Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari. Dark so'roq va udov gaplar
Reja:
1. Gap haqida umumiy ma’lumot.
2. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.
3. Darak gap
4. So’roq gap
5. His hayajon gap
1. Gap haqida umumiy ma’lumot.
Kishilarning o’zaro fikr almashuvi gap orqali sodir bo’ladi. Gap ba’zan kishilarning his-tuyg’usini ham ifodalashi mumkin.
Voqelikni va unga bo’lgan munosabatni ifodalash uchun grammatik jihatdan tugallikka ega bo’lgan so’z yoki so’zlar bog’lanmasi gap deyiladi.
Muomala vositasining eng kichik birligi gapdir.
Gap orqali tugallangan fikr ifodalanadi: Paxta terimi qizg’in davom etyapti. Oltin kuz qanday go’zal!
Gap hosil qilish uchun so’z va so’z birikmalarini grammatik jihatdan bog’lash kerak. Xatni qalam bilan yozdi gapida — ni va bilan bog’lovchi vositalar hisoblanadi.
Gap ohang jihatdan tugallangan bo’lishi kerak: Kuz. Hamma yoqda ish qaynayapti. Bu gapdagi Kuz so’zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
Shunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud:
- Muomalaning eng kichik birligidir.
- Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.
- Grammatik jihatdan shakllangan bo’ladi.
- Tugallangan ohang bilan aytiladi. Gapning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri predikativlik bo’lib, u ifoda etilayotgan fikrning voqelikni munosabatini (tasdiq, inkor, gumon, shubha, zururlik, mumkinlik kabi) bildirib, ob’ektiv modallik hamda zamon va shaxs-son kategoriyalari orqali ifoda qilinadi.
Predikativlik ko’pincha so’zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan, ya’ni ega kesim aloqasi orqali ifodalanadi. Masalan: Intizomli lashkar engilmas. (Maqol.) Davlating – ota-onang. (Maqol.)
2. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.
Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi, uning oxiriga nuqta qo’yiladi: Navoiy ruboiylaridan yodladim.
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g’urur, maslahat, tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g’azab, norozilik, kinoya kabi mazmun turlarini ifodalaydi.
So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshining fikr bildirishiga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga undaydi: Ibrohimovamisiz? Ha. Charchamadingizmi? Yo’q. Yozuvda so’roq gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. Bu gaplar ko’proq dialogik nutqda uchraydi.
So’roq gaplar so’roq olmoshlari, so’roq yuklamalari yoki so’roq ohangi bilan hosil bo’ladi: kim? Nima? Qanday?qancha? necha?qaysi? (so’roq olmoshlar), -mi, -chi, -a, -ya (so’roq yuklamalari). Quyidagi misolda so’roq ohangi qatnashgan: Soat ikki bo’ldi. Ikki bo’ldi?
So’roq gaplar ikki guruhga bo’linadi:
Sof so’roq gaplar javob talab qiladigan gaplardir: Siz ertaga kelasizmi?
Ritorik so’roq gaplar so’roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi bo'’ib, javobi o’z ichida yashiringan bo’ladi: Men uning to’satdan kelib qolishini qaydan bilay? Ritorik so’roq gaplar yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g’amxo’rlik, g’azab, gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin: Bu Vatanda nimalar yo’q (tasdiq). O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga? (inkor) Bu nimasi?! (taajjub) Meni tashlab ketmaysanmi? (tashvish) Maqsad nima, maqsad? (g’azab) Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? (gumon) Tokaygacha ezilamiz, ota? (kuchli hayajon)
Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilishga undash maqsad qilib qo’yiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashvish, gumon, hayajon, g’azab, yalinish tarzida bo’lishi mumkin: Avval o’yla, keyin so’yla (maslahat). Dadil harakat qil!(buyruq) Ashuladan yana bo’lsin (iltimos). Qani hamma odamlar sizday bo’lsa (orzu) Nahotki, bu siz bo’lsangiz!(hayratlanish) sovqotib qolma, issiqroq yot (g’amxo’rlik). Kunning tig’ida nima qilasan, bu yerga kelib, salqinda o’tirsangchi! (tashviq). Qo’rqqan bo’lsa kerak! (gumon) Xatdan o’chir o’g’limni hozir! (g’azab, do’q) Yozuvda buyruq gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta ham qo’yilishi mumkin. Fikr almashish jarayonida so’zlovchi biror narsa, hodisa haqida xabar berishi, noma’lum bo’lgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot olishni istashi yoki o’zga shaxsni biror narsani bajarishga undashi mumkin. Shuning uchun gap kommunikativ birlik sifatida biror voqea-hodisa haqida xabar berish, so’rash yoki biror narsaga undashni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Gapning ifoda maіsadiga ko’ra іuyidagilarga ajratiladi:
1) darak gaplar; 2) so’roі gaplar; 3) buyruі gaplar; 4) undov gaplar.
Darak gaplar borliі hodisalari aіida xabar іiluvchi gaplardir: Qish keldi. Kechagina bemorning ingrashidek hazin kuz sadolariga to’lgan bog’lar bugun jimib іoldi. Xazon shitirlamaydi, yalang’och shoxlarga arg’amchi osgan me’zonlar chayіalmaydi. (O’.H.)
Darak gaplar darak intonatsiyasi bilan talaffuz etilib, oxirida ohang pasayadi.
Darak gapning kesimi ko’pincha ijro, ba’zan shart-istak mayli formasidagi fe’l bilan ifodalanadi. Ayrim hollarda darak gapning kesimi ot kesim bo’lishi ham mumkin. Masalan: Dunyoda nohaіlik іancha kamaysa, tuhmat barham esa shuncha yaxshi. Inson umri ming yil emaski, uning besh-olti yilini g’am-g’ussada o’tkazsa... (Shuhrat.) Darak gap oxirida nuіta іo’yiladi.
So’z tarkibiga ko’ra tahlil quyidagicha o’tkazilishi mumkin:
1. So’zga so’roq berish va u nimani anglatishini bilish.
2. O’zakni aniqlash. Buning uchun so’zga o’zakdosh so’zlar tanlash. O’zakdosh so’zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o’zak)ni aniqlash.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlash. Bu yangi so’z yasash uchun xizmat qilishini aytish.
4. So’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchani aniqlash. Bu so’zni boshqa so’z bilan bog’lash uchun xizmat qilishini aytish.
III sinfda “So’zning tarkibi» mavzusi to’liq, o’rganilgach, gulzor so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi:
I. Qaysi so’z turkumi ekanini bilaman Gulzor so’zi nima? so’rog’iga javob bo’ladi, narsani bildiradi, bu – ot.
2. O’zakni aniqlayman. Bunnng uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman — gul.’ Bu — o’zak.
(Ustiga belgnsinn qo’yaman: gulzor.)
Do'stlaringiz bilan baham: |