4.4. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda markaziy va mahalliy
boshqaruv organlarining tutgan o„rni
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda markaziy boshqaruv va
mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv organlarining roli katta. Ikkala boshqaruv
organlari ijtimoiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mahalliy boshqaruv organlari tarkibi muntazam
o‗zgarib turadi.
Mahalliy boshqaruv organlari ijtimoiy siyosatni shakllantirishda hal
etuvchi mavqega ega. Jumladan Buyuk Britaniyada ijtimoiy siyosatni
shakllantirish an‘anaviy tarzda Beveridj modeli doirasida – jamiyat
xavfsizligini ta‘minlash va ijtimoiy integratsiyaga erishishda o‗z
ifodasini topadi. Bunda sog‗liqni saqlash, ta‘lim, uy-joy, shaxsiy ijtimoiy
xizmatlar ko‗rsatish, daromadlar va bandlik darajasini qo‗llab-
quvvatlash, dam olish, transport va atrof-muhit muhofazasi kabilarga
ustuvorlik beriladi.
89
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahalliy boshqaruv va mahalliy
o‗z-o‗zini boshqaruv organlari qanday yondashuvga ega ekanligi muhim
hisoblanadi. Mahalliy boshqaruv va mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv
organlari tushunchalari mahalliy kengashlar tomonidan saylangan o‗z-
o‗zini boshqarish organlari va mahalliy davlat xizmati organlari
o‗rtasidagi farqni aniqlash uchun qo‗llaniladi.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqining boshqa a‘zolariga nisbatan
markazlashgan davlat boshqaruv organlariga ega. Davlat boshqaruv
organlari mahalliy boshqaruv organlari (Shotlandiya, Uels va Shimoliy
Irlandiya) bilan birgalikda ish olib borishadi.
Buyuk Britaniyada mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish boshqa yevropa
mamlakatlariga nisbatan rivojlanmagan. Mamlakatda mahalliy o‗z-o‗zini
boshqarish birliklari ko‗psonli bo‗lsa-da, kengash a‘zolarining soni aholi
jon boshiga hisoblaganda kamchilikni tashkil etadi. Ushbu holat
birinchidan, Buyuk Britaniyada mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari
faoliyati miqyosi va xarakteriga ko‗ra tashkil etilishini, ikkinchidan,
ularning majburiyatlari, tarkibi va boshqaruv mexanizmi muntazam
ravishda o‗zgarib turishini anglatadi.
1945–1979-yillarda mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari
majburiyatlari quyidagilardan iborat bo‗lgan va ularning xarajatlari
sezilarli darajada ortgan:
ijtimoiy boshpana;
ta‘lim;
bolalar va keksa yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy
yordam ko‗rsatish;
umumiy sog‗liqni saqlash xizmati;
Politsiyachilar va yong‗in xizmati, tez yordam mashinalari
xodimlarining xavfsizligi;
iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish.
1979–1997-yillarda konservatorlar hukumati davrida mahalliy o‗z-
o‗zini boshqarish organlarining ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi
roli qayta ko‗rib chiqildi va uning vazifalari quyidagilardan iborat bo‗ldi:
1980-yillarning boshlarida mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish
organlari xarajatlari ustidan nazorat o‗rnatildi;
1980-yillarning o‗rtalarida Katta London kengashi va shahar
kengashlari tugatilib mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlaridan
saylanganlar davlat organlariga tayinlana boshlandi;
90
1980–1990-yillarda mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining
ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi ishtiroki xususiylashtirish va
rag‗batlantirish orqali bilvosita amalga oshirildi;
1990-yillarning boshlarida fuqarolar xartiyalari, inspeksiya va
audit ko‗rinishida yangi boshqaruv usullari qo‗llanila boshlandi.
Ushbu davrda mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining ijtimoiy
ta‘minot sohasidagi quyidagi xizmat turlari qayta ko‗rib chiqildi:
ta‘lim – boshqaruvning markazlashishi, milliy o‗quv dasturlarini
amalga oshirish, maktablarni mahalliy boshqaruv organlari tomonidan
boshqarish, oliy ta‘limning mustaqilligini ta‘minlash;
uy-joy – ijarachilarning ―sotib olish huquqi‖ sxemasi asosida
rag‗batlantirildi;
ijtimoiy himoya – ijtimoiy xizmat ko‗rsatish bo‗limlarini uy-joy
va uyda tibbiy yordam ko‗rsatishni amalga oshirish dastagi sifatida
rivojlantirish;
majburiy konkursga asoslangan savdo orqali ijtimoiy xizmat
turlari bo‗yicha raqobat muhitini shakllantirish.
Umuman, M.Tetcher hukumati davrida ijtimoiy xizmatlarni
ko‗rsatishda markaziy hukumat mavqeini oshirish tadbirlari ustuvorlik
qildi.
1997-yildan boshlab Buyuk Britaniyada milliy va mahalliy
boshqaruv organlari o‗rtasida hamkorlik jarayoni chuqurlashdi. Ushbu
davrda mahalliy ijtimoiy xizmat ko‗rsatish organlarini xususiy sektor
bilan raqobatlashishga majbur qiluvchi majburiyat bekor qilindi va
markaziy davlat va mahalliy boshqaruv organlari ijtimoiy ta‘minot
tizimini boshqarish bilan bog‗liq jiddiy muammolarga duch keldi. Ushbu
muammolarni mahalliy darajada hal etish uchun quyidagilarga e‘tibor
qaratildi:
ijtimoiy xizmatlarni taqdim etishda jamoalarning yetakchi
mavqeiga urg‗u berish;
mahalliy jamoalar va ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilarning
ijtimoiy ta‘minot tizimida va tartibga solish jarayonida faol qatnashishini
ta‘minlash;
resurslardan samarali foydalanish va mehnat unumdorligini
boshqarishga urg‗u berish;
oqibatlar va natijadorlikka urg‗u berish.
91
Ushbu davrda mehnat organlarining Shotlandiya, Uels va Shimoliy
Irlandiya mintaqaviy boshqaruv organlari bilan birgalikda mintaqaviy
tuzilmalari tashkil etildi.
Yuqorida qayd etilganidek, ijtimoiy ta‘minotni amalga oshirishning
davlat va mahalliy mexanizmlari ijtimoiy siyosatni shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Farovonlik davlatini yaratishning barcha
bosqichlarida
mahalliy
boshqaruv
organlari
ijtimoiy
siyosatni
muvofiqlashtirish va amalga oshirishning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat sohasida samarali boshqaruvni yo‗lga
qo‗yishda mahalliy, mintaqaviy va milliy iqtisodiy mexanizmlarni
takomillashtirish muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Ijtimoiy ta‘minot
sohasida fuqarolar faolligini ta‘minlash yo‗llari, fuqarolarning ijtimoiy
xizmatlardan foydalanish va taqdim etishdagi ishtirokini ta‘minlashda
mahalliy boshqaruv organlarining o‗rni masalasi ilmiy tadqiqotlar
markazida bo‗ladi.
Ijtimoiy islohotlarni o‗tkazishning taktik jihatlari quyidagilarni
nazarda tutadi:
- bozor mexanizmini joriy etishdan oldin aholini ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlash va himoya qilish bo‗yicha qat‘iy chora-tadbirlar ko‗rish;
- ijtimoiy sohani davlat tomonidan qat‘iy nazorat qilish va qo‗llab-
quvvatlash;
- bozor iqtisodiyoti shakllanib borgan sari mavjud vaziyat va yangi
imkoniyatlarni hisobga olgan holda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi
ustuvorliklari va iqtisodiy mexanizmining o‗zgarishi.
Mamlakatmizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
sharoitida, ko‗rilayotgan chora-tadbirlar tufayli bir-biriga o‗zaro
bog‗liqligi va ta‘sirini ta‘minlashda quyidagi natijalarga erishildi:
- aholi turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olishga,
respublikada tinchlik va ijtimioy barqarorlikni ta‘minlashga erishildi;
- aholini ijtimoiy himoyalashning qat‘iy manzilli tizimi yaratildi;
- aholi bozorning iqtisodiy sharoitlariga moslasha boshladi;
- iqtisodiy faollik oshdi, tadbirkorlik faoliyati rivojlanmoqda;
- aholining ish bilan bandlik tizimida bozor munosabatlari
shakllanmoqda;
- inson manfaatlarini yanada kengroq ro‗yobga chiqarishni
ta‘minlash uchun yangi shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi;
- mutlaq yangicha yondashuvlar asosida zamonaviy talablarga javob
beradigan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqilib, amalga
oshirildi va ta‘lim to‗g‗risidagi qonun takomillashtirildi.
92
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mulkchilik aholini ijtimoiy
himoyalash uchun ajratiladigan mablag‗lar turli shakldagi davlat,
korxona, muassasalar daromadlarining bir qismidan rasmiy ravishda
belgilangan me‘yorlarda shakllanadi. Undan tashqari ijtimoiy himoya
fondlariga
mamlakatimizdagi
korxona
va
tashkilotlar,
xorijiy
davlatlardan keladigan homiylik va insonparvarlik yordamlari ham
qo‗shiladi. Maqsadli byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar davlat
tomonidan belgilangan me‘yorlarga muvofiq milliy daromadning bir
qismidan shakllanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish, kishilarning
moddiy holatini yaxshilash vazifalarini hal etishda davlat manbalari bilan
bir qatorda jamg‗armalarning mablag‗lari, mehnat jamoalarining, jamoat
va xayriya tashkilotlarining o‗rni muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy himoya jarayonida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlar
mamlakatning moliyaviy iqtisodiy holatiga muvofiq takomillashib
boradi. Ijtimoiy himoyaning mablag‗ miqdori va sifati mamlakatda joriy
etilayotgan maqsadli davlat dasturlariga va ijtimoiy siyosatning
samaradorligiga bog‗liqdir. O‗zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda
bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o‗tish yo‗lining tanlab
olinishi tarixiy saboqlardan to‗g‗ri xulosa qilish, jamiyatning ob‘ektiv
qonunlarini e‘tirof etish asosida bormoqda. Taraqqiyot yo‗limiz –
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirishga aholining
kam ta‘minlangan qismini kuchli himoya qilish bilan bosqichma-bosqich
o‗tishdir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida, ijtimoiy
muammolarni nazar-pisand qilmaslik jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikka
katta xavf tug‗diradi. Ijtimoiy himoyaning yangi tizimining muhim
xususiyati aholining turli qatlamlariga qat‘iy tabaqalashtirilgan tarzda
yondashish xususiyati bilan ajralib turadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish
tizimini yaxshilash va uning samaradorligini oshirish quyidagi muhim
vazifalarni hal etishga bog‗liq:
- milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta‘minlash;
- aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirishga davlat,
mehnat jamoalari, jamoat va xayriya tashkilotlari va jamg‗armalarning
mablag‗larini keng jalb etish.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‗rsatishda mahalliy hokimiyat va
boshqaruv organlarining quyidagi huquqlari kengaytirilishi lozim:
- aholining mehnat qobiliyatlari faollashuvini ta‘minlaydigan kuchli
mexanizmni shakllantirish;
93
- aholining turli qatlamlari daromadlari va turmush darajasidani
keskin tabaqalanishiga yo‗l qo‗ymaslik. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni
ta‘minlaydigan aholining ijtimoiy qatlamlarini shakllantirish;
- kambag‗allikka qarshi kurash, aholini ijtimoiy jihatdan muhtoj
qatlamlarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanishini kuchaytirish.
Shunday qilib, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish mutanosib ravishda aholini ijtimoiy himoyalashning yaxlit
tizimini barpo etishni talab qiladi. Bu tizim fuqarolarning erkinliklari va
huquqlarini ta‘minlashning ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlarini o‗z ichiga
olishi lozim.
Aholini ijtimoiy himoya qilish:
- keksalik, mehnat qobiliyati yoki boquvchisini yo‗qotishdan
sug‗urtalash tizimi (pensiya ta‘minoti, jumladan xususiy pensiya
ta‘minoti);
- kam ta‘minlangan oilalarga ijtimoiy to‗lovlar (bolalarga nafaqalar),
vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash, (ishsizlik
bo‗yicha nafaqa);
- aholining ayrim qatlamlarini moddiy holatini hisobga olib ijtimoiy
xizmatlar ko‗rsatish, imtiyozlar va afzalliklar berish (patronaj xizmatlar
shaklidagi ijtimoiy yordam, oziq-ovqat, yonilg‗i berish va boshqalar);
- onalikni himoya qilish (tug‗ishdan oldingi va tug‗ishdan keyingi
ta‘tillarni berish);
- sog‗liqni sug‗urta qildirish (tibbiy sug‗urta, vaqtincha mehnat
qobiliyatini yo‗qotganlik nafaqasi);
- talabalarni moddiy qo‗llab-quvvatlash (stipendiyalar);
- nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash
(nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali
ta‘minlanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda
beriladi:
a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‗qotish bilan bog‗liq kasallikda
(shikastlanishda);
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
v) kasallangan oila a‘zosini parvarishlash zarur bo‗lganda;
g) karantinda;
d) kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‗tkazilganda;
e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki protez qo‗ydirish uchun
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
94
O‗zbekiston respublikasida davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Davlat ijtimoiy iste‘mol fondlarini
tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a‘zosining foydalanishini
kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; 2. Davlatning markazlashgan
ijtimoiy sug‗urta fondini tashkil etish; 3. Ko‗rsatilgan xizmatlar va
samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan imtiyozlar berish; 4. Ish
haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; 5. Ko‗p
bolali oilalarga to‗lanadigan nafaqalar; 6. Kam ta‘minlangan aholi
tabaqalariga moddiy yordam ko‗rsatish; 7. Bolalikdan nogiron va boshqa
mehnat qobiliyatini yo‗qotganlarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash; 8.
Talabalar uchun to‗lanadigan davlat stipendiyalari; 9. Ishsizlik nafaqasi;
10. Hayotiy zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan
narxlarda sotilishini ta‘minlash; 11. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan
tovar va xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash; 12.
Ijtimoiy sohaning yetakchi tarmoqlari (sog‗liqni saqlash, ta‘lim, jismoniy
tarbiya, sport va madaniyat) moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |