Psixologik test: “Siz qanday odamsiz?”
Dengizni xayolan tasavvur qiling. U qanaqa rangda?
To’q ko’k
Havorang
Yashil
Kulrang
Qarshingizda ulkan tog’ yastanib turibdi. Siz uning qayerida turishni xohlardingiz?
Tog’ cho’qqisida
Tog’ qiyaligida
Tog’ etagida
Quyidagi shakllardan qaysi biri sizga ko’proq yoqadi?
Doira
To’rtburchak
Uchburchak
Tanlagan buyumingiz nimadan yasalgan bo’lishini xohlardingiz?
Yog’ochdan
Shishadan
Qimmatbaho toshdan
Metalldan
Xayolan ot rasmini chizing. U qanaqa rangda bo’lishi mumkin?
Jigarrang
Qora
Oq
Bo’ron boshlanyapti. Siz bu vaziyatda nima qilasiz?
Otga minib, uzoqroqqa qochib ketasiz
Uyga kirib yashirinib olasiz
Javoblar tahlili:
Bu savolning javobi sizning shaxsiyatingiz xususida umumiy ta’rif beradi.
Agar to’q ko’k rangni tanlagan bo’lsangiz, demak, siz murakkab tabiatli insonsiz
Agar havorang to’g’ri kelsa, boshqalar sizni oson tushunadi
Yashil rangli dengizni tasavvur qilgan bo’lsangiz, siz muloqotga kirishuvchansiz va hech narsadan tortinmaysiz
Kulrang bo’lsa, siz tortinchoqsiz
Bu savol sizning hayotdagi xohish-istaklaringizni ko’rsatadi.
Agar cho’qqini tanlagan bo’lsangiz, juda ko’p narsaga erishishni da’vo qilasiz
Tog’ qiyaligi sizning fe’lingiz mo’tadil ekanligidan dalolat beradi
Tog’ etagi esa har qanday hayot tarziga ko’nikishingizni anglatadi
Tanlagan shaklingiz sizdagi konfermizm qay darajada ekanligini ochib beradi
Doirani tanlagan bo’lsangiz, demak, hammaga yoqishga intilasiz
To’rtburchak shakl – sizning mustaqil ekanligingizni bildiradi
Uchburchakda to’xtagan bo’lsangiz – o’jar va qaysarsiz
Tanlagan buyumingiz, aniqrog’I, uning qanday ashyodan tayyorlangani sizning yon-atrofingizdagilar bilan munosabatingizni bildiradi.
Yog’och – siz tinchliksevar insonsiz. Doimo urush-janjallardan qochib yurasiz
Shishani tanlagan bo’lsangiz, qalbingiz juda ham nozik. Har doim o’zingizga ishonch sezavermaysiz
Agar qimmatbaho toshdan yasalgan narsani tanlagan bo’lsangiz, sizni ishontirish va biror narsaga majbur qilish juda qiyin
Metallda to’xtagan bo’lsangiz – siz kuchli shaxssiz. Doimo atrofdagilardan ustun bo’lishga intilasiz
Ot rangi sizning haqiqiy hayotga bo’lgan munosabatingiz ramzidir.
Jigarrang – doim aniq hisob-kitoblarga amal qilib yashaysiz. Shuning uchun ham sizning hayotdagi o’rningiz mustahkam
Qora rangda to’xtasangiz – sizni tushunish boshqalar uchun ancha qiyin. Qiyinchiliklarga o’zingizni uraverish odatingiz bor
Oq rang – siz dimog’dor insonsiz, desak mubolag’a bo’lmaydi. Atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishni xush ko’rasiz
Bu savolga javob hayotda ko’proq kimga ishonishingizga aniqlik kiritadi.
Agar otda ketib qolishni tanlasangiz, hayotdagi og’ir vaziyatlarda eng avvalo, do’stlaringizdan yordam kutasiz
Uyni tanlasangiz, demak, siz oilani birinchi o’rinda ko’rasiz. Yordam va himoyani umr yo’ldoshingizdan kutasiz
Do'stlaringiz bilan baham: |