Ijtimoiy siyosat


BMTning aholini demografik keksayish darajasini baholash



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

BMTning aholini demografik keksayish darajasini baholash 
shkalasi
54
 
Bosqichlar 
 
Aholining keksayish darajasi 

<4 
Demografik yosh aholi 

4-7 
Demografik keksayish arafasidagi 
mamlakatlar 

>7 
Demografik keksa mamlakatlar 
BMT tomonidan aholini demografik yosh tarkibi jihatdan 
keksayishini baholash amaliyotida yuqorida keltirilgan ikki usulni 
umumiy tarzda o‗zida aks ettiruvchi uslubiyotga ko‗ra, mamlakatlardagi 
jami aholi tarkibida 60 yosh va undan kattalarning ulushiga ko‗ra 
demografik yosh, keksayib borayotgan, keksa va demografik keksa 
mamlakatlar guruhlariga ajratiladi (5.1.3-jadval). 
 
5.1.3-jadval 
Mamlakatlarning aholini keksayish darajasiga ko‘ra guruhlanishi
55
Jami aholi tarkibida 60 va undan 
katta yoshdagilarning ulushi, %da 
Guruhning nomi 

8 foizdan kam 
Demografik yosh 

8-10 
Keksayib borayotgan 

10-12 
Keksa 

12 foizdan yuqori 
Demografik keksa 
Aholini mehnatga layoqatli va pensiya yoshidagi aholi qatlamining 
o‗zaro nisbati orqali demografik vaziyatlarning mamlakatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatga ta‘siri baholanadi. Keksayish davrini boshidan 
kechirayotgan mamlakatlarda bugungi kunda demografik yukning 
vujudga kelishi mehnatga layoqatli aholi bilan pensionerlar o‗rtasidagi 
nisbatlarning buzilishida yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. 
Aholini demografik keksayish jarayonining mamlakat pensiya 
tizimiga ta‘siri potensial va pensiya yuklari orqali baholanadi.
Potensial yuk odatda 15-16 yoshgacha bo‗lgan aholi sonining 
(mamlakatda amal qilayotgan qonunchilikka asosan mehnat qilish 
54
Манба: Медков В. М. Демография. – М.: Инфра-М, 2008. - 688 с. маълумотлари асосида тузилган 
55
Манба: Бирлашган миллатлар ташкилоти маълумотларига асосан муаллиф томонидан тузилган. 


120 
qobiliyatiga ega bo‗lmagan, yosh bo‗lgan aholi qatlami) mehnat 
qobiliyatiga ega bo‗lgan aholi soniga nisbatan aniqlanadi. 
Demografik keksayishning pensiya yuki esa pensionerlar sonini 
mehnat qobiliyatiga ega bo‗lgan aholi soniga nisbati orqali hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilgan ikki ko‗rsatkichlarni o‗zaro yig‗indisini 
hisoblagan holda mamlakatdagi demografik yuk ko‗rsatkichi aniqlanadi. 
Ushbu ko‗rsatkich mehnatga layoqatli bo‗lgan aholining qay darajada 
bosim ostida qolganini ifodalaydi. 
Keltirib o‗tilgan turli indikatorlar va ko‗rsatkichlar tizimi har bir 
mamlakat yoki mamlakatlar guruhlaridagi demografik vaziyatlarni 
munosib baholash imkonini beradi. Olingan natijalar orqali esa amalga 
oshirilishi lozim bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar dasturini 
ishlab chiqishda tegishli o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish mumkin 
bo‗ladi. 
XXI asrning bo‗sag‗asida aholining yosh tarkibida keksalarning 
ulushi ortib borishi holati rivojlangan mamlakatlarga xos xususiyat edi. 
Hozirgi ushbu muammo barcha mamlakatlarda yaqqol ko‗zga 
tashlanmoqda va dunyo mamlakatlarida global aholini qarishi 
muammosini vujudga keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammo rivojlangan 
mamlakatlarda uzoq yillar mobaynida davom etib kelayotgan bo‗lsa ham 
rivojlanayotgan, o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlarida esa endilikda 
boshlandi.
56
Demografik vaziyatlarda aholining keksayish jarayonini ikki xil turi 
mavjud bo‗lib, ular aholining yosh tarkibi bo‗yicha olib qaraganda 
keksalar ulushining ortishiga olib kelgan sababga ko‗ra ―quyi‖ va 
―yuqori‖ qatlamdan keksayishi deb nomlanadi.
57
―Quyi qatlamdan keksayish‖ deganda, mamlakatda tug‗ilish 
koeffitsiyentining avvalgi yillarga nisbatan kamayib ketishi nazarda 
tutiladi. Ma‘lum bir mamlakatdagi demografik vaziyatlar o‗zgarishi 
kuzatilgan taqdirda, mazkur mamlakatda 20-30 yildan so‗ng aholi 
tarkibida pensiya yoshidagi aholi va mehnat resurslari o‗rtasidagi nisbat 
o‗zgarib boradi va natijada pensiya yoshidagi aholi soni ortib borishi 
namoyon bo‗ladi. 
―Yuqori qatlamdan keksayish‖ – bunda aholining umr davomiyligi 
ko‗rsatkichi ortib boradi. O‗z navbatida mamlakatda pensiya yoshidan 
keyingi davrda kutilayotgan umr davomiyligi ham ortib boradi. Ma‘lum 
56
Social policy. P. 147-148 
57
Медков В.М. Демография. – М.: Инфра – М, 2008. С. 133-136 


121 
bir davr o‗tgandan so‗ng esa aholi tarkibida pensionerlarning ulushi ortib 
borishi kuzatiladi. 
Demografik vaziyatlarning o‗zgarishi jarayonida bir fazadan 
boshqasiga o‗tishda aholining qarishiga sabab bo‗layotgan ikki omilni 
ajratib ko‗rsatish mumkin bo‗ladi. Bular umr davomiyligining ortishi 
hisobiga o‗lim darajasining kamayishi va tug‗ilish koeffitsiyentining 
qisqarishidir. 
Aholi 
umr 
davomiyligi 
ko‗rsatkichining 
tahlili 
shuni 
ko‗rsatmoqdaki, ushbu ko‗rsatkich mamlakatning iqtisodiy jihatdan 
taraqqiy etganlik darajasi bilan bog‗liqdir. Ya‘ni mamlakat qanchalik 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‗lsa, aholining umr ko‗rish davomiyligi 
shunchalik yuqori ko‗rsatkichga ega bo‗ladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish