tomonidan mustaqil belgilanadi. Xususan “Xususiy korxonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 19- moddasiga muvofiq xususiy korxonalar o’z xodimlari uchun mehnatga haq to’lash shakli, tizimi va miqdorini, mukofotlash va kompensatsiyalarni qonunchilikka muvofiq mustaqil o’rnatadi, deb qo’rsatib qo’yilgan. Ayni vaqtda xususiy korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlaydigan shaxslar mehnatiga haqto’lash tomonlar kelishuviga muvofiq, lekin qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda o’rnatilishi qayd etiladi.
Tarif stavkasi – ishchining razryadiga muvofiq unga mu’lum vaqt birligida (soat/kun) uchun to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Personalga tarif asosida haq to’lash uchun, eng avvalo, jamoa shartnomasida mehnat me’yorlarini (xizmat vazifalarini) bajarganlik uchun to’lanadigan eng kam haq miqdori qayd etiladi. Bu eng kam tarif stavkasi hisoblanadi.
2.3. Oylik ish haqidan ajratmalarni hisoblash
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidan qat’iy nazar dorixona xodimlariga quyidagilar amalga oshiriladi:
— daromad solig'i;
— pensiya fondiga ajratma;
— kasaba uyushmasiga ajratma;
— xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo'yicha to'lovlar;
— alimentlar;
— kreditga sotilgan tovarlar uchun to'lovlar va boshqalar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi:
«Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolaming ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:
1. 2019-yilning 1-avgustdan boshlab:
— budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, ohy o‘quv yurtlari talabalarining, stipendiyalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10%) baravar oshirildi;
2. 2019 yilning 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
— eng kam ish haqi oyiga 223 000 so‘m;
— yoshga doir pensiya oyiga 436 150 so‘m;
— bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa oyiga 436 150 so‘m;
— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolaiga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdorida belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PF-5553-sonli qaroriga muvofiq, 2019-yilning 1-avgustdan boshlab respublikaning barcha tashkilotlarida ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning yagona ta’rif setkasi bo‘yicha birinchi raziyaddan kam bo‘lmagan holda belgilandi.
Mehnatga haq to‘lashning yagona ta’rif setkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-sonli qaroriga o’zgartirishlar kititildi. Xususan:
Mehnatga haq to‘lashning yagona ta’rif setkasi,
Mehnatga haq to‘lash razryadlari;
Ta’rif koeffitsiyentlari 1 — 2,847
Mos ravishda, 2018-yilning 1-avgustdan boshlab respublikaning barcha tashkilotlarida eng kam ish haqi miqdori 202 730*2.847=577 170 so‘mdan kam bo‘lmagan holda belgilandi.
Dorixona xodimlarining ish haqidan daromad solig‘i va ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlari summasi ushlanib qoladi. Bunda ushlanadigan summaning hajmi qo‘lga tegadigan summaning 50% dan oshmasligi kerak. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab ishchi va xizmatchilaming daromadlari soliqqa quyidagicha tortiladi:
— 1 min gacha — 0%
— 1 dan 5 min oylik ish haqigacha — 7,5%
— 5 min dan oshiq 10 min gacha — 17%
— 10 min dan oshiq oylik ish haqidan — 23%.
Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari — 8% ga teng (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktyabrdagi PF-5553-sonli qarorining 9-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi). 2019-yil 1-yanvaridan fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bekor qilinadi.
Dorixona mehnat fondini aniqlash uning mulkchilik turiga bog‘liqdir. Aksiyador dorixonalarda mehnat fondi razryadlar asosida belgilanadi. Xususiy dorixonalar mehnat fondini shahar statistik boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
(4)
III. Amaliy qism
Biz farmatsevtika iqtisodiyoti bo’yicha amaliyotimizni “Jizzax-Dori-Darmon MChJ Do’stlik tumani 9-son” dorixonasida o’tadik. Dorixona faoliyatiga ko’ra aksiyadorlik dorixonalar tarmog’iga tegishli bo’lib, tayyor dori vositalari savdosi va dori turlarini tayyorlashga ixtisoslahtirilgan va shu faoliyat turi bo’yicha litsenziyaga ega. Dorixona yettita xonadan iborat: savdo zali, g’amlamalar bo’limi, assistentlar xonasi, dori tayyorlanadigan xona, reaktiv va xomashyolar xonasi, hujjatlar saqlanadigan mudir xonasi va dam olish xonasidan iborat ekan. Dorixona jizzax viloyati Do’stlik shaxar Do’stlik ko’chasi 10-uyda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |