan. Bozor
iqtisodiyotiga o‗tishning tamoyili etib inson farovonligi yo‗lida kuchli
ijtimoiy yo‗naltirilgan siyosat yuritish, bunda aholini tarkibiy
o‗zgarishlar tufayli ro‗y berishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlardan ijtimoiy
himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Har tomonlama puxta o‗ylangan va tarixiy an‘analarimiz,
xalqimizning o‗ziga xos dunyoqarashi, demografik rivojlanish
jarayonlarini e‘tiborga olgan holda tanlangan ijtimoiy yo‗naltirilgan
bozor
iqtisodiyotiga
ega
demokratik
jamiyat
qurish
modeli
O‗zbekistonga kamroq ijtimoiy-iqtisodiy yo‗qotishlar evaziga bozor
iqtisodiyotiga o‗tish davri qiyinchiliklarini yengish, makroiqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlash asosida aholi turmush darajasini oshirish va
turmush sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Ijtimoiy siyosatning aholini ijtimoiy ta‘minlash va davlat ijtimoiy
kafolatlari kabi ustuvor yo‗nalishlarini farqlash mumkin. Ijtimoiy
ta‘minot pensiya ta‘minoti, nafaqalar bilan ta‘minlash, aholining ayrim
tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va
ijtimoiy xizmat ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi. Ikkinchi yo‗nalish esa
jamiyatning bir me‘yorda rivojlanishi, sog‗liqni saqlash, ta‘lim,
101
madaniyat va sog‗lomlashtirish, jumladan, bilim olish, kasb tanlash, turar
joyga ega bo‗lish kabi huquqlarini ta‘minlash bilan bog‗liq.
Ijtimoiy ta‘minot davlat ijtimoiy sug‗urtasi, respublika byudjeti
mablag‗lari, mahalliy byudjetlar mablag‗lari, xayriya tashkilotlari,
jamoat tashkilotlari kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda xususiy shaxslar
faoliyati bilan bog‗liq holda rivojlandi.
Mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini bir vaqt-ning o‗zida
amal qiladigan va bir-birini to‗ldiruvchi to‗rtta quyidagi tizimga ajratish
mumkin: davlat ijtimoiy ta‘minoti, davlat ijtimoiy sug‗urtasi, jamoa
ijtimoiy sug‗urtasi va shaxsiy sug‗urta.
Davlat ijtimoiy ta‘minoti aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj
qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko‗rsatiladigan yordamdir.
Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalashtiriladigan
ushbu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini
kafolatlaydi.
Davlat ijtimoiy sug‗urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U
majburiy bo‗lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‗urta badallari,
davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Jamoa sug‗urtasi yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy
yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin, bunda ish beruvchilar
va mehnatkashlarning sug‗urta badallari to‗lov manbalari bo‗lib xizmat
qiladi.
Shaxsiy sug‗urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u
ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‗urta badallari hisobiga amalga
oshiriladi.
Birinchi ikki quyi tizimning ish tamoyili – birdamlik, uchinchisiniki
subsidiyalash, to‗rtinchi, ya‘ni shaxsiy sug‗urtaniki esa mutanosiblik
tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab,
fuqaro to‗lagan soliqlar va sug‗urta badallari miqdorini hisobga
olmasdan taqsimlanishini ko‗zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa
muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda
to‗lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko‗rsatiladi.
Mutanosiblik tamoyili to‗langan sug‗urta badallariga proporsional
miqdorda yordam ko‗rsatishni ko‗zda tutadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoya qilishni
quyidagi tamoyillari ham qo‗llaniladi:
- umumiylik;
- ochiqlik;
- ko‗ptomonlamalik;
102
- ta‘minot turlarining xilma-xilligi;
- muvofiqlik (ya‘ni ijtimoiy yordam miqdorini iqtisodiy taraqqiyot
darajasiga mosligi).
Davlat ijtimoiy ta‘minoti va sug‗urtasining quyidagi turlari mavjud:
- davlat ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy
nafaqalar;
- davlat pensiya ta‘minoti;
- qariyalar uylarida keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash
va ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish;
- nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari
bilan ta‘minlash;
- bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga
qarash va tarbiyalash;
- nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
- aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta‘minlash;
- uylarda ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik
jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni
amalga oshirish orqali ta‘minlash mumkin. Amaliyot tahlillari
ko‗rsatishicha, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‗liq. Ijtimoiy masalalar
mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga
faol ta‘sir etadi. Shuning uchun ham har qanday jamiyatning ijtimoiy
islohotlarni davomli amalga oshirib borishi hayotiy ehtiyojdir. Bozor
islohotlari muayyan ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi va ushbu
holat bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‗tishda namoyon
bo‗ladi.
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi
pul muomalasi barqarorligini ta‘minlash, iste‘mol narxlarining keskin
o‗sishiga barham berish, aholini ijtimoiy himoyalash va qo‗llab-
quvvatlashga qaratilgan choralarni aniq belgilash, jumladan, kishilar
uchun shakllangan turmush tarzining buzilishi, ijtimoiy fe‘l-atvor,
boqimandalik kayfiyatining o‗zgarishi kabi ijtimoiy muammolar ko‗lami
yuzaga keladi.
Ijtimoiy sohani isloh qilish quyidagilarga qaratiladi:
- ijtimoiy ziddiyatlar keskinligini kamaytirish;
-
odamlarning
yangi
turmush
sharoitlariga
moslashishini
osonlashtirish;
103
- davlat byudjetdan tashqari maqsadli ijtimoiy iste‘mol fondlarini
tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a‘zosi foydalanishini
kafolatlaydigan qonunlar qabul qilish;
- davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‗urta fondini tashkil etish;
- ko‗rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlar uchun davlat
tomonidan beriladigan imtiyozlar;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan mahsulotlar va xizmatlar
narxlaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash;
- ijtimoiy sohaning yetakchi tarmoqlari (ta‘lim, sog‗liqni saqlash,
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasini qo‗llab-
quvvatlash va mustahkamlash;
- mehnat jamoasi tomonidan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish
tizimini takomillashtirishga doir shart-sharoitlar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |