His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.
Masalan:
Har aytganing buyuk jangnoma.
Qayga desang qaytmay keturman.
His-hayajon gaplar qmidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q!
2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! (Sh. R.) Ona!Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?!
Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin!
Shodlik. quvonch. tantana:Alisherni alla aytib uxlatgan ona!Og'ishida Bobur kamolga yetgan ona!Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona!Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana!Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona! (M. Sh.)S.Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?!
6. Qayg'u. afsus: Esiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi).
Matnning ifoda maqsadi va mazmuniga ko’ra tiplarini aniqlang. Matnning leksik-semantik xususiyatlari bo’yicha tahlil qiling. Matndagi badiiy tasvir vositalarini aniqlang.
Tong sahar – sut oqarmagan vaqt.
Tong sahar – oq ip bilan qora ipni ajratib bo’lmas vaqt.
Botir firqa ziroat suvladi.
Shlang bilan nastarlariga sachratib suv sepdi. Atir gullariga sachratib suv sepdi. Suvni tok jo’yasi boshidan oqizib qo’ydi.
O’zi ziroat aylandi.
Sahar salqin bo’ldi. Suvli ziroat sahardan-da salqin bo’ldi.
Shu vaqt ko’chadan ikkita oppoq soya o’tdi. Soyalar ziroat qabatlab-qabatlab o’tdi. Gangir-gungir gaplashib o’tdi:
- Manavi bog’da kimdir yuribdi.
- Kim bo’ladi, egasi-da.
- O’zi, kimni bog’i bu?
- Esonov degan bor-ku, o’shaniki.
- Ha, Qizil deng, Qizil!
- Qizilki... aytgili yo’q. Qizil bayroq!
- Shugina qizilda olam-jahon bog’ bor-a?
- Qizillar umrida qo’lini sovuq suvga urmagan. Avom xalqni ishlatib bog’ yaratgan.
Oppoq soyalar o’tib ketdi.
Botir firqa ularni ketidan qarab qoldi.
«Ajabo, bular nega bunday oppoq libosda yuribdi? – deya o’yladi. – Arvoh-a, arvoh. O’zi, bular bemahalda qaerdan kelyapti?»
Ichkari kirda. Ko’rganlarini kampiriga aytib berdi.
- Bilaman, ko’zim tushgan, bilaman, – dedi kampiri.
- Arvohga o’xshaydi-ya? Og’iroyoq ayol duch kelsa... bo’yidan tushirib qo’yadi.
- Hammayoq musulmonobod bo’lib ketdi, rais bova, musulmonobod bo’lib ketdi. Musulmonlar ana shunday kiyinadi. Sizgayam shunaqa ust-bosh olib beraymi?
- O’zi, u qanaqa kiyim bo’ldi?
- Oppoq ishton-ko’ylak. Nima qipti?
- Boshidagi... tuvakka balo bormi?
- Tuvak?
- Ha, yosh bolani tagiga qo’yadigan tuvak.
Kampiri hiring-hiring kuldi. Tizzasiga urib-urib kuldi.
- Takya, rais bova, takya! – dedi.
- Takya? U nima endi?
- Musulmonchilik belgisi.
- Endi shularni kiymasa nima qipti?
- Takya kiymasa musulmon bo’lmaydi, rais bova. Olib ber desangiz olib beraman.
- Ularni kiyib nima qilaman?
- Musulmon bo’lasiz, nima qilardingiz, musulmon bo’lasiz.
- T-fu-u-u!
Kampirini dami ichiga tushdi. Darhol gapni burdi.
- Aytdim-qo’ydim-da, rais bova, - dedi. – Siz katta odamsiz, partiya veteranisiz. Sizga yarashmaydi.
Botir firqa kampirini gapidan tinchlandi. O’zicha bosh irg’adi. (T.Murod. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi.)
Tavsiya: Ushbu mashqni bajarish uchun dastlab, guruhdagi iqtidorli talabalardan biriga matnni ifodali qilib o’qiting. Matn va uning muallifi haqida talabalar bilimini sinab ko’ring. Buning uchun quyidagidek savollardan foydalaning: Ushbu matn qaysi asardan olingan? Asar nima haqida? Asarning bosh qahramoni kim va u qanday odam? Asar muallifi qachon va qaerda, qanday muhitda yashagan? Uning yana qanday asarlarini bilasiz? Ushbu matnning ma’naviy va ma’rifiy ahamiyati haqida qanday fikrdasiz? Matnning kinoyaga asoslangan ifoda uslubidan qanday maqsad ko’zlangan deb o’ylaysiz? Mazkur matn bugungi kun nuqtai nazaridan qanday ahamiyatga ega? Lisoniy tahlilni mashq shartiga muvofiq amalga oshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |