131
tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda aholining ijtimoiy jihatdan
nochor qatlamlari absolyut va nisbiy kambag‗al aholi guruhlariga
ajratiladi.
70
Absolyut kambag‗allik (qashshoq aholi) – mamlakat aholisi
tarkibidagi aholining belgilangan minimal
turmush darajasidan past
darajada iste‘mol tovarlari va xizmatlar bilan ta‘minlangan aholi
guruhidan iborat.
Nisbiy kambag‗allik (kam ta‘minlangan aholi) – mamlakatdagi
o‗rtacha turmush darajasi ko‗rsatkichidan past darajada iste‘mol tovarlari
va xizmatlari bilan ta‘minlangan aholi guruhi hisoblanadi.
1980-yilda konservativ ijtimoiy davlatda
amalga oshirilgan siyosat
ijtimoiy ta‘minot dasturlari orqali mamlakatdagi kambag‗allik darajasini
qisqartirishga yo‗naltirilgan hisoblanadi. Jamiyatda kambag‗allikning
vujudga kelishi daromadlar tengsizligi orqali ifodalanadi.
71
Kambag‗allikka qarshi kurash chora-tadbirlari bevosita resurslarni
qayta taqsimlash jarayoni orqali amalga oshirilgan. Bunda kambag‗al
aholiga nisbatan turli ijtimoiy xizmatlarni ko‗rsatishda imtiyozlarni
berilishi nazarda tutiladi. Jahon amaliyoti shuni ko‗rsatadiki, ijtimoiy
jihatdan aholining nochor qatlamiga nisbatan bepul tibbiy xizmatlarni
joriy etilishi kambag‗allik darajasini qisqartirishga yo‗naltirilgan ijtimoiy
siyosat hisoblanadi. Konservativ davlatning ijtimoiy siyosatini amal
oshirishda ushbu chora-tadbirlar tizimi aholining
turmush darajasini
oshirishga zamin yaratgan.
XXI asr boshlaridan beri jahon mamlakatlarida aholini ijtimoiy
himoya qilish tizimining manzilliligini oshirish, byudjet mablag‗laridan
samarali
foydalanishga
qaratilgan
chora-tadbirlarga
ustuvorlik
berilmoqda. Ushbu holat aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini
aniqlash, ularni turli
ijtimoiy guruhlarga ajratish, mamlakatda ijtimoiy
muhtojlik bo‗yicha chegaralarni o‗rnatish bilan bir qatorda aholini aniq
va samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmini yaratish uchun zamin
yaratadi.
Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) va
Xalqaro mehnat tashkiloti
(HMT) ekspertlari tomonidan ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarini
aniqlashda mamlakatdagi turmush darajasidan kelib chiqqan holda
tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda asosiy e‘tibor
mamlakatda qabul qilingan va jamiyat tomonidan e‘tirof etilgan yashash
minimumi bilan iste‘mol savatchasi o‗rtasidagi nisbat aniqlanib,
70
Social policy. P. 180-181
71
Social policy. P. 181
132
belgilangan yashash minimumidan quyi
darajada yashayotgan aholi
qatlamlari ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlari hisoblanadi (5.6.1-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: