Ijtimoiy siyosat


 Daromadlarni taqsimlash va aholi farovonligini oshirish



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

5.7. Daromadlarni taqsimlash va aholi farovonligini oshirish 
masalalari 
Resurslarni qayta taqsimlash quyidagi yo‗nalishlarda amalga 
oshiriladi:
87
- vertikal qayta taqsimot (soliq mexanizmi orqali amalga oshiriladi); 
- gorizontal qayta taqsimot (tibbiy xizmatlardan foydalanish 
bo‗yicha imtiyozlar berish); 
- guruhlararo qayta taqsimot (aholi yoshi, jinsi, kasalligi kabi 
guruhlariga nisbatan ijtimoiy ta‘minotning qo‗llanilishi); 
- ijtimoiy sug‗urta tizimi orqali qayta taqsimot (majburiy ijtimoiy 
sug‗urta mexanizmi orqali amalga oshiriladi); 
- kutish samaradorligi (bozor iqtisodiyoti amal qilishi natijasida 
vujudga kelgan salbiy oqibatlarni davlatning ijtimoiy dasturlari doirasida 
amalga oshirilayotgan sog‗liqni saqlash, ta‘lim, bandlik sohalaridagi 
chora-tadbirlaridan kutilayotgan samara); 
86
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитасининг ―Уй хўжаликларини тадқиқ этиш 
методологиясининг низоми тўғрисида‖ги № 18 сонли Қарори, 24.12.2010 й. 
87
Social policy. P. 188-189 


143 
- salbiy oqibatlarni yumshatilish siklining davomiyligi (insonning 
umri davomida ijtimoiy ta‘minot dasturlaridan foydalanishi natijasida 
farovonlikka erishishi); 
- ajrimni kompensatsiyalash (oilalarda vujudga keladigan ajrimning 
salbiy oqibatlarini qisqartirish maqsadida farzandlarning ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida ota (yoki ona) tomonidan to‗lanadigan 
kompensatsiya to‗lovlari, ya‘ni aliment to‗lovi); 
- tashqi samara (ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari samarasining 
jamiyat tomonidan baholanishi). 
Yuqorida keltirib o‗tilgan ma‘lumotlar ijtimoiy siyosat dasturlarini 
qay darajada amalga oshirilishi zarurligini belgilab beradi (ya‘ni, 
demografik vaziyat, iqtisodiy siyosat, din, oila, aholi ijtimoiy qatlamlari, 
kambag‗allik va boshqalar). Ijtimoiy siyosatning samarasi esa uning qay 
darajada to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilishi lozim 
bo‗lgan chora-tadbirlar tizimining huquqiy asoslarini yaratish zarurati 
tug‗iladi. Ijtimoiy siyosatga oid qonuniy hujjatlar bevosita ijtimoiy 
siyosatning manzilli yo‗naltirilishini ta‘minlashi lozim. Natijada manzilli 
ijtimoiy siyosat dasturlarining amal qilishi va aholi farovonligini 
ta‘minlashga erishiladi. 
Mamlakatda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatni baholashda jamiyat 
a‘zolarining amalga oshirilgan chora-tadbirlar tizimidan qoniqish 
darajasi inobatga olinadi. Ushbu holat o‗z navbatida ijtimoiy siyosatning 
yanada takomillashishiga olib keladi. 
Mamlakatimizda aholi turmush darajasi va farovonligini o‗rganish, 
aholining ijtimoiy jihatdan tabaqalanishini baholash maqsadida har yili 
davlat statistika organlari tomonidan respublika miqyosida uy 
xo‗jaliklarini tanlama kuzatish usulida kuzatuvlar amalga oshirib 
boriladi. Bu turdagi kuzatuvlarni amalga oshirish uslubiyoti jahon 
standartlariga moslashtirilgan bo‗lib, Jahon banki, Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti va Yevropa iqtisodiy komissiyasining tavsiyalariga tayangan 
holda respublika hududlari bo‗yicha 10 000 uy xo‗jaliklari tanlab olinib 
ijtimoiy tadqiqotlar o‗tkaziladi. Ushbu tadqiqotlar natijalari o‗z 
navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan aholini ijtimoiy 
himoya qilish dasturlarining samaradorligini baholash imkonini beradi. 
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilgan aholini ijtimoiy 
himoya qilishning aktiv dasturlari samarasi o‗laroq 2000–2018-yillarda 
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan umumiy daromadlar muntazam oshib 
borib, 2000-yildagi 96,4 ming so‗mlik ko‗rsatkich 2018-yilga kelib 8 


144 
686,6 ming so‗mga yetdi. Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, so‗nggi 5 yil 
mobaynida mamlakatimizda aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi umumiy 
daromadlar nominal hisobda o‗rtacha 23,1 foizlik yillik o‗sish sur‘atiga 
ega bo‗lib kelmoqda (5.7.1-rasm).
96,4
371,8
1668,1
3361,5
3832,8
4218,7
4761,5
5750,2
8686,6
2000 y.
2005 y.
2010 y.
2013 y.
2014 y.
2015 y.
2016 y.
2017 y.
2018 y.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish