1. Gap haqida umumiy ma’lumot. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari. Darak gap


Guruhdagi iqtidorli talabalar uchun qo’shimcha mashq



Download 147,51 Kb.
bet6/8
Sana20.07.2022
Hajmi147,51 Kb.
#830934
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ifoda maqsadiga ko\'ra gap turlari. Dark so\'roq va udov gaplar

Guruhdagi iqtidorli talabalar uchun qo’shimcha mashq:
Tahlil uchun mashq. Matnni shakllantiruvchi vositalarni aniqlang va tema-rematik munosabat haqida ma’lumot bering.


O’zing shifo ber
- Uh... oh... voy, voy, voy-e, voy-dod... ollo... ollo... o’laman. Hoy, Mavlonqul, kel, og’zimga suv tomiz... Voy, odam bo’lishim gumon, uh...
- Qo’ying, ota, shunaqa demang.
- Yo’q, sen bilmaysan, ishim qiyin, o’laman, Mavlon. Bor, bor, g’unajiningga qara, tug’ib qo’ydi... Hoy Xayrullo, oqpadar, qulog’ingga paxta tiqdingmi?
- Labbay, otajon?
- Ko’rpachaning tagidagi puldan 5 tiyin olib chiqib pol ochirib kel. Voy, oh, xu-uudo...
- Ota, polchiga nima deyman?
-Voy, bu oqpadar meni judayam kuydirib kukun qildi-da, nima der eding: otam kasallar, bir pol qarang, deysan, voy-e, voy; voy-eee, shuni ham bilmaysan. Marg sendek tarbiyasiz tug’ilg’oning’g’a, voy... a, uh, voy... xudo. Suygan bandangga dard berasan, suyuklik bandangdan dardni olsang, nima bo’lar ekan, voy, voy...
- Ota polchi pol ko’rib turib aytdiki, Ko’hinqorining teskari piri tegibdir. Bir qora qo’y so’yib, xudo yo’lida xomtalash qilsa, ko’rmagandek bo’lib ketadir, dedi.
- A, nima deding, bir qo’y xudoyi? Xayrullo, 5 tiyinnig hammasini tutqazdingmi?
- H-hammasini.
- Voy er yutsin, ikki dunyoda ham odam bo’lmaysan. Voy, voy, xudo, o’zing shifo ber. Bor, Mavlonni chaqir. O’h. Qo’y so’yar emishman. Beli og’rimaganning non eyishiga qara, voy, qo’y, voy-ee, qo’y, qo’y.
- Ha, ota, nima ishingiz bor?
- Voy, voy... O’g’lim Mavlon, bor, domla pochchangni chaqirib kel, voy, uh... Ollo. Menga dam solib qo’ysinlar. Voy, jonim.
- Assalomu alaykum. Ahmadjon, bahay...
- Uh... Bir oz tobim qochdi, taqsir.
- Xudo saqlasin. Mayli, zarari yo’q, xudo suygan quliga dard beradir. Qani keling, bir dam solib qo’yay. Tangri xohlasa ko’rmagandek bo’lib ketasiz. Kal Rajabnikida xudoyi bor ekan, meni kutib turibdirlar. Tezroq bormasam bo’lmaydir.
- Xo’p, taqsir, uh...
- Fe go’spandollokun va ala xala joyin. Murodatun dangalun, kuf... Og’darma qilib gung soluysuf...
Qalay, Ahmadali, tuzuk bo’liy dedingizmi?
- Ha... ta...q...sir.
- Bolam Mavlon, do’xtir-po’xtirga ko’rsatmadingizmi?
- Yo’q.
- Yaxshi, aqllik ish qilibsiz. Do’xtir harom o’ldirib qo’yar edi. Men dam solib qo’ydim, xudo xohlasa erta – indin yurib ketadir. Xayr.
- Shoshmang, taqsir, mana, nazrni oling.
- Koyib nima qilar eding, o’g’lim.
- Xayr.
- Xayr, taqsir, yana ertaga bir dam solib ketasiz-da.
- Ota, otajonim...
- Voy, dunyodan o’tdilar, mehribonim otam, g’amguzorim otam...
Innolilliohi vainnoillohi rajinun. (A.Qahhor)

Download 147,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish