3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman, gulzor so’zi gul so’ziga -kor so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. ( belgisini qo’yaman: gulzor.)
4. Bu so’zda so’z o’zgartuvchi qo’shimcha yo’q.
So’z tarkibiga ko’ra tahlildan so’ng shunday ko’rinish hosil bo’ladi: gulzor.
III sinfda paxtakorga so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi:
1. Paxtakorga— ot.
2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism — paxta. Bu — o’zak. (Belgilayman:
paxtakorga).
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: paxtakor so’zi paxta so’ziga -kor so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. (Belgilayman: paxtakorga.)
4. So’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchalarni aniqlayman: -ga — so’z o’zgartuvchi qo’shimcha, kelishik qo’shimchasi (belgilayman: paxtakorga.)
III sinfda ishladim so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil tartibi:
1. Ishladim — fe’l.
2. O’zakn aniqlayman. O’zakdosh so’zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism—ish. Ish — o’zak.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: ishla fe’li ish so’ziga -la qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. -la — fe’l yasovchi qo’shimcha.
4. So’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchani aniqlayman: -di — o’tgan zamon qo’shimchasi, -m — shaxs-son qo’shimchasi, I shaxs, birlik: ishladim.
So’z tarkibiga ko’ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. so’zni morfologik tahlil qilish uning leksik ma’nosini tushunishda, morfemalarni to’g’ri yozishda o’quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir.
Boshlang’ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilnnng vazifasi so’zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o’rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi:
1. So’zda nechta bo’g’in bor, nechanchi bo’g’in urg’uli?
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovush soni harf sonidan kam yoki ko’p bo’lsa, sababini aytish.)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?
Elkan so’zini tahlil qilishga misol:
1. So’zda ikki bo’g’in bor. Ikkinchi bo’g’in — urg’uli: yel-kan.
2. So’zda oltita tovush, oltita harf bor.
3. So’zda nkki u ili tovush, to’rt undosh tovush bor.
4. y — undosh, jarangli
e — unli tovush, ye harfi bilan ifodalangan
l — undosh tovush, jarangli, yozuvda el harfi bilan ifodalangan.
k — undosh tovush, jarangsiz, ka harfi bilan ifodalangan. a — unli tovush, a harfi bilan ifodalangan.
n— undosh tovush, jarangli, en harfi bilan ifodalangan.
Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlildan so’zning yozilishini tushuntirishda ham, orfoepik to’g’ri talaffuz-ni o’rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so’zi oxirida b undoshi p tarzida talaffuz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz: matabim — maktab, be harfi yoziladi.
So’z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so’zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko’ra turli gruppalarga ajratilishi — so’z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
So’zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik ( so’zning turli formalar sistemasi) va 3) sintaktik (turli morfologik formalarning snntaktik funktsiya bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so’z turkumlari ustida ishlash o’quvchilarning muayyan guruhdagi so’zlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |