141
o‗rtacha va minimal ish haqi
o‗rtasidagi nisbat.
2
Daromadlarning (xarajatlar) tengsizligi
natijasida ijtimoiy keskinlik va qarama-
qarshilikning ortishi
Mulkiy tabaqalanish indikatorlari
3
Davlat byudjetining aholini ijtimoiy
himoya qilish,
jumladan, ta‘lim va
sog‗liqni
saqlash
xizmatlarini
moliyalashtirish xarajatlarining ortishi
Kam
ta‘minlanganlik
darajasini
baholovchi indikatorlar
4
Jamiyatning turli ijtimoiy guruhlari,
iqtisodiyot
tarmoqlari,
mintaqalar,
shahar va qishloq joylari o‗rtasida
nomutanosiblikning kuchayishi
Jamiyatning turli ijtimoiy guruhlari
va iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha
bandlikning
tabaqalanishi
ko‗rsatkichi
5
Mehnat bozoridagi tanglikning ortishi
(mehnat
bozoridagi talab va taklif
o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi)
Jamiyatning
stratifikatsiyalashgan,
jumladan
o‗rta
qatlamning
shakllanish ko‗rsatkichlari
6
Iste‘mol bozori va ijtimoiy infratuzilma
rivojlanishdagi tafovutlar
Mintaqalarda, shahar va qishloq
hududlarida
aholining
ijtimoiy
infratuzilma
ob‘ektlari
bilan
ta‘minlanganlik ko‗rsatkichi
5.6.3-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlarga tayangan holda, aholini
ijtimoiy jihatdan tabaqalanishini kompleks tadqiq
etish va aniq natijaga
erishish uchun dastlab mamlakatdagi ijtimoiy tabaqalanish bilan bog‗liq
bo‗lgan milliy va xususiy komponentlarni ajratib olish maqsadga
muvofiq. Iqtisodiy adabiyotda bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining
ijtimoiy tabaqalanishini o‗rganishga qaratilgan tadqiqotlarda daromadlar
ko‗rsatkichi yetakchi o‗rinni egallaydi. Ushbu ko‗rsatkich xalqaro
iqtisodiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy izlanishlarda
muntazam qo‗llanilib keladi.
Aholi daromadlarining tabaqalanish ko‗rsatkichi
matematik
metodlar asosida hisoblanadigan quyidagi ko‗rsatkichlardan tashkil
topadi:
daromadlar tabaqalashuvining detsil koeffitsiyenti – 10 foiz yuqori
darajada ta‘minlanganlarning va 10 foiz kam ta‘minlanganlarning
maksimal daromadlari o‗rtasidagi nisbat;
daromadlar tabaqalashuvining kvintil koeffitsiyenti – 20 foiz
yuqori darajada ta‘minlanganlarning va 20 foiz kam ta‘minlanganlarning
minimal daromadlari o‗rtasidagi nisbat;
fondlar koeffitsiyenti – eng yuqori daromad oluvchi va eng kam
daromadga ega bo‗lgan aholi o‗rtasidagi nisbat;
142
jini indeksi (daromadlarning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti)
– aholining turli ijtimoiy guruhlari o‗rtasida daromadlarning
taqsimlanishini tavsiflovchi ko‗rsatkich;
daromadlarni (ish haqi) tabaqalanishi – iqtisodiyot tarmoqlari yoki
mamlakat mintaqalari bo‗yicha ish haqi (aholi daromadlari) tengsizligini
tavsiflovchi ko‗rsatkich;
o‗rtacha va minimal ish haqi o‗rtasidagi nisbat – aholining
ijtimoiy guruhlarining daromad manbalari tengsizligini tavsiflovchi
ko‗rsatkich.
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy tabaqalanishini baholash
amaliyoti O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasining
2010-yil
24-dekabrdagi
―Uy
xo‗jaliklarini
tadqiq
etish
metodologiyasining nizomi to‗g‗risida‖gi № 18-sonli Qarori asosida
amalga oshiriladi. Ushbu nizomga muvofiq O‗zbekistonda aholining
ijtimoiy tabaqalanishini tavsiflash uchun aholining o‗rtacha
jon boshiga
to‗g‗ri keluvchi pul daromadlari bo‗yicha guruhlanishi, aholi jami pul
daromadlari hajmining detsil va kvintil koeffitsiyentlari bo‗yicha
guruhlanishi, Jini indeksi va Fondlar koeffitsiyenti kabi ko‗rsatkichlar
tizimidan foydalaniladi
86
.
Do'stlaringiz bilan baham: