139
o‗zlarining sa‘y-harakatlariga bog‗liqligini nazarda tutadi. Jumladan,
yuqori darajadagi malaka va kasbiy ko‗nikmaga ega bo‗lish, insonlarning
daromadlarini mutanosib ravishda ortishiga olib keladi;
milliy boylikni qayta taqsimlash xususiyatlari – bu odatda ijtimoiy
ta‘minot xizmatlarini ko‗rsatish orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida kam
ta‘minlangan, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarida boqimandalik
kayfiyatinining shakllanish ehtimoli yuqori bo‗lishiga olib kelishi bilan
bog‗liq bo‗lib, aholini ijtimoiy himoya qilishning
passiv dasturlarining
samarasizligini nazarda tutadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan tabaqalanishi har bir mamlakat uchun
xos xususiyat hisoblanib, uning ijobiy va salbiy oqibatlari mavjud.
Ijtimoiy jihatdan tabaqalanishning ijobiy xususiyati mamlakatda o‗rta
qatlamni rag‗batlantirishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoya qilish
dasturlarini
amalga oshirilishi, jumladan aktiv ijtimoiy himoya
dasturlariga ustuvorlik berilishi natijasida jamiyatning ayrim ijtimoiy
guruhlari o‗rtasida raqobatning ortishiga erishiladi va mamlakat
iqtisodiyotida ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish
samaradorligi
ko‗rsatkichi ortib boradi. Aholi daromadlari oshgan sari jamiyatning
ijtimoiy qiyofasi takomillashib boradi. Shu bilan bir qatorda, hukumat
tomonidan aholining ijtimoiy jihatdan tabaqalanishining
oldini olish va
uning darajasini kamaytirishga qaratilgan maqsadli ijtimoiy dasturlarning
muntazam ravishda amalga oshirilmasligi quyidagi salbiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin:
84
ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi soni va noroziliklarining ortishi;
ijtimoiy muammolarning ko‗payishi va ijtimoiy tanglik holatini
kuchayishi;
davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan sog‗liqni
saqlash va ta‘lim tizimini qo‗llab-quvvatlashni
moliyalashtirish
xarajatlarining ortishi;
aholining turli ijtimoiy guruhlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlari,
qishloq va shahar aholisi o‗rtasidagi ijtimoiy qarama-qarshilikning
ortishi;
mehnat bozorida tanglik
holatining vujudga kelishi, tashqi
migratsiyaning kuchayishi va ishsizlik darajasining ortishi;
84
Berg J. 2015b. ―Income support for the unemployed and the poor‖, in J. Berg (ed.): Labour markets, institutions
and inequality. Building just societies in the 21st century(Geneva, ILO; Cheltenham, Edward Elgar), pp. 265–266.;
Бахтиѐров Б. Б. Социально-демографические риски устойчивого развития.
Economy. Management. State and
Law #12. (30.12.2018) - Warszawa, 2018. С. 107-109.
140
iste‘mol bozoridagi mutanosiblik va ijtimoiy infratuzilmaning
buzilishi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan
holatda har bir mamlakatda
aholining ijtimoiy jihatdan tabaqalanishining oldini olish, o‗rta qatlamni
rag‗batlantirish va jamiyatning ijtimoiy qiyofasini takomillashtirish
maqsadida aholini ijtimoiy himoya qilishning iqtisodiy mexanizmi (soliq
siyosati, ijtimoiy ta‘minot va boshqalar) va dastaklari vositasida
jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanishi jarayonlari boshqarib boriladi. Ushbu
holat o‗z navbatida har bir mamlakatda ijtimoiy tabaqalanish
indikatorlari tizimini ishlab chiqilishini taqozo etadi.
Jahon amaliyoti tahlili ko‗rsatishicha,
ijtimoiy tabaqalanishning
mamlakatdagi
ijtimoiy
barqarorlik
darajasiga
bevosita
ta‘sir
ko‗rsatishidan kelib chiqqan holatda, aksariyat bozor munosabatlari
rivojlangan
va
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
milliy
ijtimoiy
tabaqalanish ko‗rsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan (5.6.3-jadval).
5.6.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: