SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI
5.1. Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va uni amalga oshirishda
demografiyaning o‗rni.
5.2. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat o‗rtasidagi nisbat.
5.3. Dinning ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi o‗rni.
5.4. Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida
5.5. Aholining turli ijtimoiy qatlamlari va ijtimoiy siyosat.
5.6. Kambag‗allikka qarshi kurash ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishning ustuvor vazifasi.
5.7. Daromadlarni taqsimlash va aholi farovonligini oshirish
masalalari.
5.1. Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va uni amalga oshirishda
demografiyaning o„rni
Ijtimoiy siyosat – davlat, jamoat tashkilotlari va xayriya fonlarining
aholi ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan
faoliyatidir.
Ijtimoiy siyosatning tor ma‘nodagi ta‘rifi davlatning ma‘lum
sababga ko‗ra ijtimoiy jihatdan nochor bo‗lgan va o‗zining moddiy
ahvolini o‗z faoliyatlari orqali yaxshilay olmaydigan aholi guruhlari yoki
qatlamlarini (pensioner, yetim bolalar, talabalar, mehnat nogironlari, kam
ish haqi oluvchi ishlovchilar kategoriyalari) qo‗llab-quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ijtimoiy siyosatning keng ma‘nodagi ta‘rifi jamiyatning barcha
a‘zolarining ijtimoiy rivojlanishi uchun normal yashash va qulay
imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari yig‗indisidir.
Umuman, ijtimoiy siyosat davlatning ijtimoiy rivojlanish, aholini
ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish sohasida
muvofiqlashtirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-
tadbirlari tizimidan iborat.
Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilarni ijtimoiy ehtiyojlari va
manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo‗llab-
quvvatlash, himoya qilish, to‗g‗ri yo‗naltirish va mehnat qobiliyatini
qayta tiklash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga samarali
112
me‘yoriy-qadriyatlar tizimini yaratish; fuqarolarga ijtimoiy me‘yorlarni
amalda ta‘sir ettirish, ularning xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish
vositasi orqali yuqori darajaga ko‗tarish, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish –
aniqligi, ob‘ektivligi, me‘yoriy ko‗rsatmalarga zid bo‗lmasligi va ular
o‗rtasidagi o‗xshashlik tushuniladi.
Ilmiy asoslangan, aholining barcha qatlamlari va guruhlari
manfaatlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan
ijtimoiy
siyosat
jamiyatning
ijtimoiy
barqarorligini,
jamoaviy
birdamlikni, ijtimoiy keskinlikning oldini oladi, ijtimoiy axloqni
insonparvarlashuvini, yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhitning yuzaga kelishini
ta‘minlaydi. Ijtimoiy siyosat umumdavlat (jamiyatni barcha aholi qatlami
va guruhlarining manfaatlarini, bilim olish va mehnat qilish huquqlarini
hisobga oladi), mintaqaviy (iqtisodiy yoki ma‘muriy bo‗linish,
respublika, viloyat manfaatlarini), mahalliy (shahar, tuman, korxona,
tashkilot, muassasa manfaatlarini) va shaxsiy (tabiiy ofatlardan
jabrlangan fuqarolarni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha yordam) tavsifiga
ega. Quyidagilar ijtimoiy siyosatning muhim vazifalari hisoblanadi:
jamiyat umumiy farovonligini, insonparvarlashuv darajasini oshirish va
inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar mehnat va turmush
sharoitlarini yaxshilash, aholining kam ta‘minlangan qatlamlariga
ijtimoiy yordam ko‗rsatish va qo‗llab-quvvatlash: bolalar, onalar, keksa
kishilar, yetimlar, nogironlar, qochoqlar, ishsizlar va boshqa
manfaatlarini boshqarish ijtimoiy siyosatning muhim tamoyillaridan
hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat yaqin davrga va uzoq istiqbolga mo‗ljallangan
bo‗lishi mumkin. Yaqin yillar uchun mo‗ljallangan ijtimoiy siyosat aholi
turmush tarzining yomonlashuviga yo‗l qo‗ymaslik, bandlik siyosatini
samarali amalga oshirish va ishsizlikning jadal o‗sishini cheklash; aholi
turli qatlamlari va guruhlarining moddiy holati va turmush sharoitlarini
tadrijiy ravishda yaxshilash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishni
nazarda tutadi.
Uzoq muddatli ijtimoiy siyosatga samarali rag‗batlantirish
vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta‘minlash yo‗li bilan
fuqarolar tashabbuskorligi va tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-
113
sharoitlar yaratishni kiritish mumkin. Ijtimoiy siyosat volyuntaristik
aralashuvlarsiz
o‗tkazilgandagina shaxs rivojining va jamiyat
barqarorligining kuchli vositasi bo‗lishi mumkin.
Ijtimoiy siyosatning vazifalari quyidagilardan iborat: shaxsning
mehnat qilish, bilim olish huquqlarini amalga oshirishni iqtisodiy va
huquqiy jihatdan kafolatlash; aholining barcha qatlamlarini, birinchi
navbatda eng kam himoya qilingan qatlamlarining ijtimoiy himoya
mexanizmini yaratish; ommaviy ishsizlikka yo‗l qo‗ymaslik, ish joyini
yo‗qotgan taqdirda ishsizlarga qayta o‗qish va qayta tayyorlash
imkoniyatini berib ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini
ta‘minlash; ijtimoiy sug‗urta tizimini yaratish; aholini ijtimoiy jihatdan
nochor qatlamlari turmush darajasining keskin pasayishiga yo‗l
qo‗ymaslik;
fuqarolar
daromadlarining
barqaror
o‗sishi
va
kompensatsion to‗lovlarning ishonchli amal qiluvchi mexanizmini
yaratmasdan aholini majburiy xarajatlari va to‗lovlarini ortishiga olib
keluvchi qarorlarni qabul qilmaslik.
Ijtimoiy siyosat tarkibiy jihatdan quyidagilarni qamrab oladi:
- ijtimoiy himoya tizimi (mehnat qobiliyatini yo‗qotib o‗zi ishlab
topa olmaydigan yoki qaramog‗ida bolalari, boqimandalarga ega bo‗lgan
shaxslarga nafaqa berish);
- ijtimoiy sug‗urta (pensiyaga chiqish va ishsizlik bilan bog‗liq ish
haqini yo‗qotishlarni vaqtinchalik qoplash;
- ijtimoiy xizmatlar (inson kapitalini investitsiyalash, ya‘ni
shaxsning takror ishlab chiqarish, ma‘naviy salohiyatini tiklash va
kengaytirishga qaratilgan investitsiyalarni amalga oshirish);
- mehnat bozori va bandlikni ta‘minlash (mehnat bozoridagi ishchi
kuchiga talab va taklif o‗rtasidagi o‗zaro mutanosiblikni ta‘minlash,
yangi ish o‗rinlarini joriy etish, ishchi kuchini tayyorlash va qayta
tayyorlash va boshqalar).
Ijtimoiy ishning tamoyillari uch vazifani – konstitutsiyalovchi,
tartibga soluvchi va uyg‗unlashtiruvchi vazifalarni bajaradi. Quyidagilar
ijtimoiy ishning tamoyillari hisoblanadi:
- insonparvarlik tamoyillari (insonni oliy qadriyat deb tan olish);
114
- adolat tamoyillari (inson qobiliyatlarini amalga oshirish uchun
shart-sharoitlarni ta‘minlash);
- vakolatchilik tamoyili (ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotini
chuqur bilish);
- altruizm tamoyili (o‗zganing manfaatini o‗zining manfaatidan
yuqori deb tan olish);
- shaxsiy yondashish tamoyili (har bir ijtimoiy muammoda muayyan
shaxs manfaatlarini ko‗ra olish layoqati);
- mujassamlik tamoyili (turli darajadagi ijtimoiylikda yuzaga
keluvchi bir-biri bilan ijtimoiy bog‗liqlik);
- vositachilik tamoyili (ijtimoiy ishlarni davlat ijtimoiy siyosatining
ifodasi sifatida tushunish);
-
uzluksizlik
tamoyili
(huquqiy
ishlarning
muntazam
davomiylikdagi, tizimli va maqsadga yo‗naltirilgan deb tushunish);
- jalb etishlik tamoyili (mijozning e‘tiborini tortish uquvi);
- ishonch tamoyili (mijoz bilan o‗zaro ishonchli munosabatlarni
o‗rnatish uquvi).
Ijtimoiy ishning integral tavsifiga ko‗ra unda iqtisodiy, huquqiy,
tashkiliy, ma‘muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy,
pedagogik va boshqa usullardan foydalaniladi.
Davlat ijtimoiy siyosatining muhim tamoyillari quyidagilardan
iborat:
- ijtimoiy adolat;
- ijtimoiy javobgarlik;
- ijtimoiy hamkorlik;
- ijtimoiy kafolatlar;
- har bir shaxsni zarur ijtimoiy ne‘mat va xizmatlarni olishdagi teng
imkoniyatlari;
- davlat tomonidan hayotiy-zaruriy moddiy ne‘matlar va xizmatlarni
(minimal ish haqi, pensiyalar, minimal iste‘mol byudjeti) minimal
ijtimoiy standartlar darajasida olishni kafolatlash.
Ijtimoiy siyosat o‗tish davrida aktiv va passiv shaklda amalga
oshirilishi mumkin. Aktiv ijtimoiy siyosat – mamlakatda ishlab
chiqarishni rag‗batlantirish mexanizmi orqali amalga oshirilib aholining
115
aksariyat qismining daromadlarini oshirish imkoniyatini ta‘minlaydi va
mustaqil yashash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Passiv
ijtimoiy
siyosatda
davlat
fuqarolarning
ayrim
kategoriyalariga nisbatan chora-tadbirlarni (yordam, qo‗llab-quvvatlash,
rivojlantirish) amalga oshiradi. Uning uchun selektivlik, samarasizlik va
vaqtinchalik tamoyili xosdir. Passiv ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
dastaklari quyidagilar hisoblanadi:
- iqtisodiy dastaklar – baholar, tariflar, ish haqi, stipendiyalar,
nafaqalar va barcha ijtimoiy to‗lovlarni to‗lash;
- ma‘muriy dastaklar – ruxsat berish va man etishga qaratilgan
chora-tadbirlar (kvota va litsenziyalar berish, man etish va boshqalar);
- huquqiy yoki qonuniy dastaklar – amal qilayotgan qonuniy va
normativ aktlar tarkibini tartibga solish orqali;
- g‗oyaviy dastaklar – ma‘naviy etik tushuncha va jamiyat
normalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar (―yaxshi‖ va
―yomon‖, ―axloqiy‖ va ―noaxloqiy‖ va boshqalar);
- davlatning kompleks maqsadli ijtimoiy dasturlari (keksalarni
e‘zozlash, sog‗lom bola va boshqalar).
Ijtimoiy siyosat kursini o‗rganishda demografik jarayonlarni
o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Demografik vaziyat oila tarkibini
aniqlash, ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish, ijtimoiy nafaqalarni belgilash va
aholini turar uy-joy bilan ta‘minlash, aholini yosh va jins tarkibini tahlil
qilish, kelajakda mehnat resurslari, pensionerlar sonini belgilashda
muhim o‗rin tutadi. Shuningdek, demografik o‗zgarishlar sog‗liqni
saqlash xizmatlariga nisbatan talab va taklifning shakllanishi, ijtimoiy
ta‘minotni amalga oshirish, tug‗ilish va o‗lim koeffitsiyenti darajasining
o‗zgarishi va aholi umr davomiyligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ijtimoiy siyosat va demografik vaziyatlar o‗rtasida munosabatlar
ikki yoqlama o‗zaro aloqador hisoblanadi. Masalan, ijtimoiy siyosat
dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ijtimoiy ta‘minot tadbirlari
orqali aholining minimal turmush darajasini kafolatlash, ularga sog‗liqni
saqlash xizmatlarini ko‗rsatish orqali amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar tizimi bevosita aholining umr davomiyligi, aholi soni, aholi
tarkibidagi o‗zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. Aholi
sonining yosh va jins tarkibini o‗zgarishi ustun darajada bevosita
116
davlatning ijtimoiy siyosat chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni
ta‘sir doiralarini qay darajada bo‗lishini belgilab beradi.
52
Demografik siyosat – aholi siyosatining uzviy qismi bo‗lib, uning
maqsadi aholining miqdoriy o‗sishini boshqarishdan iborat.
Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini
tashkil etishi lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama rivojlanib
boradi.
Demografik omillarni o‗rganish mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish sur‘atlari aholining o‗sish sur‘atiga mos kelishi yoki
kelmasligini, uning mehnatga layoqatli qismini iqtisodiyot tarmoqlarida
samarali bandligini bilish uchun muhimdir. Demografik tadqiqot
statistik, tarixiy taqqoslash, kartografik, sotsiologik, matematik va
mantiqiy fikrlash kabi usullarni o‗z ichiga oladi. Demografiyaning
tahliliy metodi statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan
keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida ro‗y beradigan
miqdor va sifat o‗zgarishlari o‗rganiladi. Jumladan, demografik statistika
demografik tadqiqotlarning bir qismidir.
Demografik siyosatning vazifalari: demografik jarayonlar va
ularning omillarini o‗rganish; demografik bashoratlarni ishlab chiqish;
demografik tadqiqotlar o‗tkazish; demografik siyosat chora-tadbirlarini
ishlab chiqishdan iborat.
Demografik jarayonlar – bu tug‗ilish, o‗lim, nikoh va ajralish,
oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh, jinsiy va oilaviy
tarkibi, demografik mayl hisoblanadi.
Demografik jarayonlarni bashorat qilish – ma‘lum hudud aholisining
soni, yosh, jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy
asoslangan holda oldindan aniqlashdir.
Demografik portlash – jahonning kam rivojlangan va kambag‗al
mamlakatlarida nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada aholi sonining
o‗sishi holati hisoblanadi.
Demografik jarayonlarning turli jihatlarini yorituvchi umumlashgan
ko‗rsatkichlarini mukammal tahlil etish zaruriyati «Mintaqada o‗ziga xos
demografik vaziyat uzoq saqlanadimi yoki o‗zgaradimi?», degan savolga
javob beradi va shu asnoda bandlik muammosini hal etishga ko‗mak
beradi.
52
Social policy. P 146-147.
117
Tahlillar ko‗rsatishicha, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi
sonining o‗sishi o‗rtasida ziddiyat yoki nomuvofiqlik yuzaga kelganda
demografik muammolar keskinlashadi.
Demografik muammolarni hal etishda masalaning ikki jihatiga
alohida e‘tibor qaratish zarur. Birinchi jihati - tug‗ilishning va bolalar
o‗limining yuqoriligi, aholining jinsiy va yosh tarkibida yoshlarning
ko‗pligi bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchi jihati - mehnatga layoqatli aholi
sonining ko‗payishidan ularni ish o‗rinlari bilan ta‘minlashning orqada
qolishi bilan bog‗liq.
Demografik siyosatning vazifasi - tug‗ilishni optimallashtirish,
bolalar o‗limini kamaytirish yo‗li bilan aholi ko‗payishining optimal
darajasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
So‗ngi yuz yillik davomida ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari
dasturining samarali amalga oshirilishi natijasida aholining umr
davomiyligi va tug‗ilish koeffitsiyenti ko‗rsatkichlari o‗sdi. Natijada
aholining yosh tarkibida 60 va undan katta yoshdagi aholi soni ortib
bordi (1901 yilda Buyuk Britaniyada 60 va undan katta yoshdagi aholi
soni qariyb 5%ni tashkil etgan holda, 1941 yilga kelib 10%ga
yaqinlashdi). Ushbu holat o‗z navbatida demografiyada aholining qarishi
jarayonini vujudga keltirdi.
Aholini qarishi jahon mamlakatlarida pensiya tizimlari moliyaviy
barqarorligini ta‘minlash, aholi sug‗urta badallarini tartibga solish va
pensionerlarga to‗lanadigan pensiya to‗lovlarini indeksatsiyalash,
ularning uzluksizligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatdagi umr davomiyligi va pensiyaga chiqish yoshini
inobatga olgan holda BMT tomonidan mamlakatdagi qarish
koeffitsiyentini hisoblashning quyidagi usullari qabul qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |